Maqolada Oʻzbekiston sharoitida sport tashkilotlarining tadbirkorlik faoliyatini boshqarish samaradorligini oshirishning dolzarb muammolari koʻrib chiqiladi. Daromadlarni shakllantirish, xarajatlarni nazorat qilish va sport tashkilotining umumiy moliyaviy barqarorligini oshirish jarayonlarini optimallashtirishga qaratilgan iqtisodiy mexanizm taklif etilgan. Mexanizm moliyaviy-iqtisodiy, marketing, tashkiliy-boshqaruv va nazorat-tahlil bloklarini oʻz ichiga oladi. Taklif etilayotgan mexanizmning samaradorligi “Lokomotiv” futbol klubi misolida koʻrsatilgan, uning asosiy daromad manbalari va xarajatlar yoʻnalishlari tahlil qilingan, shuningdek, natijadorlikni baholash uchun maqsadli koʻrsatkichlar taklif etilgan.
Maqolada tashkilotlarda investitsiyalarni jalb qilish yo‘nalishlari, bu borada qonunchilikda yaratilgan imkoniyatlar, investitsiyalardan samarali foydalanish usullari va bu borada xorijiy va mahalliy olimlarning ilmiy-nazariy qarashlari, mualliflik ta’rifi, shu bilan birga investitsiyalarni boshqarishda moliyaviy usullarning ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tilgan.
Ushbu maqolada mahalla institutlarining bandlikni ta’minlashdagi amaliy roli, mavjud tashkiliy va institutsional mexanizmlarning samaradorligi hamda ularni takomillashtirish zarurati ilmiy asosda tahlil qilinadi. Mahalla kesimida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari mahalla faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari orasida bandlik masalasining yetarli darajada markazlashmaganini va ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan tashabbuslarning tizimlashtirilmaganligini ko‘rsatdi. Tadqiqot doirasida mahalla institutlarining diagnostika, kasbga tayyorlash, o‘z-o‘zini band qilish tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, moliyaviy resurslarni safarbar qilish va monitoring kabi funksiyalarni integratsiyalashgan tizim sifatida shakllantirish bo‘yicha institutsional-tashkiliy mexanizm ishlab chiqildi. Taklif etilgan mexanizm mahalla boshqaruvining bandlikni ta’minlashdagi salohiyatini kuchaytirishga, uy xo‘jaligi bizneslarini rivojlantirishga hamda hududiy mehnat bozorini jonlantirishga xizmat qiladi.
Maqolada yashil obligatsiyalar va ularning bir turi bo‘lgan yashil ipoteka obligatsiyalarining jahon moliya bozoridagi o‘rni hamda O‘zbekiston sharoitida qo‘llash imkoniyatlari tahlil qilinadi. Yashil obligatsiyalar investorlar mablag‘larini ekologik barqaror loyihalarga yo‘naltirish imkonini beruvchi muhim moliyaviy instrument sifatida tobora keng qo‘llanilmoqda. Xususan, AQShda yirik agentliklar tomonidan emissiya qilinayotgan yashil ipoteka obligatsiyalari energiya samarador uy-joy bozorini moliyalashtirishda yetakchi rol o‘ynaydi. Yevropa, Kanada va Avstraliya davlatlari tajribasi ham bu instrumentning xalqaro miqyosda barqaror rivojlanayotganini ko‘rsatadi. O‘zbekistonda esa yashil ipoteka bozori endigina shakllanib, milliy strategiyalar, xalqaro moliya institutlari ko‘magidagi pilot loyihalar hamda tijorat banklari mahsulotlari orqali bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Maqolada keltirilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, yashil ipoteka obligatsiyalari nafaqat moliyaviy daromad manbai, balki iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va barqaror iqtisodiyotga o‘tishda muhim mexanizm hisoblanadi.
Maqolada to'lov qobiliyati, "soglomlashtirish" atamasining ma'nosi muhokama qilinadi. Innovatsion iqtisodiy rivojlanish sharoitida korxonalarning to'lov qobiliyatini takomillashtirish va yaxshilash jarayonining xususiyatlari, to'lov qobiliyati va naqd pul likvidligining xarakterli xususiyatlari hamda ularning barqarorligiga ta'sir etuvchi omillarning oldini olish va likvid to'lovlar aylanmasini tezlashtirish yoritilgan.