• Ro‘yxatdan o‘tish
  • Kirish
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil
  • Joriy nashr
  • Arxivlar
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Maxfiylik bayonoti
    • Aloqa
    • Talablar
    • Taqriz
    • To‘lov
    • Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar
    • Nashrlar
  1. Uy
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

##search.searchResults.foundPlural##
AHOLINI UY-JOY BILAN TA’MINLASHGA TA’SIR ETUVCHI IJTIMOIY VA IQTISODIY OMILLARNI TIZIMLASHTIRISH
Komiljon Xannarov

Ushbu maqolada aholini uy-joy bilan ta’minlash darajasiga ta’sir etuvchi ijtimoiy va iqtisodiy omillar tizimlashtirilgan holda o‘rganiladi. Ishda daromad darajasi, bandlik holati, oila tarkibi, urbanizatsiya jarayonlari, ipoteka kreditlari mavjudligi, uy-joy narxlari, davlat siyosati va subsidiyalar, demografik o‘zgarishlar, infratuzilma rivojlanishi kabi asosiy omillar guruhlashtiriladi. Tadqiqot natijalari ushbu omillarning o‘zaro bog‘liqligi va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashdagi ta’sir darajasini aniqlashga qaratilgan bo‘lib, davlat siyosatini shakllantirish va ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash uchun amaliy tavsiyalar berishga xizmat qiladi

03/31/2026
  • PDF
278-283 22 17
TURAR-JOY BINOLARI UCHUN XIZMAT KO'RSATISH MAJMUALARINI SHAKLLANTIRISHDA MAVJUD YONDASHUVLAR
Berdaq Bauetdinov , Gulnaz Shnekeeva

Maqolada ko‘p funksiyali turar-joy majmualarini loyihalashning zamonaviy tendensiyalari ko‘rib chiqiladi, bu esa shahar muhiti talablari va ijtimoiy ehtiyojlardagi o‘zgarishlarni aks ettiradi. Ko‘p funksiyali turar-joy majmualar evolyutsiyasining qadimgi sivilizatsiyalardan boshlab zamonaviy barqaror rivojlanish konsepsiyalarigacha bo‘lgan tarixiy bosqichlari tahlil qilingan. Makonlarning moslashuvchanligi, ekologik barqarorlik, yuqori texnologiyalar integratsiyasi, shuningdek, ijtimoiy integratsiya kabi asosiy jihatlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Maqolada, shuningdek, polisentriklik, avtonomlik, chegaralarni tartibga solish, hovli maydonlarini jadallashtirish, ochiqlik va shaffoflik tushunchasi kabi qo‘shimcha tendensiyalar ham ta’kidlangan. Zamonaviy ko‘p funksiyali turar joy majmualar o‘zgarishlarga moslasha oladigan va aholining ehtiyojlarini qondira oladigan barqaror qulay shahar muhitini yaratishga intiladi, degan xulosaga kelindi.

04/30/2025
  • PDF
59-65 124 48
UY-JOY QURILISH BOZORI NARXLARIGA INNOVATSION YECHIMLAR ORQALI TA’SIR QILISH
Bahrom Odinayev

Ushbu maqola uy-joy kommunal sohasida innovatsion loyihalarni qo‘llashning zamonaviy yondashuvlarini tahlil qiladi. Innovatsiyalar, jumladan, energiya samaradorligini oshirish, ekologik toza qurilish materiallarini qo‘llash, suv va chiqindilarni boshqarish, shuningdek, aholi uchun qulay xizmatlarni taqdim etish bo‘yicha yangi texnologiyalarni ko‘rib chiqadi. Maqolada ushbu innovatsion yondashuvlarning ahamiyati, ularning uy-joy kommunal sohasiga qo‘shayotgan hissasi va kelajakda ushbu loyihalarning rivojlanish istiqbollari muhokama qilinadi. Innovatsion loyihalar nafaqat iqtisodiy jihatdan samarali, balki ekologik barqarorlikni ta’minlashda ham muhim rol o‘ynaydi. Maqola, shuningdek, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, davlat-xususiy sherikchilik va barqaror rivojlanish masalalariga alohida e'tibor qaratadi.

