• Ro‘yxatdan o‘tish
  • Kirish
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil
  • Joriy nashr
  • Arxivlar
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Maxfiylik bayonoti
    • Aloqa
    • Talablar
    • Taqriz
    • To‘lov
    • Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar
    • Nashrlar
  1. Asosiy sahifaga o'tish
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

##search.searchResults.foundPlural##
АSOSIY KАPITАLGА KIRITILАYOTGАN INVESTITSIYALАR TAHLILI (NAVOIY VILOYATI MISOLIDA)
Tuxtamurat Urakov

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining investitsion faoliyati, o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi hamda ularning statistik tadqiqi, o‘zlashtirilgan investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari, markazlashgan va markazlashmagan investitsiyalar bo‘linishi, moliyalashtirish manbalari bo‘yicha tumanlar kesimida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar, asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning texnologik tarkibi, o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlar, iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar va kreditlar, Navoiy viloyatining investitsion siyosati va uning o‘ziga xos xususiyatlari yoritib berilgan. Navoiy viloyati investitsiya bozorining samarali faoliyati turli subyektlar, investorlar, pudratchilar, buyurtmachilar, loyihalash va tadqiqot tashkilotlarining investitsiya maqsadlari, investitsiya talabi va taklifi, davlat siyosati nuqtai nazardan doimiy va tizimli baholanishi kerak. Shu nuqtai nazardan, investitsiya bozorining mohiyati va faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari, milliy investitsion jarayonlar sharoitida hududning investitsiya siyosati yo‘nalishi bo‘yicha samarali boshqaruv echimlarini ishlab chiqish zarurati muammolarini chuqurroq ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir.

11/28/2025
  • PDF
218-226 108 34
MAMLAKATIMIZDA TURIZM SOHASIGA JALB QILINGAN INVESTITSIYALARNING HOZIRGI HOLATI VA TENDENSIYALARI
Gavhar Gavhar

Ushbu maqola O’zbekistonda turizm sohasiga jalb qilingan investitsiyalarning hozirgi holati va rivojlanish tendensiyalarini tahlil qiladi. Turizmda investitsiyalarning hajmi, manbalari va ularning turizm infratuzilmasini rivojlantirish, xizmatlar sifatini oshirishdagi o‘rni ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, sohadagi ichki va tashqi investitsiyalar, davlat siyosati va iqtisodiy omillarning turizm sektoriga ta’siri kabi jihatlar tadqiq etilgan.

05/30/2025
  • PDF
107-110 171 0
TO‘G‘RIDAN-TO‘G‘RI XORIJIY INVESTITSIYALARNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI VA IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDAGI AHAMIYATI
Nadira Mamatkulova

Mazkur maqolada investitsiyalarning iqtisodiy mazmun-mohiyati, ularning iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning nazariy asoslari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Investitsiya tushunchasining iqtisodiy adabiyotlarda turlicha talqin qilinishi, uning iqtisodiy, moliyaviy va ijtimoiy yondashuvlar asosida izohlanishi yoritilgan. Shuningdek, investitsiyalarning iqtisodiy o‘sishni ta’minlashdagi roli, ishlab chiqarish salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, infratuzilmani rivojlantirish hamda ilmiy-texnik taraqqiyotni jadallashtirishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Maqolada xorijiy investitsiyalar, xususan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning iqtisodiyotga ta’siri va ularning jalb etilish mexanizmlarining nazariy jihatlari ko‘rib chiqilgan.

03/31/2026
  • PDF
153-161 23 13
O‘ZBEKISTONNING SAVDO KELISHUVLARIDA ISHTIROK ETISH SIYOSATI BO‘YICHA TAVSIYALAR
Malika Toshpulatova

Maqolada O‘zbekistonning xalqaro savdo tizimiga integratsiyalashuvi, xususan Jahon savdo tashkilotida ishtirok etish siyosatining iqtisodiy asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqot savdo kelishuvlarining eksport, investitsiyalar va raqobatbardoshlikka ta’sirini ochib beradi. Xalqaro va mintaqaviy tajriba asosida savdo siyosatini shakllantirishda inklyuzivlik, institutsional muvofiqlashtirish va manfaatdor tomonlar ishtirokining ahamiyati yoritiladi. Empirik tahlil 2000–2024-yillar uchun O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston ma’lumotlari asosida panel regressiya modeli orqali amalga oshiriladi. Natijalar JSTga a’zolik YAIM hajmini o‘rtacha 17 foizga oshirishini ko‘rsatadi. Shuningdek, JST a’zoligi investitsiya muhitini yaxshilashi, eksport diversifikatsiyasini kuchaytirishi va institutsional islohotlarni jadallashtirishi aniqlangan. Prognoz tahliliga ko‘ra, 2030-yilga kelib O‘zbekiston YAIMi JSTga a’zo bo‘lish sharoitida 245 mlrd AQSh dollariga yetishi mumkin. Maqolada savdo liberallashuvining ehtimoliy ijtimoiy va tarmoqlararo xatarlariga ham e’tibor qaratilib, muvozanatli savdo siyosati bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi.

