Ushbu maqolada baliqchilik xoʻjaliklarida “Qishloq xoʻjaligi” nomli MHXS(IAS) ni qoʻllashning uslubiy jihatlarini asoslash masalalari yoritilgan. Xususan, baliqchilikdagi biologik aktivlarga nisbatan 41-sonli “Qishloq xoʻjaligi” nomli MHXS(IAS) ning umumiy qoidalari asosida ularni tan olishning qoidalari shakllantirilgan; baliqchilikda ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va mahsulotlar tannarxini hisoblashni 41-MHXS(IAS)ga muvofiq takomillashtirish yoʻnalishlari koʻrsatilgan, hamda biologik aktivlar va ulardan olinadigan mahsulotlar turkumlandi. Shuningdek, baliqchilik mahsulotlarini baholash va hisobga olishda xalqaro tajribadan foydalanish MHXS (IAS) talablarini taʼminlash hamda xalqaro hamjamiyatga integratsiyalashuv (uygʻunlashuv)ga imkon berdi.
Бугунги кунда иқтисодиётимизда харажатлар ва таннархни пасайтириш орқали маҳсулот рақобатбардошлигини ошириш муҳим вазифа сифатида қаралмоқда. Шу боисдан, корхона бошқарувида харажатлар ҳисобининг назарий, методологик ва амалий жиҳатлари махсус, мустақил тадқиқот объекти сифатида ўрганиш долзарб ва илмий-амалий аҳамият касб этади. Мазкур мақолада корхона бошқарувида ишлаб чиқариш харажатларининг мазмуни, аҳамияти ҳамда унинг хусусиятлари ва вазифалари очиб берилган
Ushbu maqolada korxonalarda mahsulot tannarxini shakllantirishda qo‘llaniladigan “absorption costing” va “variable costing” tizimlarining nazariy asoslari, amaliy qo‘llanishi hamda ular orasidagi farqlar tahlil qilinadi. Xalqaro tajriba va xorijiy olimlarning qarashlari asosida bu tizimlarning afzallik va cheklovlari yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston korxonalarida bu tizimlarni joriy etishdagi amaliy muammolar va takliflar keltirilgan.
Global iqtisodiyot sharoitida kimyo sanoati tez o‘zgarishlarga yuz tutmoqda. Dunyo kimyo industriyasidagi o‘zgarishlar va tayyor maxsulotlarni tijoratlashtirish bilan bog‘liq muammolar yangicha yondoshuvlarni talab qilmoqda. Tarmoq korxonalarini barqaror rivojlanishi mavjud resurslar va ulardan samarali foydalanishni ta’minlashga doir boshqaruv qarorlariga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Boshqaruv hisobi resurslarni samarali tashkil etish va ulardan foydalanishni ta’minlashning vositasi sifatida boshqaruv hisobi boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonida o‘z o‘rniga ega. Boshqaruv hisobining yetarli darajada tashkil etilmasligi va unda qo‘llaniladigan zamonaviy usullarning foydalanilmasligi ishlab chiqarishni tashkil etish va uning samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Boshqaruv hisobida xarajatlar hisobini tashkil etish va foydalanish samaradorligini ta’minlash ustuvor masalalardan bo‘lib hisoblanadi. Xarajatlarni tashkil etishda boshqaruv hisobining zamonaviy usullaridan foydalanish xarajatlarni zamonaviy usulda tashkil etishni ta’minlaydi. Bugungi kunda boshqaruv hisobida qo‘llanilayotgan zamonaviy usullardan biri ABC costing yoki faoliyatlarga yo‘naltirilgan usul bo‘lib hisoblanadi. Ushbu ilmiy ishda ABC costing usuli va uni qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari tadqiqot obyekti sifatida olindi.