O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishga iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish va mamlakatning xalqaro imijini oshirishga qaratilgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda. O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosini hisobga olgan holda, moddiy madaniy meros obyektlaridan turizm sohasida samarali foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi. Biroq hozirgi kunda bunday obyektlar, xususan, arxeologik yodgorliklarning turistik oborotga jalb etilganlik darajasi juda pastligicha qolmoqda. Bu tizimli muammolar, jumladan, infratuzilmaning yo‘qligi, reestrlarning buzilgan yoki eskirgan ma’lumotlari, obyektlarning past darajadagi mashhurligi va ularning turistik salohiyatini baholashning kompleks metodologiyasi yo‘qligidan dalolat beradi. Ushbu tadqiqot Farg‘ona va Andijon viloyatlari kabi yuqori madaniy salohiyatga ega, ammo turizm infratuzilmasi yetarli darajada rivojlanmagan hududlar kontekstida alohida dolzarblik kasb etadi. Moddiy madaniy meros obyektlarining turistik jozibadorligini baholashning kompleks metodologiyasini ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish mintaqaviy turistik marshrutlarni shakllantirishga ilmiy asoslangan yondashuvni, shuningdek, madaniy qadriyatlarni saqlash va targ‘ib qilishning samarali strategiyalarini taklif qilish imkonini beradi.
Maqolada turizm sohasining iqtisodiyotdagi o'rni ko'rib chiqiladi, uning o'sish, ish o'rinlari yaratish va infratuzilmani rivojlantirish haydovchisi sifatida ahamiyatini ta'kidlaydi. Turizmning YAIM va ijtimoiy farovonlikka qo'shgan hissasini ko'rsatadigan asosiy iqtisodiy ko'rsatkichlar tahlil qilinadi. Turistik faoliyatni soliqqa tortishning nazariy kontseptual asoslariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Mavjud soliq rejimlari, ularning afzalliklari va kamchiliklari, shuningdek soliq siyosatining turizm sohasini rivojlantirishga ta'siri muhokama qilinadi. Muallif sayyohlik kompaniyalari uchun soliq yukini optimallashtirish bo'yicha tavsiyalar beradi, bu esa sanoatning raqobatbardoshligini oshirishga yordam beradi. Maqola iqtisodiy va ijtimoiy jihatlarni hisobga olgan holda turizmni soliqqa tortishga kompleks yondashuv zarurligi to'g'risida xulosalar bilan yakunlanadi.
Ushbu maqola O’zbekistonda turizm sohasiga jalb qilingan investitsiyalarning hozirgi holati va rivojlanish tendensiyalarini tahlil qiladi. Turizmda investitsiyalarning hajmi, manbalari va ularning turizm infratuzilmasini rivojlantirish, xizmatlar sifatini oshirishdagi o‘rni ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, sohadagi ichki va tashqi investitsiyalar, davlat siyosati va iqtisodiy omillarning turizm sektoriga ta’siri kabi jihatlar tadqiq etilgan.
Ushbu maqolada Navoiy viloyatining turizm salohiyatini oshirish borasidagi ustuvor yo‘nalishlar aniqlangan bo‘lib, hududdagi turizm infratuzilmasi, raqamli transformatsiya jarayonlari va barqaror turizm tamoyillari tahlil etiladi. Tadqiqotda klaster yondashuvi, raqamli innovatsiyalar hamda “yashil iqtisodiyot” tamoyillari asosida ilmiy takliflar ishlab chiqilgan. Natijalar Navoiy viloyati turizm sektorining raqobatbardoshligini oshirish, resurslardan oqilona foydalanish va hududiy rivojlanish samaradorligini ta’minlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ushbu maqola turizm infratuzilmasini innovatsion rivojlantirishda asosiy manbalar tahliliga bag‘ishlangan. Turizm infratuzilmasi mamlakatlar iqtisodiyoti va xalqaro imidjini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada raqamli platformalar va mobil ilovalar, IoT (Internet of Things) texnologiyalari, moliyaviy manbalar, ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimlari, hamda tashkiliy manbalar kabi turizm infratuzilmasining innovatsion rivojlantirishdagi asosiy omillar ko‘rib chiqiladi.
Ushbu ilmiy tadqiqot O‘zbekiston va Janubiy Koreya davlatlarining mehmonxona sanoatini rivojlantirishda soliq imtiyozlari va subsidiya siyosatining iqtisodiy samaradorligini qiyosiy tahlil qilishga bag‘ishlangan. Ishda ikki mamlakat tajribasi asosida mehmonxona sektorini moliyaviy rag‘batlantirish usullari, ularning investitsiyaviy jozibadorlikka va hududiy iqtisodiy o‘sishga ta’siri kompleks tarzda o‘rganiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi soliq yengilliklari va davlat subsidiyalari orqali turizm infratuzilmasini mustahkamlash, xususan, mehmonxona tarmog‘i rivojiga ko‘mak beruvchi iqtisodiy instrumentlarning samaradorligini aniqlashdir. Shu bilan birga, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarining amaliy natijalari ham empirik dalillar asosida baholanadi.Tadqiqot davomida O‘zbekiston va Janubiy Koreyada qo‘llanilgan moliyaviy yondashuvlar samaradorligining nisbiy ustunliklari aniqlanadi, Soliq va subsidiya siyosatining hududlararo nomutanosiblikni kamaytirish va turizm salohiyatini oshirishdagi ta’siri baholanadi, O‘zbekiston uchun moslashtirilgan, xalqaro ilg‘or tajribaga asoslangan rag‘batlantirish modeli ishlab chiqiladi. Mazkur tadqiqot iqtisodchi olimlar, tahlilchilar, turizm sohasi bo‘yicha qaror qabul qiluvchilar, investitsiya siyosatini shakllantiruvchi mutasaddilar, shuningdek magistratura darajasidagi tadqiqotchilar uchun amaliy va nazariy jihatdan dolzarb ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot nafaqat mavjud iqtisodiy va institutsional muammolarni yoritadi, balki ularni hal qilish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflarni ham ilgari suradi. Shuning uchun bu ish barqaror turizm siyosatini yaratish yo‘lida ishonchli manba sifatida xizmat qiladi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi,O‘zbekiston va Janubiy Koreya mehmonxona sanoatida soliq imtiyozlari va subsidiyalarni qo‘llash amaliyoti birinchi marta tizimli qiyosiy tahlil qilingan. Mazkur ishda soliq yengilliklarining investitsiya faolligi, hududiy rivojlanish va xizmat sifati kabi mezonlarga ta’siri aniqlangan. Shuningdek, milliy sharoitga moslashtirilgan, iqtisodiy samaradorlikka yo‘naltirilgan rag‘batlantirish modeli ishlab chiqilib, davlat-xususiy sheriklik asosida turizm infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan.
Ushbu maqolada Janubiy Koreyaning turizm infratuzilmasini rivojlantirishdagi ilg‘or tajribasi o‘rganilib, uning O‘zbekiston sharoitiga mos barqaror yondashuvlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida Koreya Respublikasida davlat va xususiy sektor hamkorligi, raqamli texnologiyalarni joriy etish, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda sayyohlik hududlarini tizimli rivojlantirish kabi omillar asosiy e’tiborga olingan. Mazkur tajribani O‘zbekistonga tatbiq etish orqali mamlakatimizda turizm sohasining uzoq muddatli va barqaror rivojlanishiga erishish mumkinligi asoslab beriladi. Maqola yakunida O‘zbekiston uchun amaliy tavsiyalar hamda zamonaviy infratuzilmaviy yondashuvlar ilgari suriladi.
Мақолада Ўзбекистон туризм соҳасида минтақавий аҳамиятга эга бўлган ҳудудларининг инвестицион жозибадорлигини баҳолаш услубиётини такомиллаштириш, минтақанинг инвестиция салоҳиятини тавсифловчи кўрсаткичлари, минтақанинг инвестиция хавфини тавсифловчи кўрсаткичлар, инвестицион сиёсатнинг асосий йўналишларига берилган таърифлар инвестицион жозибадорликка таъсир этувчи асосий омиллар табиий-географик ресурслар, маданий мерос объектлари, логистика имкониятлари, инфратузилманинг ҳолати, инсон капитали ва ҳудудий бренднинг мавқеи назарий ва амалий жиҳатдан ўрганилган. Шунингдек, амалда қўлланилаётган баҳолаш услубиятларининг камчиликлари кўрсатиб берилган ва уларни ҳал этиш учун комплекс индексли ёндашув таклиф этилган масалалари баён қилинган.
This article highlights the essence and importance of the process of introducing the principles of the "green economy" in Uzbekistan. The work being carried out in the country to ensure environmental sustainability, rational use of resources, expand the share of "green energy", and use water-saving technologies in agriculture is analyzed. The opportunities and obstacles associated with this new model of the economy are also studied and ways to overcome them are indicated. The article describes in detail the prospects for green transformation using international experience, state strategies and investment projects as an example.