GLOBALLASHUV JARAYONIDA EKOLOGIK MUAMMOLAR VA ULARNING DEMOGRAFIK JARAYONLARGA TA’SIRI

Mualliflar

DOI:

https://doi.org/10.60078/3060-4842-2025-vol2-iss6-pp290-297

Annotasiya

Ushbu maqolada globallashuv jarayonining jadallashuvi fonida yuzaga kelayotgan ekologik muammolar va ularning demografik jarayonlarga ko‘rsatayotgan ta’siri kompleks tahlil qilinadi. XXI asrda iqtisodiy hamkorlikning chuqurlashuvi, sanoatlashuvning tezlashuvi, resurslardan cheksiz foydalanish amaliyoti hamda transmilliy ishlab chiqarish zanjirlarining kengayishi ekologik bosimning keskin kuchayishiga olib kelmoqda. Atmosfera ifloslanishi, global isish, suv tanqisligi, tuproq degradatsiyasi, biologik xilma-xillikning kamayishi kabi omillar nafaqat tabiiy ekotizimlarni, balki inson hayoti bilan bog‘liq demografik ko‘rsatkichlarni ham jiddiy o‘zgartirmoqda. Tadqiqotda ekologik muammolarning tug‘ilish ko‘rsatkichi, o‘lim darajasi, migratsiya oqimlari, aholi salomatligi, mehnat resurslarining sifati va hududiy demografik nomutanosiblik kabi jarayonlarga ko‘rsatadigan bevosita va bilvosita ta’siri yoritilgan. Xususan, ekologik xavf darajasi yuqori bo‘lgan hududlarda tug‘ilishning qisqarishi, kasallanishning oshishi, muddatidan oldin vafot etish holatlarining ko‘payishi, ekologik migratsiyaning kuchayishi, aholi salohiyatining pasayishi kabi demografik o‘zgarishlar qayd etilgan. Shuningdek, global iqlim o‘zgarishi oqibatida yuzaga kelayotgan suv tanqisligi yoki qurg‘oqchilik kabi omillar aholining migratsiya strategiyasini shakllantiruvchi asosiy determinantlardan biriga aylangani ilmiy manbalar asosida ko‘rsatib beriladi

Kalit so‘zlar:

globallashuv ekologik muammolar ekologik xavfsizlik atmosfera ifloslanishi demografik jarayonlar tug‘ilish darajasi o‘lim ko‘rsatkichi aholi salomatligi ekologik siyosat ekologik migratsiya oqimlari demografik barqarorlik

Bibliografik manbalar

Akbarova M.I., Gulmurodov K.A. (2025). O‘zbekistonda aholi demografiyasiga taa’sir qiluvchi omillar” monografiya, T.: -132 b.

Giddens, A. (2011). The Politics of Climate Change. 2nd ed. Cambridge: Polity Press. 264 p.

ILO (2019). World Employment and Social Outlook: Trends. International Labour Office. –Geneva: ILO.

McMichael, A.J. (2012). Climate Change and the Health of Nations: Famines, Fevers, and the Fate of Populations. New York: Oxford University Press. 400 p.

Qo‘shoqov, M. (2021). Globallashuv sharoitida ekologik tahdidlar va aholi rivojlanishi. Toshkent: Innovatsiya nashriyoti. 176 b.

Tursunov, B. (2020). O‘zbekistonda ekologik xavfsizlik va demografik jarayonlar. Toshkent: Fan nashriyoti. 198 b.

Аганбегян, А.Г. (2020). Экология и здоровье населения России: Аналитический обзор. Москва: Дело. 228 с.

Касимов, Н.С., Тикунов, В.С., Махрова, А.Г. (2018). Глобальные экологические проблемы современности. Москва: Наука. 312 с.

Yuklashlar

Nashr qilingan

Qanday qilib iqtibos keltirish kerak

Gulmurodov , K. (2025). GLOBALLASHUV JARAYONIDA EKOLOGIK MUAMMOLAR VA ULARNING DEMOGRAFIK JARAYONLARGA TA’SIRI. Ilgʻor Iqtisodiyot Va Pedagogik Texnologiyalar, 2(6), 290-297. https://doi.org/10.60078/3060-4842-2025-vol2-iss6-pp290-297