12/29/2025
  • PDF
268-277 45 44
O‘ZBEKISTON VA JANUBIY KOREYA MAMLAKATLARINING MEHMONXONA SANOATIDA SOLIQ IMTIYOZLARI VA SUBSIDIYALAR: IQTISODIY SAMARADORLIK TAHLILI
Asilbek Tohirov

Ushbu ilmiy tadqiqot O‘zbekiston va Janubiy Koreya davlatlarining mehmonxona sanoatini rivojlantirishda soliq imtiyozlari va subsidiya siyosatining iqtisodiy samaradorligini qiyosiy tahlil qilishga bag‘ishlangan. Ishda ikki mamlakat tajribasi asosida mehmonxona sektorini moliyaviy rag‘batlantirish usullari, ularning investitsiyaviy jozibadorlikka va hududiy iqtisodiy o‘sishga ta’siri kompleks tarzda o‘rganiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi soliq yengilliklari va davlat subsidiyalari orqali turizm infratuzilmasini mustahkamlash, xususan, mehmonxona tarmog‘i rivojiga ko‘mak beruvchi iqtisodiy instrumentlarning samaradorligini aniqlashdir. Shu bilan birga, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarining amaliy natijalari ham empirik dalillar asosida baholanadi. Tadqiqot davomida O‘zbekiston va Janubiy Koreyada qo‘llanilgan moliyaviy yondashuvlar samaradorligining nisbiy ustunliklari aniqlanadi, Soliq va subsidiya siyosatining hududlararo nomutanosiblikni kamaytirish va turizm salohiyatini oshirishdagi ta’siri baholanadi, O‘zbekiston uchun moslashtirilgan, xalqaro ilg‘or tajribaga asoslangan rag‘batlantirish modeli ishlab chiqiladi. Mazkur tadqiqot iqtisodchi olimlar, tahlilchilar, turizm sohasi bo‘yicha qaror qabul qiluvchilar, investitsiya siyosatini shakllantiruvchi mutasaddilar, shuningdek magistratura darajasidagi tadqiqotchilar uchun amaliy va nazariy jihatdan dolzarb ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot nafaqat mavjud iqtisodiy va institutsional muammolarni yoritadi, balki ularni hal qilish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflarni ham ilgari suradi. Shuning uchun bu ish barqaror turizm siyosatini yaratish yo‘lida ishonchli manba sifatida xizmat qiladi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi, O‘zbekiston va Janubiy Koreya mehmonxona sanoatida soliq imtiyozlari va subsidiyalarni qo‘llash amaliyoti birinchi marta tizimli qiyosiy tahlil qilingan. Mazkur ishda soliq yengilliklarining investitsiya faolligi, hududiy rivojlanish va xizmat sifati kabi mezonlarga ta’siri aniqlangan. Shuningdek, milliy sharoitga moslashtirilgan, iqtisodiy samaradorlikka yo‘naltirilgan rag‘batlantirish modeli ishlab chiqilib, davlat-xususiy sheriklik asosida turizm infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan.

09/29/2025
  • PDF
244-255 70 80
O‘ZBEKISTONGA KIRITILAYOTGAN INVESTITSIYALARNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH ISTIQBOLLARI
Jaloliddin Salohiddinov

Ushbu maqolada Oʻzbekistonga yoʻnaltirilayotgan investitsiyalarning samaradorligini oshirish masalalari tahlil etildi. Investitsiyalarning mamlakat yalpi ichki mahsuloti (YAIM) tarkibidagi oʻrni, ularning iqtisodiy oʻsishga ta’siri va iqtisodiyotni diversifikatsiya qilishdagi ahamiyati koʻrib chiqilgan. Shuningdek, investitsiya muhitini yaxshilash, investitsiya loyihalarini samarali boshqarish va investitsiyalardan olinadigan iqtisodiy natijalarni optimallashtirish boʻyicha istiqbolli yoʻnalishlar taklif etilgan

05/30/2025
  • PDF
171-175 135 47
O'ZBEKISTONDA TO'G'RIDAN-TO'G'RI XORIJIY INVESTITSIYALAR VA CО2 VA IQTISODIY O'SISH O'RASIDAGI BOG’LIQLIK
Musobek Samijonov

Ushbu tadqiqot CО2 emissiyasi, energiya iste'moli, YaIM, YaIM kvadrati va O'zbekistonda 1990 yildan 2022 yilgacha bo'lgan to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar o'rtasidagi bog'liqlikni o'rganadi. Kointegratsiya mavjudligini tasdiqlash uchun avtoregressiv taqsimlangan kechikish (ARDL) modeli qo'llaniladi. bog'liq o'zgaruvchilarning mustaqil o'zgaruvchiga qisqa muddatli va uzoq muddatli ta'sirini o'rganish uchun ishlatiladi va nihoyat, vektor xatolarni tuzatish usuli (VECM) o'zgaruvchilar o'rtasidagi sabab-oqibat munosabatlarini aniqlash uchun ishlatiladi. Bizning tadqiqotimizda energiya iste'moli va to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar koeffitsientlari 10% darajasida sezilarli bo'ldi. YaIM va YaIM2 ahamiyatsiz o'zgaruvchilar ekanligi ko'rsatildi. Energiyadan foydalanish CО2 emissiyasiga foydali ta'sir ko'rsatadi, ammo TTXI salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bundan tashqari, sabab-oqibat tahlili orqali YaIM va YaIM2 CО2 emissiyasiga bilvosita ta'sir ko'rsatishi aniqlandi. Energiya iste'moli va to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar YAIM va YaIM2 ta'sirida bo'lib, keyinchalik to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar CО2 emissiyasi orqali uzatiladi Qayta tiklanadigan energiyani keng miqyosda qo'llashni rag'batlantirish uchun federal hukumat investitsiya siyosati, soliq kreditlari, tartibga solish choralari, davlat siyosati, tadqiqot va ishlanmalar va bozor tendentsiyalarini tezlashtirishi kerak.

05/31/2024
  • PDF (English)
280-292 122 103
ESG TAMOYILLARINING RAQAMLI IQTISODIYOT SIYOSATIGA TA’SIRI
Mehmonali Aliqulov

Maqolada ESG (Atrof-muhit, Ijtimoiy va Boshqaruv) tamoyillarining raqamli iqtisodiyot siyosatiga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida ESG tamoyillarining korporativ boshqaruv, barqarorlik strategiyalari va raqamli transformatsiyaga integratsiyasi o‘rganilgan. Shuningdek, ESG prinsiplari asosida davlat siyosati va biznesning raqamli iqtisodiyotdagi rolini oshirish, investitsiya jozibadorligini kuchaytirish va barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash yo‘llari ko‘rib chiqilgan va mavzu boʻyicha asoslantirilgan xulosa va takliflar ishlab chiqilgan hamda mamlakatimizda qoʻllash boʻyicha tavsiyalar berilgan.

12/29/2025
  • PDF
27-34 62 33
QURILISH MATERIALLARI SANOATI KORXONALARIDA EKOLOGIK INVESTITSIYA XARAJATLARI HISOBINI JORIY ETISH TARTIBI
Komiljon Mirzayev

Ushbu maqolada qurilish materiallari sanoati korxonalarida ekologik investitsiyalarni hisobga olish tizimini takomillashtirish masalasi o‘rganilgan. Amaldagi buxgalteriya schyotlar tizimida ekologik xarajatlar umumiy ishlab chiqarish xarajatlari tarkibida aks ettirilishi ularni nazorat qilish va tahlil qilish imkoniyatlarini cheklashi aniqlangan. Shu munosabat bilan, 8540–“Ekologik investitsiya xarajatlarini moliyalashtirish” schyoti va unga bog‘liq 8541, 8542, 8543 subhisoblarni joriy etish taklif etildi. Tadqiqot davomida xalqaro moliyaviy hisobot standartlari bilan milliy hisob siyosati qiyoslab chiqildi hamda amaliy misollar asosida yangi buxgalteriya modelining samaradorligi asoslab berildi.

