• Ro‘yxatdan o‘tish
  • Kirish
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil
  • Joriy nashr
  • Arxivlar
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Maxfiylik bayonoti
    • Aloqa
    • Talablar
    • Taqriz
    • To‘lov
    • Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar
    • Nashrlar
  1. Uy
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

Natijalar topildi: {$count}.
O‘ZBEKISTON VA XORIJIY MAMLAKATLARDA MEHNAT BOZORINI MAKROIQTISODIY TARTIBGA SOLISHNING FAOL SIYOSATI INSTRUMENTLARI
Sitora Amirjanova

Maqolada O‘zbekistonda mehnat bozorining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari, shuningdek, aholini ish bilan ta’minlash xizmatlari, kasbiy tayyorlash va qayta tayyorlash, yoshlarni ish bilan ta’minlash, ishsizlarga nafaqa to‘lash va boshqa yo‘nalishlardagi tendensiyalar tahlil qilingan. Ishda mehnat bozorini makroiqtisodiy tartibga solish modellari va instrumentlari, shuningdek ayrim xorijiy mamlakatlarda faol mehnat bozori choralarini qo‘llash tajribasi ko‘rib chiqilgan. Xorijiy manbalar sharhi asosida faol makroiqtisodiy siyosatning bandlikka ta’siri yoritilgan.

02/27/2026
  • PDF (Russian)
45-55 58 24
RAQAMLI MEHNAT BOZORI VA INSON KAPITALI
Asilbek Abdurahmonov , Azizbek Tursinbayev

Mazkur maqolada platforma iqtisodiyoti sharoitida shakllanayotgan raqamli mehnat bozori va inson kapitali o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik nazariy va konseptual jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda raqamli platformalar orqali tashkil etilayotgan mehnat munosabatlarining institutsional xususiyatlari, algoritmik boshqaruv mexanizmlari hamda inson kapitalidan foydalanishning yangi shakllari yoritilgan. Muallif raqamli mehnat bozorini an’anaviy mehnat munosabatlaridan tubdan farq qiluvchi mustaqil iqtisodiy institut sifatida talqin qilib, “cloud work”, “crowd work” va “gig work” segmentlari doirasida mehnatning fragmentatsiyalashuvi jarayonini asoslab beradi. Maqolada inson kapitalining raqamli iqtisodiyot sharoitida klassik ishlab chiqarish omilidan ma’lumot ishlab chiqaruvchi va platforma qiymatini oshiruvchi resursga aylanishi ko‘rsatib berilgan.

02/27/2026
  • PDF
16-23 73 62
MEHNAT BOZORIGA OLIY TA’LIM MUASSASALARI TOMONIDAN BITIRUVCHILARNI TAYYORLASHNI TARTIBGA SOLISHNING NAZARIY ASOSLARI
Sherzod Saloxitdinov

Mazkur maqolada mehnat bozoriga oliy ta’lim muassasalari tomonidan bitiruvchilarni tayyorlash jarayonini tartibga solishning institutsional asoslari tahlil qilinadi. Oliy ta’lim tizimi va mehnat bozori o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni ta’minlash, talabalarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish hamda ularni ish bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan mexanizmlarni rivojlantirish masalalari yoritiladi. Maqolada ta’lim dasturlari va mehnat bozori talablarining uyg‘unligi, davlat va xususiy sektorning hamkorlikda ishtiroki, hamda innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish zarurati o‘rganiladi.

11/29/2024
  • PDF
282-288 86 38
MEHNAT BOZORINI SHAKLLANTIRISHNING HUDUDIY MANBALARI TAHLILI
Farrux Jo‘rayev, G‘ayrat Aralov

Maqolada mehnat bozorini shakllantirish manbalari sifatida aholi soni, hususan, iqtisodiy faol aholi sonining o‘sish sur’ati va ulushi, bandlik va ishsizlik darajasi, shahar va qishloq aholisining nisbat o‘zgarishi kabi ko‘rsatkichlar hududiy jihatdan tadqiq qilingan. Mazkur ko‘rsatkichlar tendensiyasida hududiy o‘xshashlik va farqli holatlar tahlili o‘tkazilgan. Hudud aholisining mamlakat aholisi tarkibidagi ulushi tendensiyasi tahlillariga tayanilgan holda, bu ijtimiy jarayonni mehnat resusrslarini shakllantirish va mehnat bozorini optimallashtirish bilan bog‘liq iqtisodiy jarayon uchun muxim omil ekanligi asoslangan. Oxirgi yillarda shahar va qishloq aholisining nisbat o‘zgarishi iqtisodiy faol aholi nisbiy ko‘rsatkichlarining hududiy tafovutini yuzaga chiqaruvchi omil sifatida baholangan. Mehnat bozorini shakllantirish manbalari hududiy jihatdan bir xil davrlar oralig‘ida o‘zgarish tendensiyasini hosil qilishi ochib berilgan. Hududlarda ishsizlik darajalarining sakrash nuqtalari iqtisodiy faol aholi sonining o‘sish suratidagi kuchli tebranish bilan bog‘liqligi tushuntirilgan. Ishsizlik darajalarining ortib borishi iqtisodiy faol aholi sonining o‘sishi bilan kollinear tendensiya hosil qilmasligi asoslangan.

03/30/2024
  • PDF
39-48 170 105
O‘ZBEKISTONDA MEHNAT BOZORINI RIVOJLANTIRISH ORQALI AHOLINI ISH BILAN BANDLIGINI TA‘MINLASH YO‘LLARI
Berdimurod Bozorov, Baxtiyor Tuxliev

Ish bilan bandligini ta’minlanishi ijtimoiy – iqtisodiy hodisa sifatida namoyon bo‘lar ekan qonun hujjatlariga zid kelmaydigan o‘z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlprini qondirish bilan bog‘liq holatlar xorijiy iqtisodchi olimlar tajribalari o‘rganilib, mamlakatimizda aholi ish bilan bandligini ta’minlashda mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soni hududlar bo‘yicha taxlillar olib borish naktijasida ishsizlikni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy – uslubiy tavfsiyalar keltirilgan.

09/30/2024
  • PDF
69-77 157 71
SILIKON VODIYSIDA INNOVATSION STARTAP EKOTIZIMINING INVESTITSION, DEMOGRAFIK VA TEXNOLOGIK OMILLAR ASOSIDA IQTISODIY-STATISTIK TAHLILI
Shokhruh Fazliddinov

Ushbu maqolada AQShning Silikon vodiysida shakllangan innovatsion startap ekotizimi iqtisodiy va statistik yondashuvlar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda startaplar rivojlanish bosqichlari, venchur kapital dinamikasi, mehnat bozori o‘zgarishlari, demografik ko‘rsatkichlar hamda texnologik faollikning mehnat bozori, migratsiya oqimlari, patentlash sur’atlari va investitsiya hajmlari bilan o‘zaro bog‘liqligi ko‘rib chiqiladi. 2020–2023 yillar davomida Silikon vodiysidagi startaplar soni dinamikasi, AI startaplar ulushi, yangi tashkil etilgan texnologik kompaniyalar, venchur kapital taqsimoti hamda gender tarkibi bo‘yicha statistik tendensiyalar tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari Silikon vodiysida iqtisodiy va demografik diversifikatsiya, investitsiya imkoniyatlari hamda inson resurslari salohiyati ekotizimning barqaror o‘sishi uchun strategik ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi. Mazkur tajriba O‘zbekistonda startaplarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan milliy siyosat va institutsional mexanizmlarni takomillashtirishda amaliy ahamiyatga ega.

01/30/2026
  • PDF
70-77 49 35
O‘ZBEKISTON AHOLI SONIGA TASHQI MEHNAT MIGRATSIYASINING TA’SIRINI BAHOLASH
Malika Akbarova , Kamoliddin Gulmurodov

Ushbu maqolada O‘zbekiston aholi soni dinamikasiga tashqi mehnat migratsiyasining demografik ta’siri tahlil qilinadi. Migratsiya oqibatida yuzaga kelayotgan hududiy nomutanosiblik, tug‘ilish ko‘rsatkichlari oshishi, mehnatga layoqatli aholi qatlamining ortishi kabi omillar statistik usullar asosida o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari migratsiya jarayonlarining uzoq muddatli demografik oqibatlarini aniqlashga va tegishli siyosiy qarorlarni ishlab chiqishga ilmiy asos yaratadi. Maqola nazariy hamda amaliy jihatdan dolzarb bo‘lib, demografik siyosatni takomillashtirishga xizmat qiladi.

