• Ro‘yxatdan o‘tish
  • Kirish
Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar
  • Hozirgi
  • Arxivlar
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Maxfiylik bayonoti
    • Aloqa
    • Talablar
    • Taqriz
    • To‘lov
    • Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil
    • Nashrlar
  1. Uy
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

##search.searchResults.foundPlural##
O‘ZBEKISTONDA MAJBURIY TA’LIM DARAJALARIDA MAKTABGA BORMASLIK KO‘RSATKICHLARI: IJTIMOIY-IQTISODIY VA DEMOGRAFIK OMILLAR BILAN BOG‘LIQLIK
Davron Akramov

Ushbu tadqiqot O‘zbekistonda majburiy maktab yoshidagi bolalar orasida ijtimoiy-demografik omillar va maktabga qatnamaslik darajalari o‘rtasidagi bog‘liqlikni milliy darajadagi uy xo‘jaliklari so‘rovnomasi ma’lumotlari asosida o‘rganadi. Maktabga qatnamaslik darajalari boshlang‘ich ta’lim, tayanch o‘rta ta’lim va o‘rta ta’lim bosqichlari bo‘yicha tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, ayniqsa o‘rta ta’lim bosqichida o‘quvchilar maktabdan tashqarida qolish ehtimoli ancha yuqori. Bundan tashqari, uy xo‘jaliklarining boylik darajasi boshlang‘ich va tayanch o‘rta ta’lim bosqichlarida maktabdan chetlanish bilan sezilarli bog‘liqlikka ega bo‘ldi. Jins, yashash joyi (shahar/qishloq) yoki hudud bo‘yicha esa sezilarli farqlar aniqlanmadi. Bu ta’limdagi tenglik yo‘nalishida yutuqlar mavjudligidan dalolat berishi yoki aggregat darajadagi ma’lumotlar nozik tafovutlarni aniqlashda cheklangan bo‘lishi mumkinligini anglatadi. Tadqiqot aniq maqsadli aralashuvlar uchun amaliy xulosalarni taqdim etadi hamda maktabga qatnamaslikning sabablarini chuqurroq tushunish uchun omilli va longitudinal yondashuvlardan foydalanadigan keyingi tadqiqotlarni tavsiya etadi.

06/17/2025
  • PDF
497-509 196 76
OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA MOLIYAVIY RESURSLARNI BOSHQARISHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLARNI BAHOLASH
Azamat Metyakubov , Asrorjon Alimardonov

Maqolada oliy ta’lim muassasalarida moliyaviy resurslarni boshqarish natijadorligini belgilovchi omillar tizimi tadqiq etilgan. Oliy ta’lim qamrovining kengayishi, davlat buyurtmasi va to‘lov-kontrakt mablag‘larining o‘zaro nisbatidagi o‘zgarishlar, tadqiqot hamda innovatsion faoliyatni moliyalashtirish zarurati moliyaviy boshqaruvning sifat jihatidan yangilanishini talab qiladi. Tadqiqotning maqsadi moliyaviy resurslarni shakllantirish, taqsimlash va nazorat qilishga ta’sir ko‘rsatadigan omillarni tizimlashtirish hamda ularni integral baholash metodikasini ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda tizimli yondashuv, normativ-huquqiy hujjatlarni qiyosiy tahlil qilish, indikatorlar usuli, analitik ierarxiyalar jarayoni (AHP), normalizatsiya va sezgirlik tahlili usullaridan foydalanildi. Natijada omillar beshta o‘zaro bog‘liq blokka, institutsional-huquqiy sharoit, moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalash, ichki moliyaviy boshqaruv sifati, resurslarni taqsimlash samaradorligi hamda shaffoflik va moliyaviy risklarni boshqarish bloklariga ajratildi. Mazkur bloklar asosida OTM moliyaviy resurslarini boshqarish samaradorligi indeksi taklif etildi. Indeks OTMning moliyaviy barqarorligi va rivojlanish salohiyatini diagnostika qilish, ustuvor xarajat yo‘nalishlarini tanlash hamda boshqaruv qarorlarining asoslanganligini oshirishga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari OTMning o‘rta muddatli moliyaviy rejasini shakllantirish, budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha mas’uliyat markazlarini joriy etish hamda ichki monitoring panelini yaratishda qo‘llanishi mumkin

