Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning tashkiliy-huquqiy asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilgan huquqiy sharoitlar, davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash choralari hamda ularning iqtisodiy rivojlanishga ta’sirini baholashdan iborat. Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan farmon va qarorlari, davlat dasturlari hamda normativ-huquqiy hujjatlar asosiy manba sifatida o‘rganildi. Mamlakatda qabul qilinayotgan me’yoriy hujjatlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun yanada keng shart-sharoit yaratish, ularning erkin faoliyatini ta’minlash va amalga oshayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish va liberallashtirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar o‘z aksini topgan. Tadqiqot davomida rasmiy statistika ma’lumotlari asosida qishloq xo‘jaligidagi kichik biznesning qishloq hududlarida aholi bandligini ta’minlash, daromadlarni oshirish va iqtisodiyotdagi o‘rni tahlil qilindi. Shu bilan birga, maqolada kichik biznesni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan ayrim muammolar, jumladan moliyaviy resurslarga kirish imkoniyatlarining cheklanganligi, infratuzilma va logistika tizimidagi kamchiliklar ham yoritib beriladi. Tadqiqot yakunida qishloq xo‘jaligida kichik biznesni yanada rivojlantirishga qaratilgan amaliy xulosalar va takliflar beriladi.
Maqolada Oʻzbekiston sharoitida sport tashkilotlarining tadbirkorlik faoliyatini boshqarish samaradorligini oshirishning dolzarb muammolari koʻrib chiqiladi. Daromadlarni shakllantirish, xarajatlarni nazorat qilish va sport tashkilotining umumiy moliyaviy barqarorligini oshirish jarayonlarini optimallashtirishga qaratilgan iqtisodiy mexanizm taklif etilgan. Mexanizm moliyaviy-iqtisodiy, marketing, tashkiliy-boshqaruv va nazorat-tahlil bloklarini oʻz ichiga oladi. Taklif etilayotgan mexanizmning samaradorligi “Lokomotiv” futbol klubi misolida koʻrsatilgan, uning asosiy daromad manbalari va xarajatlar yoʻnalishlari tahlil qilingan, shuningdek, natijadorlikni baholash uchun maqsadli koʻrsatkichlar taklif etilgan.
Maqolada mamlakatimizda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash va ijtimoiy infratuzilmaning rivojlanishi tadqiq qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Barqaror rivojlanishning milliy maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda respublikamizda, shuningdek Sirdaryo viloyatida aholi turmush farovonligini yanada oshirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar asoslangan, muallifning tavsiyalariilgari surilgan
Maqolada soliq ma’muriyatchiligi metodologiyasi har qanday soliq tizimining muhim jihati bo‘lib, uni doimiy ravishda takomillashtirish soliqlarning samarali undirilishi, ularga rioya etilishi va adolatliligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Ushbu мақолада soliq ma'muriyatchiligi metodologiyasida duch keladigan asosiy muammolarni ko'rib chiqadi va takomillashtirish strategiyasini taklif qiladi. Ushbu muammolarni hal qilish uchun soliq ma'muriyatchiligi metodologiyasini takomillashtirish bo'yicha bir qancha strategiyalar taklif etiladi. Mazkur muammolarni hal qilish va taklif qilingan strategiyalarni amalga oshirish orqali soliq ma'muriyatlari ularning samaradorligini oshirishi, ixtiyoriy rioya etilishini rag'batlantirishi va daromadlarni yig'ishni optimallashtirishi mumkin. Soliq ma'muriyatchiligining takomillashtirilgan metodologiyasi iqtisodiy o'sishni va barqaror rivojlanishni qo'llab-quvvatlovchi adolatli va samarali soliq tizimini yaratishga yordam beradi.