DISTRIBYUTSIYA KORXONALARIDA MARKETING STRATEGIYASI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYANING ROLI

Mualliflar

DOI:

https://doi.org/10.60078/2992-877X-2025-vol3-iss12-pp147-152

Annotasiya

Ushbu maqolada distribyusiya korxonalarida marketing strategiyalarini amalga oshirish samaradorligini oshirishda raqamli transformatsiyaning o‘rni va uning asosiy mexanizmlari tahlil qilinadi. Erkin bozor sharoitida an’anaviy marketing usullarining samaradorligi tobora pasayib bormoqda. Shu sababli CRM tizimlari, marketingni avtomatlashtirish, katta ma’lumotlar (Big Data) tahlili, omnikanal kommunikatsiyalar va raqamli logistika kabi zamonaviy texnologiyalar bozorni yaxshiroq anglash, savdo aksiyalarini optimallashtirish hamda chakana savdo hamkorlari bilan shaxsiylashtirilgan munosabatlarni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi. Raqamli ma’lumotlardan samarali foydalanayotgan distribyutorlar raqamli yechimlarni joriy etmagan raqobatchilarga nisbatan daromad o‘sishi, marketing kampaniyalarining rentabelligi va mijozlar qoniqish darajasi bo‘yicha yuqori natijalarni namoyon etmoqda. Raqamli vositalarga, kadrlar salohiyatini rivojlantirishga va hamkorlik platformalariga sarmoya kiritish distribyusiya amaliyotlarini zamonaviylashtirish, marketing faoliyati samaradorligini oshirish hamda O‘zbekiston kabi rivojlanayotgan bozorlarda korxonalarning raqobatbardoshligini kuchaytirishga xizmat qiladi. Raqamli texnologiyalarni joriy etish marketing strategiyalarini yanada tizimli va natijador qilish imkonini yaratadi.

Kalit so‘zlar:

raqamli transformatsiya distribyutsiya korxonalari marketing strategiyasi CRM tizimlari marketingni avtomatlashtirish katta ma’lumotlar (Big Data) omnikanal aloqalar raqamli logistika savdo marketingi va O‘zbekiston bozori

Bibliografik manbalar

В данной статье исследуется роль и механизмы цифровой трансформации в повышении эффективности реализации маркетинговой стратегии в дистрибьюторских компаниях. В условиях динамичной рыночной среды традиционные маркетинговые методы становятся все менее эффективными. Такие технологии, как CRM-системы, маркетинговая автоматизация, аналитика больших данных (Big Data), омниканальные коммуникации и цифровая логистика, позволяют улучшить видимость рынка, оптимизировать торговые акции и выстраивать персонализированные отношения с розничными продавцами. Дистрибьюторы с развитыми цифровыми возможностями демонстрируют более высокие показатели роста выручки, рентабельности кампаний и удовлетворенности клиентов по сравнению с цифровое отстающими компаниями. Инвестиции в цифровые инструменты, развитие кадров и платформы для сотрудничества могут модернизировать дистрибьюторские практики, повысить эффективность маркетинга и усилить конкурентоспособность на развивающихся рынках, таких как Узбекистан. Внедрение цифровых технологий приводит к трансформации маркетинговых стратегий от реактивных к активным, основанным на данных.

Yuklashlar

Nashr qilingan

Qanday qilib iqtibos keltirish kerak

Jamoliddinov , F. (2025). DISTRIBYUTSIYA KORXONALARIDA MARKETING STRATEGIYASI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYANING ROLI . Iqtisodiy Taraqqiyot Va Tahlil, 3(12), 147-152. https://doi.org/10.60078/2992-877X-2025-vol3-iss12-pp147-152