07/09/2026
  • PDF
920-927 39 15
TA’LIM SIFATI VA RAQAMLI SAVODXONLIK: POST-SOVET O‘TISH IQTISODIYOTLARIDA PISA 2022 NATIJALARI TAHLILI
Indira Xadjieva

Ushbu tadqiqot PISA 2022 ma’lumotlaridan (N = 56,477 o‘quvchi; 2,495 maktab) foydalangan holda, yetti post-sovet mamlakatida o‘quvchilarning o‘qitish sifati haqidagi tasavvurlari va ularning raqamli o‘qish bo‘yicha natijalari o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganadi. Klieme va boshqalarning o‘qitish sifati bo‘yicha konseptual yondashuviga tayangan holda — u o‘qitish usullari, sinf boshqaruvi va qo‘llab-quvvatlovchi muhitni qamrab olgan holda — uch darajali ierarxik chiziqli modellar (HLM) yordamida baholandi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, o’quvchilar tomonidan qayd  etilgan o‘qitishning moslashuvi (β = 0.109), o‘qituvchi tomonidan yo‘naltirilgan o‘qitish (β = 0.076), raqamli ko‘nikmalarni o‘rgatish amaliyotlari (β = 0.230) va o‘qishga jalb etishni rag‘batlantirish (β = 0.123) raqamli o‘qish natijalari bilan ijobiy va sezilarli bog‘liqdir. Shuningdek, ijobiy intizomiy muhit (β = 0.031), o‘qituvchi qiziqishi (β = 0.073) va o‘qituvchi qo‘llab-quvvatlashi (β = 0.054) ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Aksincha, o‘qish ko‘nikmalarini mashq qilish (β = −0.051) va dars davomiyligini uzaytirish (β = −0.054) kichik salbiy bog‘liqlikni namoyon etadi. Maktab darajasidagi dispersiya natijalar o‘zgaruvchanligining katta qismini tushuntiradi (f² = 44.77%), bu esa raqamli savodxonlikni shakllantirishda institutsional omillarning muhim rolini ko‘rsatadi. Natijalar o‘qitish sifati bo‘yicha tadqiqotlarni o‘tish davridagi ta’lim tizimlariga keng tadbiq qiladi hamda post-sovet kontekstida pedagogika va ta’lim siyosati uchun amaliy tavsiyalar beradi

06/17/2026
  • PDF (English)
579-587 76 30
TA’LIM TIZIMIDA “SCHOOL-BASED MANAGEMENT”NI JORIY QILISHNING NAZARIY ASOSLARI, AMALIY SHAKLLARI VA O‘QUVCHILAR YUTUQLARIGA TA’SIRINING TAHLILI
Aziza Abdinabiyeva

Maktabga asoslangan boshqaruv (SBM) markaziy hukumat vakolatlarini maktab darajasiga markazsizlashtirish shakli bo‘lib, ta’lim tizimining samaradorligi va raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan. SBM nazariy jihatdan uchta asosiy institutsional rag‘batlantirishga asoslanadi: tanlov va raqobat, maktab avtonomiyasi va hisobdorlik. Amaliy shakllari vakolatlar doirasi (zaif/kuchli) va qaror qabul qiluvchi subyektlarga (ma’muriy, professional, jamiyat, muvozanatli) ko‘ra farqlanadi. O‘zbekiston umumiy o‘rta ta’lim maktablari (UO‘TM) boshqaruviga marketing xizmatlari va strategik menejmentni tatbiq etish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar rahbar kadrlarning boshqaruv faoliyati samaradorligini 15% dan 22% gacha oshirish mumkinligini ko‘rsatadi. SBM islohotlarining o‘quvchilar yutuqlariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatishi uchun uzoq muddat (5 yildan 8 yilgacha) talab etilishi hamda rahbarlarning boshqaruv kompetensiyasini oshirish zarurligi ta’kidlanadi.

09/23/2025
  • PDF
162-169 265 95
1 - 4 from 4

So'rov yuborish

So'rov yuborish

Til

  • English
  • Русский
  • Uzbek

Axborot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Indeksatsiya

 




 

 

               

 

 

 

Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar
 

KONTAKTLAR:

phone(+998) 94 643 30 39

maile-itt@mail.ru

telegram@e_itt_manager

 
NAVIGATSIYA:
Joriy nashr Arxivlar Jurnal haqida Kontaktlar
 
© Copyright 2026 Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer