Mazkur maqola innovatsion iqtisodiyot sharoitida raqamli transformatsiyaning mintaqaviy iqtisodiy tendensiyalarga taʼsirini oʻrganadi. Soʻnggi yillarda chop etilgan tadqiqotlarni sistematik adabiyot tahlili (SLR) orqali tahlil qilish asosida, raqamli texnologiyalar (masalan, sunʼiy intellekt, katta maʼlumotlar va IoT) iqtisodiy oʻsish, innovatsion salohiyat va mintaqaviy nomutanosibliklarga qanday taʼsir qilishi koʻrib chiqilgan. Natijalar shuni koʻrsatadiki, raqamli transformatsiya mintaqaviy iqtisodiy oʻsish va innovatsiyani sezilarli darajada ragʻbatlantiradi, ijobiy toʻkilish effektlari (positive spillover effects) orqali, ammo rivojlanayotgan mintaqalarda ekologik muammolar va tengsizliklarni kuchaytiradi. Xulosada salbiy taʼsirlarni yumshatish va barqaror rivojlanishni taʼminlash uchun integratsiyalashgan siyosatlarga ehtiyoj taʼkidlangan. Takliflar raqamli infratuzilmani rivojlantirish va yashil innovatsiyalarga investitsiya qilishni oʻz ichiga oladi.
Mazkur maqola ekologik innovatsiyalarni moliyalashtirishda soliq instrumentlarining rag‘batlantiruvchi va resurs safarbar qiluvchi salohiyatini tahlil qiladi. Iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit ifloslanishining kuchayishi sharoitida “yashil” texnologiyalarni yaratish hamda amaliyotga joriy etish katta miqdordagi barqaror moliyaviy manbalarni talab etadi. Tadqiqotning maqsadi ekologik innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash va moliyalashtirishda soliq mexanizmlaridan foydalanish bo‘yicha xalqaro yondashuvlar mazmunini umumlashtirish, hamda O‘zbekiston sharoitida ustuvor yo‘nalishlar uchun amaliy takliflarni asoslashdan iborat. Ishda adabiyotlar sharhi bilan bir qatorda 2021-2024 yillar kesimidagi ko‘rsatkichlar asosida deskriptiv tahlil o‘tkazilib, atmosferaga chiqarilgan ifloslantiruvchi moddalar hajmi hududlar kesimida solishtirildi, shuningdek quyosh va shamol elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi dinamikasi baholandi. Natijalar emissiyalar darajasi yillar bo‘yicha o‘zgaruvchanligini va ayrim hududlarda yuqori konsentratsiyani ko‘rsatadi; qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqarishida esa 2024 yilda keskin o‘sish qayd etiladi. Ushbu kuzatuvlar ekologik innovatsiyalarni rag‘batlantirishda soliq siyosati dizaynini hududiy va tarmoq xususiyatlarini inobatga olgan holda takomillashtirish zarurligini asoslashga xizmat qiladi.
Ushbu maqolada mamlakatimizda “Yashil iqtisodiyotni” joriy etish natijalari, mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy, sogʻliqni saqlash, aholi farovonligi koʻrsatkichlarining tahlili, mavzuga oid xorijiy va mahalliy adabiyotlarning sharhi, “Yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish istiqbollari va imkoniyatlari, qayta tiklanmaydigan va qayta tiklanuvchi energiya manbalardan foydalanish samaradorligini oshirish masalalari oʻrganilgan