11/28/2025
  • PDF
152-157 84 35
MINTAQA IQTISODIYOTINI BARQAROR RIVOJLANTIRISHGA YO‘NALTIRILGAN EKONOMETRIK MODELLASHTIRISH
Farrux Qodirov

Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyati misolida mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishga yo‘naltirilgan ekonometrik modellashtirish metodologiyasi takomillashtiriladi. Tadqiqotda investitsiya, bandlik va yashash darajasi o‘zgarishlari asosiy indikator sifatida olinib, hududiy rivojlanish omillari va ularning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri econometrik usullar yordamida baholandi. Natijalar mintaqa siyosati va barqaror rivojlanish strategiyalarini shakllantirishda amaliy ahamiyatga ega.

09/29/2025
  • PDF
180-186 125 40
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VA GERMANIYA FEDERATIV RESPUBLIKASI O‘RTASIDAGI IKKI TOMONLAMA ALOQALARNING JORIY HOLATI VA ISTIQBOLLARI
Farxod Abduraxmonov , Abduqodir Ismoilov

Oʻzbekistonning tashqi iqtisodiy siyosati 2017-yildan buyon savdoni liberallashtirish, diplomatik aloqalarni yaxshilash va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish borasidagi saʼy-harakatlarI tufayli mamlakatimiz global iqtisodiyotda faol ishtirokchiga aylandi. Xususan, iqtisodiy rivojlangan Yevropa Ittifoqi va Germaniya kabi hamkorlar bilan savdo, investitsiya va ijtimoiy sohalarda sezilarli oʻsish kuzatildi. Ushbu maqola Oʻzbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasi bilan olib borgan tashqi iqtisodiy munosabatlar tahlili va savdo-iqtisodiy integratsiyalashuv darajasini tahlil qiladi. Oʻzbekistonning ikki davlat aloqalarni chuqurlashtirish uchun qanday imkoniyatlari borligini oʻrganadi. Yangi imkoniyat va loyihalar haqida batafsil maʼlumot beribgina qolmay, kelajakdagi erishish mumkin boʻlgan natijalarni muhokama qiladi.

06/30/2025
  • PDF
8-16 92 53
AHOLIGA ALOQA VA AXBOROTLASHTIRISH XIZMATLARI KO‘RSATISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHNING INSTITUTSIONAL VA IQTISODIY ASOSLARI
Feruz Nasrullayev

Mazkur maqolada aholiga aloqa xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish masalasi institutsional va iqtisodiy nuqtayi nazardan tadqiq etiladi. Tadqiqot davomida aloqa xizmatlari bozorining rivojlanishiga ta’sir etuvchi boshqaruv mexanizmlari, tartibga solish instrumentlari hamda xizmatlar samaradorligini belgilovchi omillar nazariy jihatdan asoslab berildi. Empirik tahlil doirasida rasmiy statistika ma’lumotlari asosida xizmatlar qamrovi, foydalanish intensivligi va hududiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik o‘rganildi. Olingan natijalar aloqa xizmatlari tizimining barqaror rivojlanishi samarali institutsional muhit bilan bevosita bog‘liqligini ko‘rsatdi. Maqolada sohani boshqarishda davlat tartibga solish siyosati, investitsiya muvozanati va raqobat sharoitlarini uyg‘unlashtirishga qaratilgan institutsional takomillashtirish modeli taklif etildi. Tadqiqot yakunlari aloqa xizmatlari tizimini rivojlantirish va boshqaruv samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy qarorlar ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

02/27/2026
  • PDF
159-167 41 23
KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNING IQTISODIYOTDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI
Davron Ruzmetov , Murodjon Saidov

Mazkur maqolada kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari  iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyatini ta’minlanlash  va hozirgi yillarda qanchalik muhum ekanligi haqida so‘z boradi. Shuningdek, kichik biznes subyektlarining raqobat muhitini kuchaytirishdagi roli va innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlashdagi imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida kichik biznesni rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosati, imtiyoz va rag‘batlantirish mexanizmlarining samaradorligi ko‘rib chiqilgan.

01/30/2026
  • PDF
162-168 53 25
1 - 13 from 13

So'rov yuborish

So'rov yuborish

Til

  • English
  • Русский
  • Uzbek

Axborot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Indeksatsiya

 




 









 

               

 

 

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil
 

KONTAKTLAR:

phone(+998) 94 643 30 39

maile-itt@mail.ru

telegram@e_itt_manager

 
NAVIGATSIYA:
Joriy nashr Arxivlar Jurnal haqida Kontaktlar
 
© Copyright 2026 Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer