Ушбу мақолада кузатилмайдиган иқтисодиёт, уни баҳолаш усуллари, халқаро тавсиялар ва ёндашувлар, кузатилмайдиган иқтисодиётнинг таркибий қисмлари, норасмий иқтисодиёт, яширин иқтисодиёт, ноқонуний иқтисодиёт, уни баҳолаш бўйича мамлакатимизда амалга оширилаётган ишлар, кузатилмайдиган иқтисодиётни баҳолаш мақсадида ўтказилаётган статистик кузатувлар ёритилган ҳамда норасмий иқтисодиётнинг Ўзбекистон ялпи ички маҳсулотдаги улуши таҳлил қилинган.
Maqolada xo’jalik yurituvchi subyektlarda inson kapitali qiymatini baholashning uslubiy asoslari yoritib berilgan. Inson kapitali qiymatini baholash bo‘yicha mavjud metodikalar atroflicha tahlil qilingan. Xarajatlar va daromadlar yondashuvlari bo‘yicha inson kaptalini baholash usullarining yutuq va kamchiliklari, amaliyotda qo’llash istiqbollari ochib berilgan.
Ушбу мақолада Ўзбекистон Республикаси учун устувор бўлган халқаро рейтинг ва индексларни яхшилашда олий таълим тизимининг ўрни ва аҳамияти тўғрисидаги фикр-мулоҳазалар баён этилган.
Ushbu maqola O‘zbekiston yoqilg‘i-energetika sanoati korxonalariga misol tariqasida barqaror rivojlanish samaradorligini baholashning integratsiyalashgan metodologiyasining tashkiliy mexanizmini o‘rganishga bag‘ishlangan. Ishda iqtisodiy, ma’muriy va ijtimoiy-psixologik usullardan iborat boshqaruvning nazariy va amaliy jihatlari ko‘rib chiqilgan. Mualliflar korxonalarning barqarorligini ko‘p sonli ko‘rsatkichlarga asoslangan holda va korxona faoliyatining turli jihatlari hisobga olingan holda tahlil qilishga kompleks yondashuvni taklif etilgan.
Maqolada restoran xizmatlarining iste’mol qimmatdorligini belgilovchi moddiy, funksional va hissiy omillarning naflilik darajasini ekspert usulda baholash taklif qilingan. Naflilik darajasining kutilayotgan va amaldagi qiymati o‘rtasidagi tafovutga ko‘ra qimmatdorlik darajasiga baho berilgan. Restoran turiga bog‘liq holda iste’mol qimmatdorligi omillarining o‘zgarib borishi asoslab berilgan.
Мақола солиқ органлари фаолиятининг баҳоланиш тартиблари, баҳолашнинг асосий мақсадлари, бу борада илмий изланишлар олиб борган олимлар, уларнинг қарашлари, солиқ органлари фаолияти самарадорлигини баҳоловчи кўрсаткичлар уларнинг мазмун-моҳияти, Ўзбекистон Республикаси ва хорижий мамлакатларда солиқ органлари фаолиятининг самарадорлигини баҳоланиши ва уларнинг бугунги кундаги ҳолати ҳақида тушунча беради.
Iqtisodiyot va jamiyatning raqamli transformatsiyasi dinamikasi, raqamli rivojlanishning ko‘p qirraliligi va ko‘rsatkichlarining ko‘pligi, ularning iqtisodiyot tarmoqlari va mamlakat hududlari bo‘yicha sezilarli darajada farqlanishi raqamli rivojlanishni integral baholash usullarini ishlab chiqish zarurligini taqozo etmoqda. Maqolada raqamli iqtisodiyotni shakllantirish qonuniyatlarini o‘rganish asosida raqamli rivojlanish bosqichlari, maqsadli mezonlar hamda iqtisodiyot va jamiyatni raqamlashtirish bosqichlari uchun integral, umumlashtiruvchi va qisman ko‘rsatkichlar tizimi belgilab berildi. Raqamli rivojlanish holatining integral koeffitsienti haqiqiy ko‘rsatkichlarning normallashtirilgan qiymatlari asosida qo‘shimcha model yordamida hisoblanadi. Raqamli rivojlanish potentsialini baholash uchun xususiy ko‘rsatkichlarning potensial qiymatlaridan foydalaniladi.