05/30/2025
  • PDF
33-39 155 76
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISHDA KELAJAK TARMOQLARINING OʻRNI
Adil Bayev

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha strategiya va dasturlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning maqsadi hududlarda aholi turmush darajasi va sifatini oshirishdan iborat. Mazkur maqola O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirishda raqamli texnologiyalarni samarali ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlanadi. Ushbu tadqiqotni amalga oshirish uchun “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi (2024) qabul qilindi. Tahlil natijalari raqamli texnologiyalar kambag‘allikni qisqartirishda ijobiy ta’sir etishini ko‘rsatdi. Tadqiqot yakunida raqamli texnologiyalarni kambag‘allikni qisqartirishga ta’sirini oshirish modeli taklif etildi. Shuningdek, maqolada inson resurslarini rivojlantirish, mehnat bozorini isloh qilish, bandlikning zamonaviy shakllaridan foydalanish, xalqaro standartlar asosida munosib mehnat standartlarini keng joriy etish orqali kambag‘allikni qisqartirishda davlat xizmatlari sifatini oshirish masalalari ko‘rib chiqiladi

11/29/2024
  • PDF
99-104 195 56
AHOLI BANDLIGINI MEHNAT BOZORI O‘ZGARISHLARIGA TA’SIRINI STATISTIK O‘RGANISH
Abbos Ayubjonov

Ushbu maqolada aholi bandligi tushunchasi va iqtisodiy faoliyat kategoriyalarda tarkibiy o‘zgarishlar o‘rganib chiqilgan, hududlar bo‘yicha rasmiy va norasmiy sektorlarda band aholining ko‘rsatkichlari tahlil etilgan va ishsizlikka olib keladigan omillarni bartaraf etish borasida tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Bu omillar yig‘indisining band aholi tuzilmasi va tarkibiga ta’siri insonning mehnatga qobiliyati va uning ishlab chiqarish jarayonidagi faol ishtiroki oqibati hosili bo‘lib, mutaxassisligi va kasbi bilan belgilanadi.

05/30/2025
  • PDF
47-55 204 73
O‘ZBEKISTONDA INSON KAPITALINI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI
Abduvali Isadjanov , Munisaxon Tohirova

Ushbu maqola O’zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish jarayonida ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etishning nazariy va amaliy asoslarini tahlil qiladi. Jahon miqyosidagi islohotlar, O‘zbekistonning ichki muammolari va ularni hal etish yuzasidan davlat siyosati tahlil qilinadi. Inson kapitaliga ta’sir etuvchi omillar ta’lim, salomatlik, mehnat bozori, innovatsiya va institutsional rivojlanish bo‘yicha guruhlarga ajratilib, iqtiboslar bilan yoritiladi. Metodologiyada Inson Kapitali Indeksi (IKI) va Inson Taraqqiyoti Indeksi (ITI)ni hisoblash usullari, xalqaro va milliy ma’lumotlar bazalari tasvirlanadi. Natija va tahlil qismida O‘zbekistonning IKI va ITI ko‘rsatkichlari xorijiy davlatlar bilan solishtiriladi. Muhokama bo‘limida xorijiy tajribalarni O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish yo‘llari beriladi.

01/30/2026
  • PDF (English)
78-85 85 30
MASOFAVIY TA’LIM VA ISH BILAN BANDLIK O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIK: MACHINE LEARNING VA LOGIT/PROBIT MODELLARI ASOSIDA TAHLIL
Makhbuba Muminova , Muslimabegim Qodirova

Ushbu tadqiqot masofaviy ta’limda ishtirok etishning bandlik natijalariga ta’sirini o’rganish uchun 8542 nafar so’rovnoma ishtirokchilariga qo‘llanilgan logit va probit regressiya modellari bilan birgalikda mashina o‘rganish algoritmlaridan foydalanadi. Bizning tadqiqotimizga ko‘ra, masofaviy o‘qitish dasturlari ishtirokchilari ish topa olmaydiganlarga qaraganda 23,7% ko‘proq ish topish imkoniyatiga ega; bu ta’sir o‘zlashtirilgan texnik ko‘nikmalar va moslashuvchan ish jadvallari orqali amalga oshiriladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, masofaviy o‘qitish mehnat bozori integratsiyasining asosiy yo‘li bo‘lib xizmat qiladi, ayniqsa, kam ta’minlangan guruhlar uchun ishchi kuchini rivojlantirish rejalari va ta’lim siyosati uchun sezilarli oqibatlarga olib keladi.

12/29/2025
  • PDF
179-185 52 42
OLIY TА’LIM XIZMАTLАRINI RIVOJLАNTIRISHNING АHАMIYATI VА ZАRURАTI
Shaxlo Ruziyeva

Mazkur maqolada oliy ta’lim tizimining mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri, uning strategik ahamiyati, iqtisodiy o‘sish va innovatsion rivojlanishdagi o‘rni nazariy jihatdan yoritilgan. Shuningdek, oliy ta’limni rivojlantirishdagi muammolar va qiyinchiliklar, jumladan, ta’lim sifati, moliyalashtirish masalalari, mehnat bozori bilan uzviy bog‘liqlik, ilmiy maqola salohiyatining yetarli emasligi kabi omillar tahlil qilingan. Maqolada muallif tomonidan oliy ta’lim tizimini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

02/27/2025
  • PDF
120-125 68 53
AHOLI ICHKI MIGRATSIYASINING MEHNAT BOZORIGA TA’SIRINI STATISTIK O‘RGANISH
Mirislom Mirolimov

So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy modernizatsiya, urbanizatsiya jarayonlari hamda hududlararo ijtimoiy-iqtisodiy tafovutlarning mavjudligi ichki migratsiya masalasini yanada dolzarb qilib qo‘ymoqda. Aholining bir hududdan ikkinchi hududga ko‘chib o‘tishi, odatda, mehnat resurslarining hududiy taqsimlanishida sezilarli o‘zgarishlarga olib keladi. Ayniqsa, qishloq joylardan shaharlarga, iqtisodiy faol hududlardan markaziy shaharlarga bo‘layotgan migratsion oqim mehnat bozori tarkibiga va bandlik ko‘rsatkichlariga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda.

03/31/2026
  • PDF
169-176 28 16
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASHDA KASBIY TAYYORGARLIK TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
Muxtabar Nurmuxamidova

O‘zbekistonda xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni kasbga yo‘naltirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Xotin-qizlarning kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish, ularning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini yaxshilash gender tengsizligiga barham berishda muhim o‘rin tutadi. Shundan kelib chiqqan holda, mazkur maqolada xotin-qizlar bandligini ta’minlashda kasbiy tayyorgarlik tizimi masalalariga e’tibor qaratilgan.

03/31/2026
  • PDF
186-195 22 13
KASBIY TAYYORGARLIK TIZIMI VA UNING XOTIN-QIZLARNI ISH BILAN TA’MINLASHGA TA’SIRI
Muxtabar Nurmuxammidova

O‘zbekistonda xotin-qizlar bandligini ta'minlash, ularni kasbga yo‘naltirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Xotin-qizlarning kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish, ularning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini yaxshilash gender tengsizligiga barham berishda muhim o‘rin tutadi. Shundan kelib chiqqan holda, mazkur maqolada xotin-qizlar bandligini ta’minlashda kasbiy tayyorgarlik tizimi masalalariga e’tibor qaratilgan

08/30/2024
  • PDF
89-101 90 44
HUDUDLARDA AHOLI ISH BILAN BANDLIGINI TA’MINLASHNING IQTISODIY KO‘RSATKICHLARI
Berdimurod Bozorov , Nodira Ulug‘muradova

Maqolada hududlarda aholi ish bilan bandligini ta’minlashning iqtisodiy ko‘rsatkichlari tahlil qilingan va o‘rganib chiqilgan. Asosiy e’tibor tumanlar kesimida aholining o‘sish darajasi va bandlikka ko‘maklashish markazlariga murojaatlar o‘rganib chiqilgan.

05/30/2025
  • PDF
64-70 96 54
INNOVATSION IQTISODIYOT SHAROITIDA AHOLI ISH BILAN BANDLIGINING YANGI SHAKLLARI VA TURLARINI TASHKIL ETISH
Gulandom Umаrоvа

Mazkur maqolada innovatsiyalarni iqtisodiyotda qoʻllashning xorij va oʻzbek olimlari talqinlari tahlil qilingan. Innovatsion iqtisodiyot xususiyatlari, davlatlar milliy iqtisodiyotining innovatsionlik darajasini aniqlash koʻrsatkichlari, innovatsiyalar, iqtisodiy oʻsish va bandlik oʻrtasida yuqori darajadagi izchil bogʻlanish yoritilgan. Axborot kommunikatsion texnologiyalarining rivojlanishi bilan bogʻliq ish bilan bandlikning innovatsion shakllari kengayishi jumladan, Ye-bandlikning rivojlanishi, virtual ish joylari, frilansing kabi bandlik turlari haqida maʼlumotlar berilgan. Anʼanaviy va virtual ish joylarining xususiyatlari aniqlanib, qiyosiy tahlil qilingan.

08/30/2024
  • PDF
163-169 360 68
QASHQADARYO VILOYATI HUDUDIDA ISHSIZLIKNING KELIB CHIQISH SABABLARI, JAMIYATGA TA’SIRI, YECHIMLARI VA MINTAQADA ISHSIZLIK DARAJASINING PROGNOZ KO‘RSATGICHLARI
Javohir G‘afforov

Ushbu keng qamrovli maqolada O‘zbekistondagi ishsizlik vaziyatiga alohida e’tibor qaratilgan holatda muhokama qilinadi. Maqolada ishsizlikning iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari, uning sabablari hamda shaxs va jamiyatga ta'siri o'rganiladi. Unda statistik ma’lumotlar asosida O‘zbekistondagi ishsizlik darajasining chuqur tahlili va kelajakdagi tendensiyalarning prognozi taqdim etilgan. Bundan tashqari, maqolada strategik rejalashtirish va aralashuv zarurligiga oydinlik kiritib, muammoni hal qilish uchun bir qator profilaktika choralarni ham taklif qiladi. Maqolada mavzuning yaxlit ko‘rinishini taklif qiluvchi miqdoriy va sifat tadqiqot usullarining kombinatsiyasini ifodalaydi

05/31/2024
  • PDF
89-96 173 75
TOG‘LI HUDUDLARDA GREK YONG‘OG‘I YETISHTIRISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING ILMIY-USLUBIY ASOSLARI
Abror Inobatov

Mazkur maqolada respublikada yong‘oq biznesini rivojlantirish ushbu jarayonning huquqiy konsultatsiyasini kengaytirishi imkoniyatlari yoritilgan. O‘zbekiston Osiyo mamlakatlari orasida iqtisodiy salohiyati va imkoniyatlari bilan yetakchi davlatlardan biri hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, qishloq xo‘jaligi sohasining eksport salohiyatini oshirish hamda jahon bozorida munosib va mustahkam o‘rin egallashiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Grek yong‘og‘i yetishtirish, sohani zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantirish, ishlab chiqarishga jahon bozori talablariga javob beradigan mahsulot yetishtirish imkoniyatiga ega bo‘lgan grek yong‘og‘i navlari, tejamkor va raqamli agrotexnologiyalarni joriy qilish mahsulot sifatini yaxshilash va tarmoqda mehnat unumdorligini oshirishni ta’minlaydi.

04/30/2024
  • PDF
71-80 180 92
GENDER ADOLAT INSON KAPITALINI RIVOJLANTIRISHNING INSTITUTSIONAL OMILI SIFATIDA
Sabina Xolbayeva

Tadqiqot xotin-qizlar salohiyatini ro‘yobga chiqarish va O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishidagi gender tengligining roliga bag‘ishlangan. Ayollarning inson kapitalini samarali amalga oshirish nafaqat ta’limda tenglikni, balki ish bilan ta’minlash, bolalarni parvarish qilish infratuzilmasini o‘z ichiga olgan institutsional yordamni ham talab qilishi ko‘rsatilgan. Gender adolati ham ijtimoiy siyosatning maqsadi, ham iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish vositasi bo‘lishi kerak.

03/31/2026
  • PDF (Russian)
284-296 21 11
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VA GERMANIYA FEDERATIV RESPUBLIKASI O‘RTASIDAGI IKKI TOMONLAMA ALOQALARNING JORIY HOLATI VA ISTIQBOLLARI
Farxod Abduraxmonov , Abduqodir Ismoilov

Oʻzbekistonning tashqi iqtisodiy siyosati 2017-yildan buyon savdoni liberallashtirish, diplomatik aloqalarni yaxshilash va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish borasidagi saʼy-harakatlarI tufayli mamlakatimiz global iqtisodiyotda faol ishtirokchiga aylandi. Xususan, iqtisodiy rivojlangan Yevropa Ittifoqi va Germaniya kabi hamkorlar bilan savdo, investitsiya va ijtimoiy sohalarda sezilarli oʻsish kuzatildi. Ushbu maqola Oʻzbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasi bilan olib borgan tashqi iqtisodiy munosabatlar tahlili va savdo-iqtisodiy integratsiyalashuv darajasini tahlil qiladi. Oʻzbekistonning ikki davlat aloqalarni chuqurlashtirish uchun qanday imkoniyatlari borligini oʻrganadi. Yangi imkoniyat va loyihalar haqida batafsil maʼlumot beribgina qolmay, kelajakdagi erishish mumkin boʻlgan natijalarni muhokama qiladi.

06/30/2025
  • PDF
8-16 94 53
1 - 21 from 21

So'rov yuborish

So'rov yuborish

Til

  • English
  • Русский
  • Uzbek

Axborot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Indeksatsiya

 




 









 

               

 

 

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil
 

KONTAKTLAR:

phone(+998) 94 643 30 39

maile-itt@mail.ru

telegram@e_itt_manager

 
NAVIGATSIYA:
Joriy nashr Arxivlar Jurnal haqida Kontaktlar
 
© Copyright 2026 Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer