• Ro‘yxatdan o‘tish
  • Kirish
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil
  • Joriy nashr
  • Arxivlar
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Maxfiylik bayonoti
    • Aloqa
    • Talablar
    • Taqriz
    • To‘lov
    • Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar
    • Nashrlar
  1. Asosiy sahifaga o'tish
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

##search.searchResults.foundPlural##
TURIZM INFRATUZILMASINI INNOVATSION RIVOJLANTIRISHDAGI ASOSIY MANBALAR TAHLILI
Umida Raximova

Ushbu maqola turizm infratuzilmasini innovatsion rivojlantirishda asosiy manbalar tahliliga bag‘ishlangan. Turizm infratuzilmasi mamlakatlar iqtisodiyoti va xalqaro imidjini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada raqamli platformalar va mobil ilovalar, IoT (Internet of Things) texnologiyalari, moliyaviy manbalar, ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimlari, hamda tashkiliy manbalar kabi turizm infratuzilmasining innovatsion rivojlantirishdagi asosiy omillar ko‘rib chiqiladi.

07/31/2024
  • PDF
136-142 93 48
NAVOIY VILOYATI TURIZM SALOHIYATINI OSHIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI
Azizjon Berdimurodov , Abduvoxid Turayev

Ushbu maqolada Navoiy viloyatining turizm salohiyatini oshirish borasidagi ustuvor yo‘nalishlar aniqlangan bo‘lib, hududdagi turizm infratuzilmasi, raqamli transformatsiya jarayonlari va barqaror turizm tamoyillari tahlil etiladi. Tadqiqotda klaster yondashuvi, raqamli innovatsiyalar hamda “yashil iqtisodiyot” tamoyillari asosida ilmiy takliflar ishlab chiqilgan. Natijalar Navoiy viloyati turizm sektorining raqobatbardoshligini oshirish, resurslardan oqilona foydalanish va hududiy rivojlanish samaradorligini ta’minlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

11/28/2025
  • PDF
46-51 30 17
TURIZMDA AXBOROTLASHTIRISH TIZIMIDAN FOYDALANISHNING IJTIMOIY-IQTISODIY AHAMIYATI
Samadjon Mamurov

Ushbu maqolada O‘zbekistonda turizm sohasini axborotlashtirish jarayonlarining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati tizimli ravishda tahlil qilingan. Tadqiqotda xalqaro tajribalar  Janubiy Koreya, Singapur, Estoniya, Ispaniya va Turkiya misolida smart-turizm, e-visa, onlayn bronlash, raqamli marketing va elektron to‘lovlar kabi raqamli yechimlarning turizm rivojiga ta’siri o‘rganildi. Shuningdek, O‘zbekistonning so‘nggi yillardagi raqamli infratuzilmasi, elektron xizmatlar qamrovi, turistlar oqimi va turizm eksporti bo‘yicha o‘sish dinamikasi baholandi. Qiyosiy tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish turizmning samaradorligi, xizmat sifati, bandlik darajasi va iqtisodiy faolligini sezilarli darajada oshirmoqda. Maqola yakunida turizmni yanada raqamlashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

11/28/2025
  • PDF
142-151 23 17
O‘ZBEKISTON VA JANUBIY KOREYA MAMLAKATLARINING MEHMONXONA SANOATIDA SOLIQ IMTIYOZLARI VA SUBSIDIYALAR: IQTISODIY SAMARADORLIK TAHLILI
Asilbek Tohirov

Ushbu ilmiy tadqiqot O‘zbekiston va Janubiy Koreya davlatlarining mehmonxona sanoatini rivojlantirishda soliq imtiyozlari va subsidiya siyosatining iqtisodiy samaradorligini qiyosiy tahlil qilishga bag‘ishlangan. Ishda ikki mamlakat tajribasi asosida mehmonxona sektorini moliyaviy rag‘batlantirish usullari, ularning investitsiyaviy jozibadorlikka va hududiy iqtisodiy o‘sishga ta’siri kompleks tarzda o‘rganiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi soliq yengilliklari va davlat subsidiyalari orqali turizm infratuzilmasini mustahkamlash, xususan, mehmonxona tarmog‘i rivojiga ko‘mak beruvchi iqtisodiy instrumentlarning samaradorligini aniqlashdir. Shu bilan birga, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarining amaliy natijalari ham empirik dalillar asosida baholanadi. Tadqiqot davomida O‘zbekiston va Janubiy Koreyada qo‘llanilgan moliyaviy yondashuvlar samaradorligining nisbiy ustunliklari aniqlanadi, Soliq va subsidiya siyosatining hududlararo nomutanosiblikni kamaytirish va turizm salohiyatini oshirishdagi ta’siri baholanadi, O‘zbekiston uchun moslashtirilgan, xalqaro ilg‘or tajribaga asoslangan rag‘batlantirish modeli ishlab chiqiladi. Mazkur tadqiqot iqtisodchi olimlar, tahlilchilar, turizm sohasi bo‘yicha qaror qabul qiluvchilar, investitsiya siyosatini shakllantiruvchi mutasaddilar, shuningdek magistratura darajasidagi tadqiqotchilar uchun amaliy va nazariy jihatdan dolzarb ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot nafaqat mavjud iqtisodiy va institutsional muammolarni yoritadi, balki ularni hal qilish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflarni ham ilgari suradi. Shuning uchun bu ish barqaror turizm siyosatini yaratish yo‘lida ishonchli manba sifatida xizmat qiladi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi, O‘zbekiston va Janubiy Koreya mehmonxona sanoatida soliq imtiyozlari va subsidiyalarni qo‘llash amaliyoti birinchi marta tizimli qiyosiy tahlil qilingan. Mazkur ishda soliq yengilliklarining investitsiya faolligi, hududiy rivojlanish va xizmat sifati kabi mezonlarga ta’siri aniqlangan. Shuningdek, milliy sharoitga moslashtirilgan, iqtisodiy samaradorlikka yo‘naltirilgan rag‘batlantirish modeli ishlab chiqilib, davlat-xususiy sheriklik asosida turizm infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan.

09/29/2025
  • PDF
244-255 39 41
XORAZM VILOYATIDA TURIZM SOHASIGA INVESTITSIYALAR VA MOLIYAVIY RESURSLARNI JALB QILISHDA UCHRAYOTGAN TOʻSIQLAR HAMDA EKOLOGIK YONDASHUVLAR
Shohsanam Shonazarova

Mazkur maqolada Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish uchun investitsiyalar, kredit va moliyaviy resurslarni jalb etish holati tahlil qilinadi. Xususan, moliyalashtirishdagi asosiy muammolar, garov taʼminoti, infratuzilma yetishmovchiligi va huquqiy toʻsiqlar koʻrib chiqiladi. Shuningdek, ekologik jihatlar, barqaror turizm, yashil texnologiyalar va ekoturizm imkoniyatlariga alohida eʼtibor qaratiladi. Deskriptiv, komparativ, ekologik va SWOT tahlillar asosida asosiy muammolar, imkoniyatlar hamda barqaror turizm rivoji uchun strategik takliflar ishlab chiqilgan.

07/31/2025
  • PDF
125-136 73 48
O‘ZBEKISTONDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA INFRATUZILMALAR HOLATI
Sevara Azimxonova

Mazkur maqola O‘zbekistonda turizm sohasining bugungi holatini, infratuzilma obyektlarining rivojlanganlik darajasini va ularning turizm rivojlanishiga taʼsirini tahlil qiladi. Maqolada shuningdek, transport tizimi, mehmonxona xizmatlari, axborot–kommunikatsiya texnologiyalari, jamoat xavfsizligi kabi infratuzilma elementlarining turizmning rivojlanishidagi roli va ularning oʻzaro bogʻliqligi koʻrib chiqiladi. Shuningdek, infratuzilmani yaxshilash orqali turizm sohasida erishish mumkin bo‘lgan ijobiy o‘zgarishlar va yechimini kutayotgan muammolar yoritiladi.

03/28/2025
  • PDF
80-88 97 50
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASINING TURIZM SALOHIYATI
Lobar Murodova

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, shuningdek, ichki turizm rivojlanishiga ta’sir etuvchi ijobiy va salbiy sabablarni aniqlash maqsadida (2024 yil dekabr-mart oylarida) sotsiologik tadqiqot natijalariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sayyohlar (ekskursionistlar) o‘rtasida eng kam ommalashgani aniqlandi. Ushbu maqolada Qoraqalpog‘istonda turizmni rivojlantirishning dolzarb masalalari, mavjud sharoit va istiqboldagi rejalar batafsil tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada statistik ma’lumotlarni guruhlash va taqqoslash yo‘li bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlaridagi turizm infratuzilmasi holati yoritilgan.

11/29/2024
  • PDF (English)
198-203 133 47
O‘ZBEKISTON MODDIY MADANIY MEROS OBYEKTLARINING TURISTIK POTENSIALINI KOMPLEKS BAHOLASH: MUAMMOLAR VA ISTIQBOLLAR
Elena Golisheva

O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishga iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish va mamlakatning xalqaro imijini oshirishga qaratilgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda. O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosini hisobga olgan holda, moddiy madaniy meros obyektlaridan turizm sohasida samarali foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi. Biroq hozirgi kunda bunday obyektlar, xususan, arxeologik yodgorliklarning turistik oborotga jalb etilganlik darajasi juda pastligicha qolmoqda. Bu tizimli muammolar, jumladan, infratuzilmaning yo‘qligi, reestrlarning buzilgan yoki eskirgan ma’lumotlari, obyektlarning past darajadagi mashhurligi va ularning turistik salohiyatini baholashning kompleks metodologiyasi yo‘qligidan dalolat beradi. Ushbu tadqiqot Farg‘ona va Andijon viloyatlari kabi yuqori madaniy salohiyatga ega, ammo turizm infratuzilmasi yetarli darajada rivojlanmagan hududlar kontekstida alohida dolzarblik kasb etadi. Moddiy madaniy meros obyektlarining turistik jozibadorligini baholashning kompleks metodologiyasini ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish mintaqaviy turistik marshrutlarni shakllantirishga ilmiy asoslangan yondashuvni, shuningdek, madaniy qadriyatlarni saqlash va targ‘ib qilishning samarali strategiyalarini taklif qilish imkonini beradi.

07/31/2025
  • PDF (Russian)
49-61 63 80
QORAQALPOG 'ISTON MINTAQASIDA MEHMONXONALAR BANDLIGI KO' RSATKICHLARINI OSHIRISH
Matlyuba Uralova

Ushbu maqolada Qoraqalpog'iston, O'zbekiston mintaqasidagi mehmonxona
ob'ektlarining kam bandligi muammosi ko'rib chiqiladi. Tadqiqot ushbu muammoni hal
qilishning turli strategiyalari va yondashuvlarini, jumladan marketing tashabbuslari, xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish va hamkorlikni mustahkamlashni ko'rib chiqadi. Muallif mintaqada turizmni rivojlantirishga hissa qo'shishi mumkin bo'lgan mehmonxonalar bandligini oshirishga kompleks yondashuvni taklif etadi.

06/30/2024
  • PDF
233-239 102 53
MICE TURIZMI RIVOJLANISHINING IJTIMOIY AHAMIYATI
Aziza Madrimova

Maqolada MICE turizmi rivojlanishining ijtimoiy sohaga taʼsiri masalalari koʻrib chiqiladi. MICE turizmini rivojlantirish orqali mamlakatni ijtimoiy sohasini rivojlantirish, Oʻzbekistonda MICE turizmini rivojlantirish orqali erishiladigan natijalar, infratuzilmaning rivojlanishi oʻz navbatida ijtimoiy hayotning yaxshilanishiga olib kelishi, jamiyat hayotiga taʼsiri, yangi ish oʻrinlarini yaratilishi orqali mahalliy aholining bandligini taʼminlash toʻgʻrisida fikr va mulohazalar keltirildi.

02/27/2025
  • PDF
65-69 83 64
O‘ZBEKISTONDA ZIYORAT TURIZMI INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISHDA XUSUSIY INVESTITSIYALARNING ROLI
Anvar Xudoyarov , Oysoat Gulboyeva

Mazkur maqolada O‘zbekistonda ziyorat turizmi infratuzilmasini rivojlantirish jarayonida xususiy investitsiyalarning tutgan o‘rni, ularning iqtisodiy samaradorligi hamda so‘nggi yillardagi islohotlar ta’siri chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida statistik tahlil, komparativ (xalqaro) taqqoslash, SWOT tahlili va kontent tahlili kabi metodlar qo‘llanib, ziyorat turizmi infratuzilmasi rivojining hozirgi tendensiyalari va investitsion salohiyat baholandi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, xususiy sektor ishtiroki sohani modernizatsiya qilishda, xizmatlar sifatini oshirishda va turistlar oqimini ko‘paytirishda muhim omil bo‘lib bormoqda. Xususan, davlat-xususiy sheriklik  mexanizmlarining kengayishi, raqamlashtirish, klaster yondashuvi va xalqaro hamkorlikning kuchayishi ziyorat turizmining istiqbolli rivojlanishi uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.

11/28/2025
  • PDF (English)
269-278 33 16
1 - 11 from 11

So'rov yuborish

So'rov yuborish

Til

  • English
  • Русский
  • Uzbek

Axborot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Indeksatsiya

 




 









 

               

 

 

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil
 

KONTAKTLAR:

phone(+998) 94 643 30 39

maile-itt@mail.ru

telegram@e_itt_manager

 
NAVIGATSIYA:
Joriy nashr Arxivlar Jurnal haqida Kontaktlar
 
© Copyright 2026 Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer