Mazkur maqolada islomiy moliya instrumenti ijara (lizing)ning nazariy asoslari, tashkiliy va boshqaruv tizimi hamda amalda qo’llash tamoyillari haqida ma’lumotlar berilib, shuningdek islomiy va an’anaviy lizingning bir biridan farqli jihatlari yoritib berilgan. Bundan tashqari, O’zbekistonda islom moliyasi, xususan, ijara shartnomasining amaliyoti hamda islom moliyasining ichki va tashqi investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlariga doir masalalar keltirilgan.
Ушбу мақолада ислом молия бозорини тадқиқ қилиш орқали мамлакатимизга исломий инвестиция ҳажмини ошириш масалалари келтирилган. Бунда ислом молия бозори ва унинг сегментлари таҳлил қилиш орқали мамлакатимиз иқтисодиёти учун фойдали назарий хулосалар берилган.
Ushbu maqolada islom moliyasida investitsiyaviy instrumentlar mushoraka va mudorabaning nazariy asoslari, tashkiliy va boshqaruv tizimi hamda amalda qo’llash tamoyillari haqida ma’lumotlar berilib, shuningdek ularning bir biridan farqli jihatlari yoritib berilgan. Bundan tashqari, mazkur shartnomalarni amaliyotga joriy qilish O’zbekistonda ichki va tashqi investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlariga doir masalalar keltirilgan.
Mazkur maqolada alternativ moliya tizimini an’anaviy moliya tizimiga integratsiyalash orqali dualistik moliya tizimida ishlovchi Malaziya, Indoneziya va Bangladesh kabi mamlakatlarning moliya bozori joriy holati tahlili qilinadi. Jumladan, ushbu maqolada asosiy e’tibor Malaziya, Indoneziya va Bangladeshning islomiy va an’anaviy banklarining mamlakat moliya bozoridagi ishtirokining qiyosiy tahliliga qaratilgan bo‘lib, bunda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sektorini moliyalashtirish holati, investitsiyalar jalb qilish va boshqa xizmat ko‘rsatish faoliyati turlarining holati tadqiq etiladi. Ushbu tadqiqotni olib borishda asosan miqdoriy yondashuvdan foydalanilgan.
Ushbu maqolada an’anaviy va islomiy banklar faoliyatining integratsiyasi jarayonlari, ularning global moliya bozoriga ta’siri va ushbu sohadagi imkoniyatlar hamda muammolar o‘rganiladi. Tadqiqotda an’anaviy banklar tarkibida “Islom darchalari”ni tashkil etishning iqtisodiy samaradorligi, moliyaviy barqarorlikni ta’minlashdagi roli va moliya bozorini diversifikatsiya qilish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu integratsiyaning rivojlanayotgan mamlakatlarda bank tizimi barqarorligi va xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdagi ahamiyati empirik va nazariy yondashuvlar asosida yoritiladi. Maqola xalqaro moliyaviy hamkorlik va islomiy moliyaning jahon moliya bozorida o‘rnini mustahkamlash istiqbollarini ochib beradi.
Ushbu maqolada Oʻzbekistonda yashil iqtisodiyotni rivojlantirishda yashil investitsiyalarning roli va ahamiyati tahlil qilingan. Atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan iqtisodiy faoliyatni ragʻbatlantirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish va ekologik toza texnologiyalarni joriy etishda yashil investitsiyalarni joriy qilish imkoniyatlari oʻrganilgan. Shuningdek, Oʻzbekistonda mavjud yashil investitsiya loyihalari oʻrganilib, ularni kengaytirish yoʻlidagi asosiy toʻsiqlar tahlil qilinib, tegishli xulosa va takliflar berilgan.