Ushbu maqolada iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida soliq maʼmuriyatchiligida qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarishning nazariy-metodologik masalalari, shu boʻyicha mahalliy va xorijiy olimlaring fikrlari oʻrganilgan. Shuningdek mavzuga doir olib borilgan tadqiqotlar natijasi boʻyicha Oʻzbekiston soliq tizimida iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida soliq maʼmuriyatchiligida qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblashni takomillashtirishga oid xulosa va takliflar ishlab chiqilgan.
Maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida viloyat tumanlarini klasterlashning biznes asoslari ko‘rib chiqilgan. Raqamlashning iqtisodiy klasterlashga ta’siri tufayli qo‘shma biznes samaradorligini oshirishning mumkin bo‘lgan yo‘nalishlari nazariy jihatdan yoritilgan. Klasterlash doirasida amalga oshiriladigan qo‘shma biznes samaradorligini oshirish uchun barcha mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarning dastlabki to‘plamini yaratish algoritmi bosqichlarga bo‘lib o‘rganilgan. Samarali qo‘shma biznesni qurish uchun qo‘shimcha talablar keltirib o‘tilgan
Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotga o‘tish sharoitida, sanoat tarmoqlariga investitsiyalarni jalb etish istiqbollari va imkoniyatlari, raqamli texnologiyalardan foydalangan holda sanoat tarmoqlarini rivojlantirish, bu borada mahalliy va xorijiy olimlarning ilmiy-nazariy qarashlari, izlanishlari doirasida investitsiyalash istiqbollari, qiyosiy tahlillar amalga oshirildi.
Maqolada yashirin iqtisodiyotni legallashtirishda fiskal siyosat vositalarining metodologik asoslari yoritiladi. Soliq stavkalarini maqbullashtirish, raqamli texnologiyalarni joriy etish va byudjet shaffofligini oshirish orqali norasmiy sektordan rasmiy iqtisodiyotga o‘tish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Xalqaro tajribalar asosida O‘zbekiston sharoitiga mos tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Ushbu maqolada mintaqada raqamli iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish zaruriyati, imkoniyatlari va kelajakda barqaror rivojlantirish istiqbollari yoritilgan.
Dunyoning koʻplab rivojlangan mamlakatlari iqtisodiyotni tartibga solishda fiskal va monetar siyosatdan foydalanishadi. Hozirgi kunda har bir soha va tarmoqlarda raqam-lashtirish tendensiyasi rivojlanib bormoqda va bu holat soha va tarmoqlarning takomillashishiga hamda samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Maqolada iqtisodiyotning asosiy richaglaridan biri bo‘lgan fiskal siyosat va uning turlari hamda vositalari haqida ma’lumotlar keltirilgan bo‘lib, mamlakatlar nima sababdan fiskal siyosatdan foydalanishlari yoritilgan. Shuningdek, fiskal tizimni raqamlashtirishning ahamiyati haqida fikr-mulohazalar keltirilgan
Maqolada raqamli aktivlarning mohiyati va ularning turlari, raqamli texnologiyalarni rivojlantirishdagi roli o‘rganiladi, raqamli aktivlarni muomalaga kiritish bilan bog‘liq asosiy afzalliklar va xavflar tahlil qilinadi, iqtisodiyotni yanada raqamlashtirish sharoitida bank tizimini samarali rivojlantirish bo‘yicha xulosa va takliflar berilgan.
Iqtisodiyot va jamiyatning raqamli transformatsiyasi dinamikasi, raqamli rivojlanishning ko‘p qirraliligi va ko‘rsatkichlarining ko‘pligi, ularning iqtisodiyot tarmoqlari va mamlakat hududlari bo‘yicha sezilarli darajada farqlanishi raqamli rivojlanishni integral baholash usullarini ishlab chiqish zarurligini taqozo etmoqda. Maqolada raqamli iqtisodiyotni shakllantirish qonuniyatlarini o‘rganish asosida raqamli rivojlanish bosqichlari, maqsadli mezonlar hamda iqtisodiyot va jamiyatni raqamlashtirish bosqichlari uchun integral, umumlashtiruvchi va qisman ko‘rsatkichlar tizimi belgilab berildi. Raqamli rivojlanish holatining integral koeffitsienti haqiqiy ko‘rsatkichlarning normallashtirilgan qiymatlari asosida qo‘shimcha model yordamida hisoblanadi. Raqamli rivojlanish potentsialini baholash uchun xususiy ko‘rsatkichlarning potensial qiymatlaridan foydalaniladi.
Iqtisodiy xavfsizlik, «yashil iqtisodiyot»ga o‘tish bilan bog‘liq global o‘zgarishlar sharoitida barqaror rivojlanishning asosiy elementi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida tabiiy resurslarni boshqarishni optimallashtirish, energiya samaradorligini oshirish va innovatsion texnologiyalarni joriy etish zaruratidan kelib chiqib, bu jarayon strategik ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Maqolada «yashil iqtisodiyot»ga o‘tish sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning asosiy muammolari va istiqbollari ko‘rib chiqiladi. Iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish, qonunchilik bazasini takomillashtirish va institutsional mexanizmlarni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Taqdim etilgan chora-tadbirlar barqaror o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratish, ekologik yukni kamaytirish va milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan.
Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, shu qatorda davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Elektron hukumat tizimini takomillashtirish, dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalarining mahalliy bozorini yanada rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan.
Maqolada raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida savdo xizmatlari ko‘rsatishning barcha biznes jarayonlarini raqamlashtirish, mijozlarning yangicha iste’mol xulq-atvori va taomillarini shakllantirishda bozor subyektlarining yangi formatiga asoslangan raqamli o‘zaro munosabatlar muhitini shakllantirish, an’anaviy biznes modelini omnikanalli shaklga o‘zgartirish va yangi raqamli vositalar, texnologiyalar, bilim, malaka va o‘quvlar, resurslar hamda infratuzilmani shakllantirish imkonini beruvchi savdo xizmatlari raqobatbardoshligini oshirishning raqamli biznes-modelini ishlab chiqish taklif qilingan.