• Ro‘yxatdan o‘tish
  • Kirish
Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar
  • Hozirgi
  • Arxivlar
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Maxfiylik bayonoti
    • Aloqa
    • Talablar
    • Taqriz
    • To‘lov
    • Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil
    • Nashrlar
  1. Asosiy sahifaga o'tish
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

##search.searchResults.foundPlural##
TIJORAT BANKLARI RESURS BAZASINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI
Boburbek Shayxiyev

Mazkur maqolada tijorat banklari resurs bazasining samaradorligini oshirish yo‘llari, uning bank faoliyati barqarorligini ta’minlashdagi iqtisodiy ahamiyati hamda moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini kuchaytirishdagi roli kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqotda bank resurs bazasining tarkibiy tuzilmasi, uning likvidlikni boshqarish, kreditlash salohiyatini kengaytirish va risklarni minimallashtirishdagi o‘rni nazariy va amaliy jihatdan yoritiladi. Shuningdek, aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bo‘sh pul mablag‘larini bank resurs bazasiga jalb etish mexanizmlarini takomillashtirish, depozit va nodavlat moliyaviy manbalarni diversifikatsiyalash, resurslar qiymatini optimallashtirish hamda banklar o‘rtasida raqobatbardoshlikni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Tadqiqot natijalari tijorat banklari resurs bazasi samaradorligini oshirish orqali bank tizimining moliyaviy barqarorligini mustahkamlash va iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarini aniqlashga xizmat qiladi.

01/20/2026
  • PDF
63-70 34 18
TIJORAT BANKLARIDA RISKLARNI MINIMALLASHTIRISHDA RAQAMLI BANK XIZMATLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Asliddin Anvarov

Maqolada O‘zbekiston Respublikasi bank tizimining so‘nggi yillardagi raqamli transformatsiyasi jarayonlari, erishilgan yutuqlar hamda mavjud dolzarb masalalar tahlil qilinadi. Tadqiqotda tijorat banklari faoliyatida raqamli iqtisodiyotning, xususan, Big Data texnologiyalari va onlayn platformalarning roli, bank samaradorligini oshirishdagi ahamiyati hamda blokcheyn kabi innovatsion yondashuvlar o‘rganilgan. Olimlarning bank samaradorligini baholashdagi nazariy yondashuvlariga asoslanib, banklarning xarajatlarni minimallashtirish va foydani optimallashtirish ko‘nikmalari ta’kidlangan. Xulosa o‘rnida, O‘zbekistonda raqamli transformatsiya ekotizimini shakllantirish, fintech infratuzilmasini kengaytirish va xalqaro standartlarni joriy qilish orqali bank tizimining raqobatbardoshligini oshirish zarurligi ilgari surilgan.

12/20/2025
  • PDF
635-641 24 24
OʻZBEKISTON TIJORAT BANKLARI SAMARADORLIGINI ROE KOʻRSATKICHI ORQALI TAHLIL QILISH
Sherzod Xannayev

Ushbu maqola Oʻzbekiston tijorat banklarining ustav kapitalidan foydalanish samaradorligini baholash uchun asosiy koʻrsatkich boʻlgan kapital rentabelligi (ROE) koʻrsatkichini tahlil qilishga qaratilgan. 1999-2023 yillar oraligʻida mamlakatda faoliyat yuritgan tijorat banklari toʻrt guruhga ajratilgan holda mulkchilik shakli boʻyicha ROE oʻrtasidagi farqlar oʻrganildi. Tahlil natijalariga koʻra, davlat bilvosita egalik qiluvchi banklar eng yuqori oʻrtacha ROEga ega boʻlgan boʻlsa, davlat bevosita egalik qiluvchi banklar eng past darajadagi kapital rentabelligini namoyon etdi. Xususiy banklar yuqori darajada tebranuvchanlikka ega boʻlib, bu ularning faoliyatida ortiqcha xavf mavjudligini koʻrsatadi. Xorijiy banklarning kapitaldan foydalanish samaradorligi esa barqaror boʻlib, ular tahlil davrining soʻnggi yillarida ijobiy oʻsishni namoyish etdi. Ushbu tadqiqot tijorat banklarining samaradorligini oshirishga qaratilgan siyosat va strategiyalarni ishlab chiqishda foydali boʻlishi mumkin.

02/25/2025
  • PDF
332-339 61 27
ZAMONAVIY BANK MAHSULOTLARINI MIJOZLAR TALABI ASOSIDA ISHLAB CHIQISH VA ULARNING SAMARADORLIGI
Abbos Xujamuratov

Ushbu maqolada zamonaviy bank mahsulotlarini mijozlar talabi asosida ishlab chiqish va ularning samaradorligini oshirish masalalari yoritilgan. Bank tizimida innovatsion texnologiyalar biometrik identifikatsiya, sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar (Big Data), narsalar interneti (IoT) va raqamli platformalarning joriy etilishi bank xizmatlari sifatini oshirish, xavfsizlikni ta’minlash va mijozlar ishonchini mustahkamlashdagi ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, tijorat banklarining raqamli transformatsiyasi, innovatsion mahsulotlar yaratish va bozor talablariga mos strategiyalar ishlab chiqish zarurligi asoslab berilgan

10/31/2025
  • PDF
737-746 24 31
BANKLARNI TRANSFORMATSIYA QILISH ORQALI AKTIVLAR SAMARADORLIGINI OSHIRISH USULLARI
Bekzod Muminov

Ushbu tadqiqot banklarni transformatsiya qilish jarayonlari orqali aktivlar samaradorligini oshirish usullarini o‘rganadi. Banklar iqtisodiy o‘zgarishlarga moslashish va raqobatbardoshligini saqlab qolish uchun transformatsiya jarayonlarini amalga oshirishlari zarur. Tadqiqotda banklarning transformatsiya jarayonlari, ularning samaradorligi va moliyaviy ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlik tahlil qilinadi.

02/14/2025
  • PDF
203-209 75 17
O‘ZBEKISTON TIJORAT BANKLARIDA MUAMMOLI QARZDORLIK (NPL) O‘SISH OMILLARI VA KREDIT RISKINI ERTA OGOHLANTIRISH MEXANIZMLARI SAMARADORLIGI
Barno Jalilova

Maqolada O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida muammoli qarzdorlik (NPL) o‘sish omillari makroiqtisodiy va bankka xos determinantlar uyg‘unligida tahlil qilinadi hamda kredit riskini erta ogohlantirish mexanizmlari (EWS)ning aktivlar sifati yomonlashuvining protsiklik xususiyatini kamaytirishdagi roli baholanadi. Empirik asos sifatida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining NPL va kredit portfeli bo‘yicha rasmiy ko‘rsatkichlari, shuningdek, bank sektori transformatsiyasi sharoitida NPL determinantlariga oid zamonaviy tadqiqotlar yondashuvlari qo‘llanadi. Davlat ulushi mavjud banklar va boshqa banklar o‘rtasidagi institutsional farqlar, NPLni regulyator o‘lchovi va IFRS 9 yondashuvi o‘rtasidagi taqqoslanish muammosi hamda restrukturizatsiya amaliyotlari alohida yoritiladi. Natijalar asosida aktivlar sifati bo‘yicha oshkoralikni kuchaytirish, IFRS 9 indikatorlarini nazorat monitoringiga integratsiya qilish va EWS triggerlarini standartlashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqiladi.

02/11/2026
  • PDF (Russian)
335-342 27 12
TIJORAT BANKLARINING RAQAMLI MOLIYAVIY XIZMATLARINI TASHKIL ETISHNING JORIY HOLATI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
Behzod Roziqov

Ushbu maqolada tijorat banklarida ularning raqobatbardoshligi, samaradorligi va qiymat taklifini oshirish maqsadida moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish strategiyalari koʻrib chiqiladi. Global texnologik rivojlanish va mijozlarning xohish-istaklarining oʻzgarishi bilan ajralib turadigan davrda tijorat banklari oʻzgaruvchan bozor talablariga javob berish uchun innovatsiyalar va moslashish zarurligiga duch kelishmoqda. Maqolada raqamli texnologiyalar jadal rivojlanib borayotgan bugungi kunda bank sektori oʻz faoliyatini zamonaviy talablar asosida qayta tashkil etmoqda. Tijorat banklarining raqamli moliyaviy xizmatlarni taklif etishi nafaqat mijozlar ehtiyojlarini qondirishga, balki bank xizmatlari sifatini oshirish, operatsion xarajatlarni kamaytirish va raqobatbardoshlikni kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
Tijorat banklarining raqamli moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish jarayoni uzoq yillar davomida bosqichma-bosqich amalga oshirilgan boʻlib, bu jarayon texnologik taraqqiyot, mijozlar talablarining oʻzgarishi va global moliyaviy bozorlarning rivojlanishiga bogʻliq ravishda kechdi. Ushbu strategiyalarni amalga oshirish tijorat banklariga moliyaviy xizmatlar sohasida yetakchi oʻrinlarni egallashga, biznesning oʻsishini ragʻbatlantirishga va kengroq maqsadlarga – iqtisodiy farovonlik va ijtimoiy farovonlikka erishishga yordam beradi.

