Globallashuv sharoitida turizm industriyasining jadal rivojlanishi O‘zbekistonda turistik infratuzilma boshqaruvida chuqur strukturaviy o‘zgarishlarni yuzaga keltirmoqda. Ushbu maqolada turistik infratuzilmaning asosiy tarkibiy unsurlari, ularning rivojlanish tendensiyalari va iqtisodiy omillar bilan o‘zaro ta’siri tizimli ravishda tahlil qilindi. Tadqiqotda 2016-2024 yillar davomida mehmonxona xo‘jaligi quvvatining oshishi, transport-logistika imkoniyatlarining kengayishi, investitsion oqimlarning faollashuvi, hududiy turizm klasterlarining shakllanishi va xizmatlar sifati bo‘yicha statistik ma’lumotlar qiyosiy o‘rganildi. Shuningdek, infratuzilma rivojlanishining turizm talabiga ta’siri, davlat siyosati va islohotlarning sektorga qo‘shimcha impulsi, pandemiya davri va undan keyingi tiklanish jarayonlari ekonometriк modellar orqali baholandi. Tadqiqot natijalari turistik infratuzilmani modernizatsiya qilish, xalqaro turistlar oqimini ko‘paytirish, hududlar bo‘yicha infratuzilma samaradorligini oshirish hamda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilgan amaliy takliflar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Ushbu maqolada O‘zbekistonda turizm sohasini axborotlashtirish jarayonlarining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati tizimli ravishda tahlil qilingan. Tadqiqotda xalqaro tajribalar Janubiy Koreya, Singapur, Estoniya, Ispaniya va Turkiya misolida smart-turizm, e-visa, onlayn bronlash, raqamli marketing va elektron to‘lovlar kabi raqamli yechimlarning turizm rivojiga ta’siri o‘rganildi. Shuningdek, O‘zbekistonning so‘nggi yillardagi raqamli infratuzilmasi, elektron xizmatlar qamrovi, turistlar oqimi va turizm eksporti bo‘yicha o‘sish dinamikasi baholandi. Qiyosiy tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish turizmning samaradorligi, xizmat sifati, bandlik darajasi va iqtisodiy faolligini sezilarli darajada oshirmoqda. Maqola yakunida turizmni yanada raqamlashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha sanoat tarmoqlarini jadal rivojlantirish chora-tadbirlariga ko‘ra, har bir tumanda 2 ta faoliyat turi aniq “o‘sish nuqtalari” etib belgilandi. Shu tariqa, Ellikqal’a viloyatida turizm va issiqxona xo‘jaliklari yetakchi tarmoqlar sifatida belgilandi. Bu bejiz emas. Zero, hududdagi tarixiy maskanlar – qal’alar Ellikqal’aning asosiy sayyohlik maskanlaridan biriga aylanishi kutilmoqda. Ulardan 21 ta qasr meʼmoriy yodgorlik sifatida roʻyxatga olingan boʻlib, bugungi kunda xalqaro sayyohlik yoʻnalishiga kiritishga munosib sanaladi. Koronavirus pandemiyasi tufayli sayyohlar oqimi sezilarli darajada kamaygan 2020-yilda hududga ichki turizm yoʻnalishida, Norinjon bobo, Kechirmas ota ziratgohi va Shifo maskani, arxeologik yodgorliklar va boshqa yoʻnalishlarda 40 mingdan ortiq ziyoratchi va sayohatchilar tashrif buyurdi. turistik joylar.