Maqolada O‘zbekistonda raqamli fiskal boshqaruvni kuchaytirish maqsadida tatbiq etilgan “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi” tizimi tahlil qilinadi. Baholash jarayoni yuridik shaxslarning soliq intizomi, moliyaviy shaffoflik, rasmiylashtirish intizomi hamda ijtimoiy mas’uliyat darajasini avtomatlashtirilgan algoritmlar orqali aniqlashga asoslanadi. Tadqiqot doirasida reyting indikatorlari va real iqtisodiy natijalar o‘rtasidagi bog‘liqlik, sektoral va hududiy tafovutlar hamda “CRM-NEW” monitoring tizimi bilan metodologik farqlar chuqur tahlil etilgan. Shuningdek, Kruskal–Wallis H testi asosida reyting toifalari va soliq xavfi o‘rtasidagi statistik munosabatlar aniqlanib, baholash tizimining ishonchlilik darajasi asoslab berilgan. Maqolada reyting mexanizmini takomillashtirishga doir konseptual va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Mazkur maqolada davlat xaridlari tizimida raqobat muhitini shakllantirish masalalari tahlil qilinadi. O‘zbekistonda qabul qilingan huquqiy bazalar, elektron xarid platformalari va raqamlashtirish jarayonlari orqali tender jarayonlarini oshkora va samarali qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, “yopiq xaridlar”, afillangan kompaniyalar, maʼlumotlar ochiqligi yetishmasligi kabi muammolar ham atroflicha tahlil qilinadi. Jahon tajribasiga asoslangan holda blokcheyn va avtomatlashtirilgan baholash texnologiyalarini joriy etish, jamoatchilik monitoringini kuchaytirish bo‘yicha aniq takliflar ilgari suriladi.
Raqamlashtirish jarayoni ta’lim tizimining har bir bosqichiga sezilarli ta’sir ko‘rsatib, mustaqil ta’lim jarayonlarini takomillashtirishda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining ahamiyatini oshirmoqda. Ushbu maqolada sun’iy intellekt yordamida mustaqil ta’lim jarayonlarini optimallashtirishning asosiy yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Shuningdek, rivojlangan davlatlarning tajribasi asosida SI texnologiyalarining ta’lim jarayoniga integratsiyasining samaradorligi qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari mustaqil ta’limni rivojlantirishda innovatsion yondashuvlar va SI texnologiyalaridan foydalanishning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilashga xizmat qiladi.