09/29/2025
  • PDF
160-164 99 34
SOLIQ ORGANLARINING MAHALLALARDAGI FAOLIYATI VA UNING NATIJADORLIGI
Farrux Fayziev

Maqolada soliq organlari xodimlarining mahallada ish faoliyatini tashkil etilishi, uning huquqiy asoslari, rivojlanish tendensiyalari, bugungi kundagi holati, shuningdek, soliq organlari xodimlarining mahallada ish faoliyatini tashkil etilishi natijasida davlat va mahalliy budjetlar daromad manbalarining oshishiga ko‘rsatgan ta’siri bo‘yicha tegishli ma’lumot, taklif va tavsiyalar berilgan. 

03/31/2026
  • PDF
71-79 28 14
YASHIL IPOTEKA OBLIGATSIYALARINI QO‘LLASH IMKONIYATLARI
Olim Astanakulov , Muxabbatxon Berdaliyeva

Maqolada yashil obligatsiyalar va ularning bir turi bo‘lgan yashil ipoteka obligatsiyalarining jahon moliya bozoridagi o‘rni hamda O‘zbekiston sharoitida qo‘llash imkoniyatlari tahlil qilinadi. Yashil obligatsiyalar investorlar mablag‘larini ekologik barqaror loyihalarga yo‘naltirish imkonini beruvchi muhim moliyaviy instrument sifatida tobora keng qo‘llanilmoqda. Xususan, AQShda yirik agentliklar tomonidan emissiya qilinayotgan yashil ipoteka obligatsiyalari energiya samarador uy-joy bozorini moliyalashtirishda yetakchi rol o‘ynaydi. Yevropa, Kanada va Avstraliya davlatlari tajribasi ham bu instrumentning xalqaro miqyosda barqaror rivojlanayotganini ko‘rsatadi. O‘zbekistonda esa yashil ipoteka bozori endigina shakllanib, milliy strategiyalar, xalqaro moliya institutlari ko‘magidagi pilot loyihalar hamda tijorat banklari mahsulotlari orqali bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Maqolada keltirilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, yashil ipoteka obligatsiyalari nafaqat moliyaviy daromad manbai, balki iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va barqaror iqtisodiyotga o‘tishda muhim mexanizm hisoblanadi.

12/29/2025
  • PDF
35-46 63 72
“YASHIL IPOTEKA” DASTURLARINI O‘ZBEKISTONDA QO‘LLASH ISTIQBOLLARI VA IQTISODIY SAMARADORLIGI
Kamola Kilicheva

Ushbu maqolada O‘zbekistonda “yashil ipoteka” dasturlarining joriy etish istiqbollari va iqtisodiy samaradorligi tahlil qilinadi. Xalqaro tajriba misolida yashil ipotekaning afzalliklari, imtiyozli foiz stavkalari, energiya samaradorlik sertifikatlari va banklar uchun qayta moliyalashtirish mexanizmlarining ahamiyati o‘rganilgan. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, yashil ipoteka dasturlari energiya iste’molini sezilarli darajada kamaytirib, uy-joy fondining modernizatsiyasiga, aholi xarajatlarining qisqarishiga va ekologik barqarorlikning oshishiga xizmat qiladi. O‘zbekiston sharoitida ushbu dasturlarni joriy etish uchun institutsional baza, moliyaviy rag‘batlar va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish zarurligi aniqlangan.