03/14/2025
  • PDF
24-30 96 38
TIJORAT BANKLARI FAOLIYATINI RAQAMLASHTIRISH VA EKONOMETRIK MODELLASHTIRISHNING METODOLOGIK ASOSLARI
Quvonchbek Rahimberdiev

Ushbu maqolada tijorat banklari faoliyatida innovatsion jarayonlarning samaradorligini oshirish va raqobatbardoshlikni ta’minlashda raqamli texnologiyalar va blockchain tizimlarini joriy etishning ahamiyati yoritilgan. Bank kreditlash tizimini raqamlashtirish jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalarining, xususan, blokcheyn platformalarining roli, ularning funksional imkoniyatlari, xavfsizlik darajasi va foydalanish samaradorligi tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada iqtisodiyotni raqamlashtirish tendensiyalari, mobil va internet xizmatlarining kengayishi, AKT sektorining YaIMdagi ulushi va elektron savdo rivojlanishi batafsil yoritilgan. Iqtisodiy jarayonlarni baholash va prognoz qilishda iqtisodiy-matematik (ekonometrik) modellardan foydalanish zarurligi asoslab berilgan.

06/24/2025
  • PDF (English)
621-629 84 41
ALTERNATIV MOLIYA BOZORI: “ISLOM DARCHA”LARI FAOLIYATINING MAMLAKATLAR MOLIYAVIY SEKTORIGA TA’SIRI
Umidjon Dadabayev

Ushbu maqolada alternativ moliya bozorining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblangan “Islom darchalari” faoliyatining mamlakatlar moliyaviy sektoriga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotda “Islom darchalari” konsepsiyasi, ularning an’anaviy banklar tarkibida tashkil etilishining iqtisodiy samaradorligi, moliyaviy inklyuzivlikni oshirishdagi roli va Shariat tamoyillariga mos xizmatlarni taqdim etish orqali bozor talabiga javob berish imkoniyatlari o‘rganiladi. Shuningdek, ushbu mexanizmning rivojlanayotgan mamlakatlardagi bank sektori barqarorligiga va xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga ta’siri tahlil qilinadi. Maqola tajriba asosidagi empirik natijalar va nazariy yondashuvlarni birlashtirgan holda “Islom darchalari”ning global moliyaviy bozordagi istiqbollarini ham yoritadi.

02/09/2025
  • PDF
129-138 67 20
TURIZMNI QO‘LLAB-QUVVATLASH JAMG‘ARMASI FAOLIYATINING IQTISODIY SAMARADORLIGINI BAHOLASH
Asadullo Iminov , Qumri Nomozova

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatining samaradorligi tahlil qilinib, uning iqtisodiy o‘sish va daromadlar tengsizligiga ta’siri empirik asosda baholangan. 2017–2023-yillar uchun rasmiy statistik ma’lumotlar asosida regressiya tahlili va Kuznets gipotezasi modeli qo‘llanilgan. Tadqiqot natijalari TQJ faoliyatining turizm infratuzilmasini rivojlantirish, mintaqaviy tenglikni ta’minlash va bandlikni oshirishdagi ahamiyatini ko‘rsatadi. Xalqaro tajriba asosida jamg‘arma faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

06/05/2025
  • PDF
164-170 107 42
DAVLAT BYUDJETI VA SOLIQLAR ORQALI IQTISODIY BARQARORLIKNI TA’MINLASH YO‘LLARI
Suhrob Isroilov

Ushbu maqolada davlat byudjeti va soliqlar orqali iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash masalalari tahlil qilingan. Tadqiqotda fiskal ko‘rsatkichlar, byudjet daromadlari va xarajatlari dinamikasi hamda ularning YaIMga nisbati o‘rganildi. Soliq tizimidagi strukturaviy o‘zgarishlar, soliqqa tortish bazasining kengayishi va raqamlashtirish jarayonlarining kuchayishi iqtisodiy barqarorlikka ta’sir etuvchi muhim omillar sifatida ko‘rsatildi. Byudjet xarajatlari samaradorligi bo‘yicha o‘tkazilgan tahlillar infratuzilma loyihalarining eng yuqori natija berishini, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida esa samaradorlikni oshirish zarurligini ochib berdi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, davlat fiskal siyosati iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashda asosiy mexanizmlardan biri bo‘lib, kelgusida taqchillikni kamaytirish, xarajatlarni optimallashtirish va ijtimoiy samaradorlikni oshirish yo‘nalishlarida islohotlarni chuqurlashtirish zarurligi aniqlangan.

10/05/2025
  • PDF
293-302 76 33
O‘ZBEKISTONNING LOGISTIK PERFORMANCE INDEKSI VA UNING TRANSPORT TIZIMIGA TA’SIRI TAHLILI
Umidjon Narziyev

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining Logistik Performance Indeksi (LPI) bo‘yicha reytingdagi o‘rni, uni belgilovchi asosiy mezonlar va bu ko‘rsatkichlarning transport tizimiga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida LPI ko‘rsatkichlari bilan mamlakatdagi transport-logistika infratuzilmasi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, mavjud muammolar va imkoniyatlar aniqlanadi. Shuningdek, O‘zbekistonning xalqaro savdo tizimidagi tranzit salohiyatini ro‘yobga chiqarishda LPI indeksining ahamiyati yoritiladi. Maqola yakunida mamlakatning LPI reytingini yaxshilashga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.

06/24/2025
  • PDF
613-620 68 27
KORPORATIV SEKTORNI BARQAROR MOLIYALASHTIRISHDA KAPITAL BOZORI INSTRUMENTLARINING SAMARADORLIGI
Jurabek Sobirov

Ushbu maqolada O‘zbekistonda korporativ sektorda moliyalashtirish mexanizmlarining amaldagi holati, mavjud tizimdagi muammolar va ularni hal qilish bo‘yicha takliflar yoritiladi. Xalqaro tajriba asosida O‘zbekiston sharoitiga mos keladigan samarali moliyalashtirish strategiyalari ishlab chiqilib, moliyaviy diversifikatsiyalash, investorlar ishonchini oshirish va korporativ boshqaruvni takomillashtirish orqali barqaror moliyalashtirish tizimini shakllantirish yo‘llari taklif etiladi.

04/08/2025
  • PDF
334-339 57 33
AHOLINI IJTIMOIY HIMOYALASHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI: XORIJ TAJRIBASI
Fotimajon Ametova

Mazkur maqolada aholining ijtimoiy himoyalashda moliyaviy ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlari xorijiy davlatlar tajribasi asosida o‘rganilgan. Tadqiqot jarayonida rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda ijtimoiy himoya tizimining shakllanishi, moliyalashtirish mexanizmlari hamda institutsional yondashuvlari tadqiq etilgan. Xususan, Yevropa davlatlari, AQSh va Osiyo mamlakatlarida ijtimoiy sug‘urta, manzilli ijtimoiy yordam, majburiy tibbiy sug‘urta va kambag‘allikni qisqartirish dasturlarining samaradorligi tahlil qilingan. Xorij tajribasi asosida aholining zaif qatlamlarini ijtimoiy himoyalashni kuchaytirishga qaratilgan ilg‘or yondashuvlar aniqlanib, ularni O‘zbekiston sharoitida qo‘llash imkoniyatlari yoritib berilgan

02/11/2026
  • PDF
377-386 26 11
1 - 14 from 14

So'rov yuborish

So'rov yuborish

Til

  • English
  • Русский
  • Uzbek

Axborot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Indeksatsiya

 




 

 

               

 

 

 

Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar
 

KONTAKTLAR:

phone(+998) 94 643 30 39

maile-itt@mail.ru

telegram@e_itt_manager

 
NAVIGATSIYA:
Joriy nashr Arxivlar Jurnal haqida Kontaktlar
 
© Copyright 2026 Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer