Mazkur maqolada mehnat bozoriga oliy ta’lim muassasalari tomonidan bitiruvchilarni tayyorlash jarayonini tartibga solishning institutsional asoslari tahlil qilinadi. Oliy ta’lim tizimi va mehnat bozori o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni ta’minlash, talabalarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish hamda ularni ish bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan mexanizmlarni rivojlantirish masalalari yoritiladi. Maqolada ta’lim dasturlari va mehnat bozori talablarining uyg‘unligi, davlat va xususiy sektorning hamkorlikda ishtiroki, hamda innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish zarurati o‘rganiladi.
Maqolada mehnat bozorini shakllantirish manbalari sifatida aholi soni, hususan, iqtisodiy faol aholi sonining o‘sish sur’ati va ulushi, bandlik va ishsizlik darajasi, shahar va qishloq aholisining nisbat o‘zgarishi kabi ko‘rsatkichlar hududiy jihatdan tadqiq qilingan. Mazkur ko‘rsatkichlar tendensiyasida hududiy o‘xshashlik va farqli holatlar tahlili o‘tkazilgan. Hudud aholisining mamlakat aholisi tarkibidagi ulushi tendensiyasi tahlillariga tayanilgan holda, bu ijtimiy jarayonni mehnat resusrslarini shakllantirish va mehnat bozorini optimallashtirish bilan bog‘liq iqtisodiy jarayon uchun muxim omil ekanligi asoslangan. Oxirgi yillarda shahar va qishloq aholisining nisbat o‘zgarishi iqtisodiy faol aholi nisbiy ko‘rsatkichlarining hududiy tafovutini yuzaga chiqaruvchi omil sifatida baholangan. Mehnat bozorini shakllantirish manbalari hududiy jihatdan bir xil davrlar oralig‘ida o‘zgarish tendensiyasini hosil qilishi ochib berilgan. Hududlarda ishsizlik darajalarining sakrash nuqtalari iqtisodiy faol aholi sonining o‘sish suratidagi kuchli tebranish bilan bog‘liqligi tushuntirilgan. Ishsizlik darajalarining ortib borishi iqtisodiy faol aholi sonining o‘sishi bilan kollinear tendensiya hosil qilmasligi asoslangan.
Ish bilan bandligini ta’minlanishi ijtimoiy – iqtisodiy hodisa sifatida namoyon bo‘lar ekan qonun hujjatlariga zid kelmaydigan o‘z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlprini qondirish bilan bog‘liq holatlar xorijiy iqtisodchi olimlar tajribalari o‘rganilib, mamlakatimizda aholi ish bilan bandligini ta’minlashda mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soni hududlar bo‘yicha taxlillar olib borish naktijasida ishsizlikni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy – uslubiy tavfsiyalar keltirilgan.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha strategiya va dasturlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning maqsadi hududlarda aholi turmush darajasi va sifatini oshirishdan iborat. Mazkur maqola O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirishda raqamli texnologiyalarni samarali ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlanadi. Ushbu tadqiqotni amalga oshirish uchun “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi (2024) qabul qilindi. Tahlil natijalari raqamli texnologiyalar kambag‘allikni qisqartirishda ijobiy ta’sir etishini ko‘rsatdi. Tadqiqot yakunida raqamli texnologiyalarni kambag‘allikni qisqartirishga ta’sirini oshirish modeli taklif etildi. Shuningdek, maqolada inson resurslarini rivojlantirish, mehnat bozorini isloh qilish, bandlikning zamonaviy shakllaridan foydalanish, xalqaro standartlar asosida munosib mehnat standartlarini keng joriy etish orqali kambag‘allikni qisqartirishda davlat xizmatlari sifatini oshirish masalalari ko‘rib chiqiladi
Mazkur maqolada oliy ta’lim tizimining mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri, uning strategik ahamiyati, iqtisodiy o‘sish va innovatsion rivojlanishdagi o‘rni nazariy jihatdan yoritilgan. Shuningdek, oliy ta’limni rivojlantirishdagi muammolar va qiyinchiliklar, jumladan, ta’lim sifati, moliyalashtirish masalalari, mehnat bozori bilan uzviy bog‘liqlik, ilmiy maqola salohiyatining yetarli emasligi kabi omillar tahlil qilingan. Maqolada muallif tomonidan oliy ta’lim tizimini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
O‘zbekistonda xotin-qizlar bandligini ta'minlash, ularni kasbga yo‘naltirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Xotin-qizlarning kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish, ularning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini yaxshilash gender tengsizligiga barham berishda muhim o‘rin tutadi. Shundan kelib chiqqan holda, mazkur maqolada xotin-qizlar bandligini ta’minlashda kasbiy tayyorgarlik tizimi masalalariga e’tibor qaratilgan
Ushbu keng qamrovli maqolada O‘zbekistondagi ishsizlik vaziyatiga alohida e’tibor qaratilgan holatda muhokama qilinadi. Maqolada ishsizlikning iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari, uning sabablari hamda shaxs va jamiyatga ta'siri o'rganiladi. Unda statistik ma’lumotlar asosida O‘zbekistondagi ishsizlik darajasining chuqur tahlili va kelajakdagi tendensiyalarning prognozi taqdim etilgan. Bundan tashqari, maqolada strategik rejalashtirish va aralashuv zarurligiga oydinlik kiritib, muammoni hal qilish uchun bir qator profilaktika choralarni ham taklif qiladi. Maqolada mavzuning yaxlit ko‘rinishini taklif qiluvchi miqdoriy va sifat tadqiqot usullarining kombinatsiyasini ifodalaydi
Mazkur maqolada innovatsiyalarni iqtisodiyotda qoʻllashning xorij va oʻzbek olimlari talqinlari tahlil qilingan. Innovatsion iqtisodiyot xususiyatlari, davlatlar milliy iqtisodiyotining innovatsionlik darajasini aniqlash koʻrsatkichlari, innovatsiyalar, iqtisodiy oʻsish va bandlik oʻrtasida yuqori darajadagi izchil bogʻlanish yoritilgan. Axborot kommunikatsion texnologiyalarining rivojlanishi bilan bogʻliq ish bilan bandlikning innovatsion shakllari kengayishi jumladan, Ye-bandlikning rivojlanishi, virtual ish joylari, frilansing kabi bandlik turlari haqida maʼlumotlar berilgan. Anʼanaviy va virtual ish joylarining xususiyatlari aniqlanib, qiyosiy tahlil qilingan.
Mazkur maqolada respublikada yong‘oq biznesini rivojlantirish ushbu jarayonning huquqiy konsultatsiyasini kengaytirishi imkoniyatlari yoritilgan. O‘zbekiston Osiyo mamlakatlari orasida iqtisodiy salohiyati va imkoniyatlari bilan yetakchi davlatlardan biri hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, qishloq xo‘jaligi sohasining eksport salohiyatini oshirish hamda jahon bozorida munosib va mustahkam o‘rin egallashiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Grek yong‘og‘i yetishtirish, sohani zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantirish, ishlab chiqarishga jahon bozori talablariga javob beradigan mahsulot yetishtirish imkoniyatiga ega bo‘lgan grek yong‘og‘i navlari, tejamkor va raqamli agrotexnologiyalarni joriy qilish mahsulot sifatini yaxshilash va tarmoqda mehnat unumdorligini oshirishni ta’minlaydi.