Ushbu maqola kasbiy faoliyat va aloqa sohasida terminologik kompetentsiyaning ahamiyatini, kasbiy mahoratning eng muhim ko’rsatkichi va neft va gaz sanoati mutaxassislarining kasbiy muloqot sifatini oshirish omili sifatida terminologik kompetentsiyani o’zlashtirish zarurligini asoslashga bag’ishlangan. Bundan tashqari, maqolada ingliz tilining professional terminologiyasi, xususan, hayvonlar nomlari, neft va gaz sanoatida qo’llaniladigan zoonimlar bilan bog’liq jargon so’zlari tahlil qilinadi. Maqolada zamonaviy adabiy manbalardan ko’plab misollar mavjud.
Ushbu maqolada neft va gaz universitetida tahsil olayotgan talabalarga mutaxassisligi bo‘yicha ingliz tilini (ESP) o‘rgatishning turli usullaridan foydalanish ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda professional muloqot ko‘nikmalari, soha terminologiyasi va zamonaviy ta’lim texnologiyalari integratsiyasi muhimligi ta’kidlangan. Texnik universitetlarda ESPning dolzarbligini qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zbekistonga oid statistik ma’lumotlar taqdim etilgan bo‘lib, ular talabalarning o‘quv va kasbiy yutuqlarigai jobiy ta’sir ko‘rsatadi
Mazkur maqolada zamonaviy ta’lim tizimida pedagoglarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirishning dolzarbligi, uning ta’lim sifatini oshirishdagi ahamiyati hamda raqamli transformatsiya sharoitida o‘qituvchi faoliyatiga qo‘yilayotgan yangi talablar ilmiy-nazariy jihatdan yoritilgan. Shuningdek, raqamli kompetensiya tushunchasining mohiyati, tarkibiy qismlari, xalqaro tajriba hamda O‘zbekiston ta’lim tizimida ushbu kompetensiyalarni shakllantirish yo‘llari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari pedagoglarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish ta’lim samaradorligini ta’minlashda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.
Mazkur maqolada oliy taʼlim muassasalarida menejerlarni tayyorlash jarayonida kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishning dolzarb masalalari hamda ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalanish yo‘nalishlari tahlil qilingan. Menejer kadrlarning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun kasbiy, kommunikativ va konseptual kompetensiyalar zarurligi asoslab berilgan. Shu bilan birga, АQSh, Yevropa va Sharq mamlakatlari tajribasida taʼlim jarayonida innovatsion o‘qitish texnologiyalari, amaliyotga yo‘naltirilgan dasturlar va interfaol usullar keng qo‘llanilishi taʼkidlangan. Ushbu tajribalarni milliy taʼlim tizimiga tatbiq etish menejerlarni raqobatbardosh va strategik fikrlay oladigan mutaxassis sifatida shakllantirishga xizmat qiladi
Mazkur tadqiqotda xizmat ko‘rsatish sohasida kadrlar salohiyatini oshirish mexanizmlarini takomillashtirishning nazariy va uslubiy asoslari chuqur o‘rganiladi. Xususan, xizmat ko‘rsatish tizimining o‘ziga xos xususiyatlari, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan kadrlarni shakllantirish zarurati hamda mehnat resurslaridan samarali foydalanish omillari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida xorijiy tajribalar o‘rganilib, ularning milliy sharoitga moslashtirilgan modellar asosida qo‘llash imkoniyatlari aniqlanadi. Shuningdek, xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida malaka oshirish tizimini isloh qilish, kasbiy kompetensiyani baholash mezonlari va innovatsion yondashuvlar asosida samarali mexanizmlarni ishlab chiqish bo‘yicha nazariy takliflar ilgari suriladi. Tadqiqot natijalari xizmat ko‘rsatish sohasidagi inson kapitalini rivojlantirish va raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
Ushbu maqolada mustaqil taʼlim jarayonida talabalarning kreativ kompetensiyalarini rivojlantirish asoslari yoritilgan. Shuningdek, “kompetentlik” tushunchasining mazmun-mohiyati, kompetensiya, kompetentlik tushunchalari va ularning tarkibiga kiruvchi komponentlar mazmunini aniqlash, talabaning kreativ kompetensiyalarini shakllantirish va rivojlantirish darajasi, boʻlajak mutaxassislarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda eʼtiborli boʻlish, pedagogik kompetentlik va pedagogik kreativlik asoslari, kreativ oʻqitish metodikasini maqsadli olib borish yoʻllari, taʼlim va tarbiya jarayonini kompetentli yondashuv asosida olib borish lozimligi haqida fikr yuritilgan
Mazkur maqolada oliy ta’lim tizimi va mehnat bozori integratsiyasi asosida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning boshqaruv yo‘nalishlari tahlil qilingan. Tadqiqotda ta’lim mazmunini mehnat bozoridagi zamonaviy talablar bilan uyg‘unlashtirish, oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, raqobatbardosh kadrlar uchun zarur bo‘lgan asosiy kompetensiyalar – kasbiy malaka, innovatsion tafakkur, axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish va xorijiy tillarni bilish darajasi aniqlangan. Tadqiqot metodologiyasi doirasida adabiyotlar tahlili, so‘rovnomalar va mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olgan holda tahliliy usullar qo‘llanildi. Natijalar asosida oliy ta’lim tizimini mehnat bozoriga moslashtirish, amaliy tajribani kuchaytirish va mintaqaviy ehtiyojlarni inobatga olish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi
Ushbu maqolada muallif tomonidan bugungi kunda boʻlajak mutaxassislarning kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish, boʻlajak mutaxassislarning kasbiy faoliyatlarida kommunikativ kompetensiyaning oʻrnini oʻrganish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ushbu jarayonda uchrayotgan muammolar borasida fikr yuritilgan.