Ushbu maqola dengizga chiqa olmagan Markaziy Osiyoning savdo dinamikasini oʻrganadi, bunda Oʻzbekistonga alohida eʼtibor beriladi. Ikki dengizga chiqish imkoniyati mavjud bo‘lmagan O‘zbekistonning geografik kamchiliklari yuqori transport xarajatlari va uzoq tranzit vaqtlari tufayli uning savdo raqobatbardoshligiga sezilarli darajada to‘sqinlik qiladi. Tarixan paxta, oltin va tabiiy gaz kabi mahsulotlar eksportiga qaram bo‘lgan O‘zbekiston iqtisodiyoti jahon bozoridagi tebranishlarga nisbatan zaifligicha qolmoqda. Ushbu muammolarni yumshatish va uning savdo salohiyatini oshirish uchun tadqiqot qo‘shimcha qiymat qo‘shadigan sektorlarda diversifikatsiya qilish va savdo logistika infratuzilmasini yaxshilash zarurligini ta’kidlaydi. Savdoning tortishish modelidan foydalangan holda, maqola Markaziy Osiyo mintaqasidagi ikki tomonlama savdo hajmiga savdoni yengillashtirish choralarining ta’sirini baholaydi. Natijalar O‘zbekistonning savdo samaradorligini oshirishda infratuzilmani rivojlantirish, bojxona modernizatsiyasi va mintaqaviy hamkorlikning muhim rolini ta’kidlaydi
Tahlil shuni ko‘rsatadiki, savdoni yengillashtirish bo‘yicha ilg‘or chora-tadbirlarga ega bo‘lgan mamlakatlar O‘zbekiston bilan savdo hajmini oshirmoqda, bu esa transport infratuzilmasi va tartibga soluvchi islohotlarga strategik sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatmoqda. Bu sa’y-harakatlar O‘zbekistonning jahon bozorlariga yanada samarali integratsiyalashuvi va mintaqada iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish uchun muhim ahamiyatga ega.
Maqolada 2010-2023 yillarda O'zbekistondan tovarlar va xizmatlar eksporti dinamikasi tahlil qilinadi, eksportning tovar kontsentratsiyasi indeksi va eksportni diversifikatsiya indeksidan foydalanish asosida O'zbekiston eksportining tovar tarkibi va geografiyasini diversifikatsiya darajasi baholanadi. 2010-2023 yillarda O'zbekiston eksportini rivojlanish tendentsiyalarining statistik tahlili eksport tarkibi va geografiyasini diversifikatsiya qilishni jadallashtirish, tovar eksporti tarkibida yuqori qo'shilgan qiymatga ega tayyor tovarlar ulushini oshirish, xizmatlar eksportini kengaytirish va diversifikatsiya qilish, hududlarning eksport faoliyatini rivojlantirish zarurligini ko'rsatadi. Eksportni diversifikatsiya qilishni jadallashtirish iqtisodiy siyosatning turli yo'nalishlarida, shu jumladan savdo, investitsiya, sanoat siyosatini takomillashtirish va institutsional islohotlarni chuqurlashtirishda o'zaro bog'liq chora-tadbirlar majmuini amalga oshirishni talab qiladi.
Maqolada mamlakatning iqtisodiy o‘sishida hamda barqarorlikka erishsishida tashqi savdo, eksport tarkibi va diversifikatsiyasini oshirishda kichik biznes subyektlarining o‘rni, ularning mamlakat eksportidagi ulushi tahlil qilingan. Shuningdek, kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyatidan samarali foydalanish hamda eksport diversifikatsiyasini oshirishdagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy asoslangan amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan
Maqolada Oʻzbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarini kengaytirish jarayonida Shanxay hamkorlik tashkiloti bilan bogʻliq hamkorlikning rivojlantirish tizimi doirasidagi kordinatsion munosabatlar va uni rivojlantirish mexanizmlarining tashkiliy asosini muvofiqlashtirish yoʻllari tadqiq etilgan. Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida keng koʻlamli savdo-iqtisodiy munosabatlarni tashkil etish jarayonida mavjud muammolarning ta'siri tahlil qilingan. Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida Oʻzbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarini kengaytirish tizimi va uni muvofiqlashtirish yoʻnalishlariga doir ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.