O‘ZBEKISTON QISHLOQ XO‘JALIGIDA KICHIK BIZNESNI RIVOJLANTIRISHNING TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLARI
DOI:
https://doi.org/10.60078/2992-877X-2026-vol4-iss3-pp201-207Annotasiya
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning tashkiliy-huquqiy asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilgan huquqiy sharoitlar, davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash choralari hamda ularning iqtisodiy rivojlanishga ta’sirini baholashdan iborat. Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan farmon va qarorlari, davlat dasturlari hamda normativ-huquqiy hujjatlar asosiy manba sifatida o‘rganildi. Mamlakatda qabul qilinayotgan me’yoriy hujjatlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun yanada keng shart-sharoit yaratish, ularning erkin faoliyatini ta’minlash va amalga oshayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish va liberallashtirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar o‘z aksini topgan. Tadqiqot davomida rasmiy statistika ma’lumotlari asosida qishloq xo‘jaligidagi kichik biznesning qishloq hududlarida aholi bandligini ta’minlash, daromadlarni oshirish va iqtisodiyotdagi o‘rni tahlil qilindi. Shu bilan birga, maqolada kichik biznesni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan ayrim muammolar, jumladan moliyaviy resurslarga kirish imkoniyatlarining cheklanganligi, infratuzilma va logistika tizimidagi kamchiliklar ham yoritib beriladi. Tadqiqot yakunida qishloq xo‘jaligida kichik biznesni yanada rivojlantirishga qaratilgan amaliy xulosalar va takliflar beriladi.
Kalit so‘zlar:
kichik biznes qishloq xo‘jaligi xususiy tadbirkorlik ishbilarmonlik muhiti huquqiy asoslar davlat qo‘llab-quvvatlashi bandlik iqtisodiy rivojlanishBibliografik manbalar
Abdulxakimov S.N. (2024) Kichik biznesni rivojlantirishning huquqiy-institutsional asoslari. Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, noyabr, pp. 28–34. Available at: https://www.researchgate.net/publication/387048702
American Farm Bureau Federation (n.d.) Agricultural Exports 101. Available at: https://www.fb.org/market-intel/agricultural-exports-101
Astanaev Q.S. (2024) O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishda asosiy muammolar va ularni yechimi. Ekonomika i sotsium, 12(127)-1, pp. 73–74. Available at: https://cyberleninka.ru/article/n/o-zbekistonda-kichik-va-o-rta-biznesni-rivojlantirishda-asosiy-muammolar-va-ularni-yeshimi
Economic Times (2026) India could reach $100 billion in combined agri, marine, food exports in four years: Eco Survey 2026. Available at: https://economictimes.indiatimes.com/small-biz/trade/exports/insights/india-could-reach-100-billion
European Commission (2025) EU agri-food exports reach record levels of €235.4 billion in 2024. Available at: https://agriculture.ec.europa.eu/media/news/eu-agri-food-exports-reach-record-levels-eu2354-billion-2024-2025-04-08_en
Ishmuratova G.D. (n.d.) Qishloq xo‘jaligida kichik biznes subyektlarini rivojlantirish yo‘llari. Available at: https://scientific-jl.com/mod/article/view/6761/6505
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni (2011) Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida Farmon. Toshkent. Available at: https://lex.uz/acts/-1856013
O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi (2023) Qishloq xo‘jaligida kichik tadbirkorlik (biznes)ning asosiy ko‘rsatkichlari. Rasmiy statistik axborot. Available at: https://stat.uz/uz/matbuot-markazi/qo-mita-yangiliklar/38368
ResearchGate (n.d.) Organisational and economic support for the development of business enterprises in agriculture under martial law. Available at: https://www.researchgate.net/publication/381197551
Trade Intelligence (2025) Brazil Agricultural Exports 2025 & Key Insights. Available at: https://tradeint.com/insights/brazil-agricultural-exports-2025-key-insights
Yuklashlar
Nashr qilingan
Qanday qilib iqtibos keltirish kerak
Nashr
Bo'lim
Litsenziya

Ushbu ish Creative Commons Attribution 4.0 Worldwide.









