Мақолада Ички назорат ва аудитни ташкил этишни қонуний тартибга солишнинг халқаро тажрибаси назарий хиҳатдан ёритилган бўлиб, унда дунё бўйлаб ички назорат ва аудитни ташкил этишнинг меъёрий-ҳуқуқий таъминотини ривожлантириш босқичлари, Сарбейнес-оксли қонунининг ички назоратни ташкил этиш бўйича қоидалари, жумладан: корпоратив жавобгарлик, аудиторларнинг мустақиллиги ва манфаатлар тўқнашуви, молиявий ҳисоботларнинг шаффофлиги, ташкилотлар ва давлат даражасида тартибга солувчи органларни яратиш каби масалалар тадқиқ қилинган. Мақолада шунингдек, Буюк Британияда ички назорат тизимини ўрнатиш ва сақлаш учун жавобгарлик янада кенгроқ кўриб чиқилиши ва директорлар кенгаши фаолиятига қўйиладиган талаблар ёритилган. Бундан ташқари, Европа Иттифоқи мамлакатларида ички назорат ва аудитни тартибга солиш соҳасидаги асосий ҳужжатлар тадқиқ қилинган. Хорижий мамлакатлардан фарқли ўлароқ, миллий қонунчилигимизда ички назорат ва аудитни ташкил этиш учун мавжуд норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар танқиқдий таҳлил қилинган
Ushbu maqola O‘zbekiston ta’lim tizimida, ayniqsa, maktab ta’limida moliyaviy savodxonlik darajasini oshirishning muhim masalalarini ko‘rib chiqish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada Finlandiyaning moliyaviy savodxonlik dasturlari tahlil qilinib, ularni O‘zbekiston hamda boshqa mamlakatlar sharoitlariga moslashtirish yo‘llari o‘rganiladi. Moliyaviy savodxonlik aholining iqtisodiy barqarorligi va farovonligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlagan holda, tadqiqotda davlat va xususiy sektor hamkorligi, ta’lim muassasalarida maxsus kurslar va malaka oshirishlar tashkil etish, shuningdek, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish zarurligi qayd etilgan. Finlandiya tajribalari asosida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar O‘zbekiston maktab ta’limi tizimida moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan amaliy dasturlarni shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Bugungi kunda mamlakatlar pedagoglari e’tiboridagi o‘qitish tajribasi Finlandiya ta’lim tizimida mujassam. Zero, o‘n yildan ortiq vaqt davomida bu davlatdagi 15 yoshli o‘quvchilar PISA xalqaro baholash dasturida muntazam juda yaxshi natijalarni ko‘rsatmoqda.Finlandiyaning muvaffaqiyati o‘qituvchilardir. Yuqori sifatli mashg‘ulot o‘tkazishi uchun ularning maqomi va mustaqilligi ta’minlangan. Ta’lim siyosati maqsadli ravishda tenglikka yo‘naltirilgan. Shuni aytib o‘tish lozimki, Finlandiya joylashuvi va iqlimi uning iqtisodiyotiga o‘z ta’sirini o‘tqazadi. Ushbu maqolamda, Finlandiyaning moliyaviy ta’lim tizimini boshqa mamlakatlarga taqbiq etishni maqsadga muvofiq deb bildim.
Hozirgi sharoitda aksariyat O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida akademik faoliyatning rivojlanishi ular daromadlarining shakllanishida to‘lov-shartnoma asosidagi daromadlarning jami daromadlardagi ulushining yuqori ko‘rsatkichini ta’minlamoqda. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti faoliyatini moliyalashtirishda to‘lov-shartnoma faoliyatidan tushumlar yetakchi rol o‘ynaydi. Bu, o‘z navbatida, faoliyat aspektrini kengaytirish va diversifikatsiya qilish bilan bog‘liq tizimli islohotlarni amalga oshirishni taqozo etadi. Tahlillar, oliy ta’lim muassasalarida moliyaviy rejalashtirish tizimi universitetlar joriy rivojlanishi bilan bog‘liq taktik vazifalarni real holatda to‘liq hisobga olmaydi. Ushbu holat oliy ta’lim muassasalarida moliyaviy rejalashtirish tizimini zamonaviy shart-sharoitlarga asoslangan holda takomillashtirishni va ilg‘or usullarni joriy qilishni taqozo qiladi.
Мақолада олий таълим муассасаларининг халқаро ва маҳаллий рейтингининг замонавий назариялари ва уларнинг ўзига хос жиҳатлари таҳлил этилган. Олий таълим тизимида молиявий бошқарувнинг рейтинг ва рақобатбардошликка таъсирини баҳолашга қаратилган илмий хулосалар шакллантирилган. Тадқиқотлар асосида олий таълим муассасалари рақобатбардошигини оширишга қаратилган илмий таклиф ва тавсиялар ишлаб чиқилган.