Ushbu maqolada globallashuv jarayonining jadallashuvi fonida yuzaga kelayotgan ekologik muammolar va ularning demografik jarayonlarga ko‘rsatayotgan ta’siri kompleks tahlil qilinadi. XXI asrda iqtisodiy hamkorlikning chuqurlashuvi, sanoatlashuvning tezlashuvi, resurslardan cheksiz foydalanish amaliyoti hamda transmilliy ishlab chiqarish zanjirlarining kengayishi ekologik bosimning keskin kuchayishiga olib kelmoqda. Atmosfera ifloslanishi, global isish, suv tanqisligi, tuproq degradatsiyasi, biologik xilma-xillikning kamayishi kabi omillar nafaqat tabiiy ekotizimlarni, balki inson hayoti bilan bog‘liq demografik ko‘rsatkichlarni ham jiddiy o‘zgartirmoqda. Tadqiqotda ekologik muammolarning tug‘ilish ko‘rsatkichi, o‘lim darajasi, migratsiya oqimlari, aholi salomatligi, mehnat resurslarining sifati va hududiy demografik nomutanosiblik kabi jarayonlarga ko‘rsatadigan bevosita va bilvosita ta’siri yoritilgan. Xususan, ekologik xavf darajasi yuqori bo‘lgan hududlarda tug‘ilishning qisqarishi, kasallanishning oshishi, muddatidan oldin vafot etish holatlarining ko‘payishi, ekologik migratsiyaning kuchayishi, aholi salohiyatining pasayishi kabi demografik o‘zgarishlar qayd etilgan. Shuningdek, global iqlim o‘zgarishi oqibatida yuzaga kelayotgan suv tanqisligi yoki qurg‘oqchilik kabi omillar aholining migratsiya strategiyasini shakllantiruvchi asosiy determinantlardan biriga aylangani ilmiy manbalar asosida ko‘rsatib beriladi
Mazkur maqolada global ekologik muammolar kuchaygan davrda yashil iqtisodiyotni qo‘llash orqali barqaror o‘sishga erish bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari tahlil qilingan va ularning tajribasidan O‘zbekiston sharoitida foydalanishning ustuvor yo‘nalishlari va imkoniyatlari tadqiq qilingan. Shuningdek, mamlakatimizda ushbu soha bo‘yicha kadrlar tayyorlash, investitsion muhit yaratish va ekologik xavfni oldini olishga qaratilgan ilmiy asoslangan xulosa va takliflar keltirilgan
Mazkur maqolada Qashqadaryo viloyatidagi dehqon xo‘jaliklari faoliyatida yer resurslaridan foydalanish holati va uning zamonaviy tahlili yoritilgan. Tabiiy-geografik sharoit, iqlim omillari, yer sifati, suv resurslariga ega bo‘lish darajasi va agrotexnik xizmatlar holati asosida mintaqaviy dehqon xo‘jaliklarining yerga munosabati o‘rganilgan. Yerga ishlov berish madaniyati, ekinlar tarkibi, texnologik vositalar bilan ta’minlanish, davlat qo‘llovi va ekologik barqarorlik omillari tahlil etilgan. Tahlil natijasida mavjud muammolar va istiqboldagi imkoniyatlar aniqlanib, dehqon xo‘jaliklarining yer resurslaridan samarali foydalanishini ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan
Ushbu maqoladaBirlashgan millatlar tashkiloti Taraqqiyot dasturi ko‘magida O‘zbekiston iqlim byudjetini markirovkalash modelini ishlab chiqish va joriy qilish asoslangan. Barqaror rivojlanish konsepsiyasiga nisbatan iqtisodiy yondashuv tarixi yoritilgan. “Yashil” byudjetlashtirish bo‘yicha sohalar kesimida markirovka qilingan mablag‘larning 2024-yil uchun prognozi keltirilgan.
Maqolada O‘zbekistonda yashil iqtisodiyotning asosiy xususiyatlari, jumladan, tabiiy salohiyat, joriy tashabbuslar va ushbu modelni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun bartaraf etilishi kerak bo‘lgan to‘siqlar tahlil qilingan. Barqaror rivojlanish va tabiiy resurslardan samarali foydalanishga asoslangan yashil iqtisodiyot ko‘plab mamlakatlarda iqtisodiy siyosatning muhim yo‘nalishiga aylanib bormoqda.
Ushbu maqoladaBirlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi ko‘magida O‘zbekiston iqlim byudjetini markirovkalash modelini ishlab chiqish va joriy qilish asoslangan. Barqaror rivojlanish konsepsiyasiga nisbatan iqtisodiy yondashuv tarixi yoritilgan. “Yashil” byudjetlashtirish bo‘yicha sohalar kesimida markirovka qilingan mablag‘larning 2024- yil uchun prognozi keltirilgan