Мазкур мақолада минтақавий ривожланишни таъминлашда молиявий воситалардан фойдаланиш механизмлари ва уларнинг иқтисодий самарадорлиги таҳлил қилинган. Тадқиқотда Европа Иттифоқи давлатлари, хусусан Польша ҳамда Туркия тажрибаси асосида ҳудудий ривожланишни молиялаштириш моделлари қиёсий ўрганилган. Мақолада молиявий воситаларнинг институционал асослари, айланмали молиялаштириш механизмлари, ҳудудий ривожланиш агентликлари фаолияти ва давлат-хусусий шерикчилиги асосида амалга оширилаётган молиялаштириш тизимларининг иқтисодий натижалари таҳлил қилинган. Таҳлил натижаларига кўра, минтақавий ривожланишда молиявий воситаларнинг самарадорлиги уларнинг қайтарилувчанлиги, манзиллилиги ва институционал мувофиқлашув даражасига боғлиқ эканлиги аниқланган. Шунингдек, Польша ва Туркия тажрибаси асосида ҳудудий молиялаштиришнинг самарали моделлари, айниқса револьвер фондлар, ҳудудий ривожланиш агентликлари ва инновацион молиявий инструментлар (венчур фондлар, “яшил” облигациялар, сукук)дан фойдаланишнинг аҳамияти асослаб берилган. Тадқиқот натижалари Ўзбекистонда минтақавий ривожланишни молиялаштириш механизмларини такомиллаштириш, ҳудудлар иқтисодий салоҳиятини ошириш ва инвестиция фаоллигини рағбатлантириш бўйича амалий тавсияларни ишлаб чиқиш имконини беради.
Ushbu maqolada mamlakatimizda mintaqaviy infratuzilmani innovatsion rivojlantirishning hozirgi holati va dolzarb muammolari tahlil qilinadi. Infratuzilmaning modernizatsiyasi va innovatsion yechimlarni joriy etish jarayoni hududlarning iqtisodiy barqarorligi va raqobatbardoshligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Shu boisdan, tadqiqotda mintaqaviy infratuzilmani rivojlantirishga ta’sir etuvchi asosiy omillar, mavjud muammolar hamda ularni hal etish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishda moliyalashtirish yetishmovchiligi, eskirgan texnologiyalar, institutsional muammolar va hududiy nomutanosibliklar asosiy to‘siqlar sifatida namoyon bo‘lmoqda. Shuningdek, maqolada ilg‘or xorijiy tajriba tahlil qilinib, innovatsion infratuzilmani shakllantirishning samarali strategiyalari ilgari suriladi. Shuningdek, mazkur maqolada mintaqaviy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilib, uning barqaror innovatsion taraqqiyotga ta’siri yoritiladi. Tadqiqot natijalari hududiy siyosatni shakllantirish va infratuzilmani rejalashtirish jarayonlarida amaliy ahamiyat kasb etishi mumkin.
Mazkur maqola ekologik innovatsiyalarni moliyalashtirishda soliq instrumentlarining rag‘batlantiruvchi va resurs safarbar qiluvchi salohiyatini tahlil qiladi. Iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit ifloslanishining kuchayishi sharoitida “yashil” texnologiyalarni yaratish hamda amaliyotga joriy etish katta miqdordagi barqaror moliyaviy manbalarni talab etadi. Tadqiqotning maqsadi ekologik innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash va moliyalashtirishda soliq mexanizmlaridan foydalanish bo‘yicha xalqaro yondashuvlar mazmunini umumlashtirish, hamda O‘zbekiston sharoitida ustuvor yo‘nalishlar uchun amaliy takliflarni asoslashdan iborat. Ishda adabiyotlar sharhi bilan bir qatorda 2021-2024 yillar kesimidagi ko‘rsatkichlar asosida deskriptiv tahlil o‘tkazilib, atmosferaga chiqarilgan ifloslantiruvchi moddalar hajmi hududlar kesimida solishtirildi, shuningdek quyosh va shamol elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi dinamikasi baholandi. Natijalar emissiyalar darajasi yillar bo‘yicha o‘zgaruvchanligini va ayrim hududlarda yuqori konsentratsiyani ko‘rsatadi; qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqarishida esa 2024 yilda keskin o‘sish qayd etiladi. Ushbu kuzatuvlar ekologik innovatsiyalarni rag‘batlantirishda soliq siyosati dizaynini hududiy va tarmoq xususiyatlarini inobatga olgan holda takomillashtirish zarurligini asoslashga xizmat qiladi.
Ushbu maqolada hududlarning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishda moliya-kredit vositalarining, xususan, tijorat banklari investitsion kreditlari va fiskal preferensiyalarning ta’sirchanligini baholash hamda ushbu mexanizmlarni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqishdan iborat. Ishda hududiy iqtisodiy o‘sishni moliyalashtirishdagi tizimli muammolar aniqlanib, markazlashgan resurslar taqsimotini hududlar ixtisoslashuviga moslashtirish zarurati asoslangan.
Maqolada O‘zbekiston iqtisodiyotida kichik biznes va ishbilarmonlik faoliyatining rivojlanish ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Tahlillar natijasida kichik kadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirishdagi nomutanosiblik, eksport salohiyatining pasayishi, hududiy tafovutlar kabi muammolar qayd etilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Maqola kichik biznesni iqtisodiy siyosatning strategik ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida rivojlantirish zarurligini ilmiy asoslaydi.
Мақолада инфратузилманинг миллий тараққиётдаги ўрни ва аҳамияти назарий ва амалий жиҳатдан таҳлил қилинган. Хусусан, инфратузилма тармоқларини ривожлантиришнинг иқтисодий ўсиш, ҳудудий барқарорлик ва ижтимоий фаровонликка кўрсатаётган таъсири очиб берилган. Шунингдек, инфратузилмага инвестициялар жалб қилиш, давлат-хусусий шериклик асосида молиялаштириш ҳамда рақамлаштириш жараёнларининг миллий тараққиёт стратегиясидаги ўрни илмий асосланган. Хулоса қилиб, миллий тараққиётнинг барқарор ва самарали йўналишларини таъминлашда инфратузилмани инновацион асосда ривожлантириш муҳим омил экани таъкидланган.
Ushbu maqola mintaqada innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari, unda oliy ta’lim muassasalarining ta’siri, tahlili haqida ma’lumotlar keltirilgan. Oliy ta’lim muassasalarining innovatsion faoliyati, ularga turli yondashuvlar, innovatsion faoliyatni moliyalashtirish ko’rsatkichlari tahlil etilgan. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarini innovatsion rivojlanish tamoyillari va shartlari tadqiq etilgan. Ta’lim, fan va biznes o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yanada kengaytirish,oliy ta’lim muassasalarining innovatsion ishlanmalari va ilmiy tadqiqotlari natijalarini tijoratlashtirish bo‘yicha ilmiy xulosa va tavsiyalar ishlab chiqilgan.