11/28/2025
  • PDF
130-135 86 31
MIKRORAYON HUDUDIDA INSOLYATSIYA HISOB-KITOBI ORQALI UY-JOY INFRATUZILMASINI OPTIMALLASHTIRISH
Axtam Daliev

Ushbu maqolada mikrorayon hududida insolyatsiyani optimallashtirish orqali aholi uchun sanitariya va ekologik sharoitlarni ta’minlashning ilmiy-amaliy jihatlari ko‘rib chiqiladi. Insolyatsiya sog‘lom va qulay shahar muhitini shakllantirishda asosiy omillardan biri ekani, binolarning energiya samaradorligiga, ekologik muvozanatga hamda arxitektura va shaharsozlik yechimlariga bevosita ta’sir ko‘rsatishi qayd etiladi. Hisoblash usullari qurilish geometriyasi, mintaqaviy iqlim xususiyatlari hamda matematik modellashtirishdan foydalanishga asoslangan. Mikrorayon infratuzilmasini optimallashtirishda sanitariya, ekologik va demografik sharoitlarning o‘zaro bog‘liqligi namoyish etiladi. Toshkent shahri amaliyotidan va xorijiy tajribadan misollar keltiriladi. Insolyatsiya talablarini mintaqaviy shaharsozlik dasturlariga integratsiya qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.

09/29/2025
  • PDF (Russian)
59-68 114 29
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XIZMATLAR SOHASINING ASOSIY KO‘RSATKICHLARI
Gulam Ernazarov

Ushbu maqolada xizmat ko‘rsatish sohasining asosiy ko‘rsatkichlari va rivojlanish istiqbollari o‘rganib chiqilgan. Shuningdek, xizmatlar sohasining milliy iqtisodiyotda tutgan  o‘rni, ahamiyati, uning YaIM dagi ulushi va asosiy ko‘rsatkichlari statistik tahlil qilingan. 

07/31/2025
  • PDF
41-48 116 129
MAMLAKAT ISHSIZLIK DARAJASINI KAMAYTIRISHDA QURILISH TASHKILOTLARINING TUTGAN OʻRNI
Jamshid Alijonov

Uy-joy qurilishi sohasini yanada rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini takomillashtirish, mamlakatimizning turmush darajasini yanada yaxshilash, mamlakatimizda bugungi kunda izchil olib borilayotgan islohotlardandir. Ushbu maqolaning zamirida mamlakatimiz iqtisodiyotini taraqqiy etishi, mamlakatimizda qurilish sohasini rivojlantirish orqali ishsizlik darajasini kamaytirish, aholimizning turmush farovonligini yanada yaxshilash, yalpi ichki mahsulot koʻrsatkichini oshirish va iqtisodiy rivojlantirish yotadi.

03/28/2025
  • PDF
55-63 115 102
YASHIL IQTISODIYOT RIVOJLANISHI SHAROITIDA UY-JOY KOMMUNAL XOʻJALIGINING DOLZARB MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
Sherzod Najmiddinov, Dilfuza Berdiyeva

Ushbu maqolada yashil iqtisodiyot sharoitida uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqaruvi tizimidagi asosiy muammolar va ularni hal qilish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Yashil iqtisodiyotning amaliy ahamiyati, ekologik barqarorlikni saqlashda va energiya samaradorligini oshirishda o‘zining muhim roli haqida keng qamrovli ma’lumotlar beriladi. Shuningdek, xalqaro tajribalardan foydalanish va innovatsion boshqaruv yondashuvlarini amaliyotga tatbiq qilish va uy-joy kommunal xo‘jaligini takomillashtirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Xulosa qismida yashil iqtisodiyot sharoitida innovatsion rivojlanishning samarali yo‘llari tavsiya qilinadi. Shuningdek, uy-joy kommunal xo‘jaligida qo‘llanishi natijasida jamiyatga va ekologiyaga ko‘rsatadigan ijobiy ta'siri baholanadi.

11/29/2024
  • PDF
204-208 88 48
1 - 10 from 10

So'rov yuborish

So'rov yuborish

Til

  • English
  • Русский
  • Uzbek

Axborot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Indeksatsiya

 




 









 

               

 

 

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil
 

KONTAKTLAR:

phone(+998) 94 643 30 39

maile-itt@mail.ru

telegram@e_itt_manager

 
NAVIGATSIYA:
Joriy nashr Arxivlar Jurnal haqida Kontaktlar
 
© Copyright 2026 Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer