Ushbu maqolada Fintech texnologiyalari, avtomatlashtirish jarayonlari va inson omilining bank xizmatlari samaradorligiga ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqotda O‘zbekiston tijorat banklari misolida raqamli transformatsiya jarayonlari tahlil qilinib, xorijiy mamlakatlar tajribasi bilan solishtirma tahlil o‘tkazildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, Fintech avtomatlashtirish inson kapitali bilan uyg‘unlashgan holda qo‘llanilganda bank xizmatlari tezligi, aniqligi va mijozlar qoniqishi sezilarli darajada oshadi. Shuningdek, tadqiqotda “inson-texnologiya muvozanat modeli” konsepsiyasi ishlab chiqilib, bank tizimida samaradorlikni ta’minlovchi yangi yondashuv sifatida taklif etildi.
Maqolada qurilish korxonalarida sifat menejmentini baholashda modellashtirish usullaridan foydalanish hamda qurilishda sifat menejmenti mohiyati va uning xususiyatlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Maqolada inson omilining transport tizimlariga ta’siri koʻrib chiqiladi. Inson xatti-harakatlari muhandislik tizimining muvaffaqiyatida hal qiluvchi rol oʻynashi isbotlangan. Shuning uchun loyihalash bosqichida odatiy inson xatti-harakati alohida e’tiborga olinishi muhimdir. Transport tizimlarini loyihalashda inson xatti-harakatlarining bir nechta variantlari taklif etiladi.
Tadqiqot xotin-qizlar salohiyatini ro‘yobga chiqarish va O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishidagi gender tengligining roliga bag‘ishlangan. Ayollarning inson kapitalini samarali amalga oshirish nafaqat ta’limda tenglikni, balki ish bilan ta’minlash, bolalarni parvarish qilish infratuzilmasini o‘z ichiga olgan institutsional yordamni ham talab qilishi ko‘rsatilgan. Gender adolati ham ijtimoiy siyosatning maqsadi, ham iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish vositasi bo‘lishi kerak.
Maqolada inson kapitalini rivojlantirishning kambag‘allikni kamaytirishdagi o‘rni ilmiy asosda yoritilgan. Ta’lim sifati, sog‘liqni saqlash tizimi va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda inson omilining ahamiyati ochib berilgan. Tadqiqot davomida inson kapitaliga yo‘naltirilgan siyosatning samaradorligi asoslab berilib, amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.