Mazkur maqolada turizmning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga ko‘rsatadigan ta’siri nazariy va empirik tadqiqotlar asosida kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqotda turizmni iqtisodiy o‘sishning muhim drayveri sifatida baholab, uning yalpi ichki mahsulot o‘sishi, bandlikni kengaytirish, xorijiy valyuta tushumlari, infratuzilma rivoji hamda hududiy iqtisodiy faollikka ta’siri ilmiy manbalar asosida yoritiladi. Metodologik jihatdan maqolada adabiyotlar sharhi, qiyosiy tahlil va empirik natijalarni umumlashtirish usullaridan foydalanilgan. Tadqiqot natijalari turizmning iqtisodiy samaradorligi mamlakatlarning institutsional muhiti, infratuzilma rivojlanganlik darajasi va boshqaruv sifatiga bevosita bog‘liq ekanini ko‘rsatadi. Shuningdek, turizmning multiplikativ ta’siri orqali iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida ham qo‘shimcha o‘sish va bandlik yaratilishi asoslab beriladi. Olingan xulosalar turizm siyosatini ilmiy asosda shakllantirish hamda sohani barqaror rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega.
Ushbu maqolada uy xoʻjaligining iqtisodiy hodisa va jarayonlar bilan aloqasi, shuningdek, uning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga taʼsiri koʻrib chiqiladi. Uy xoʻjaliklarining tejash va isteʼmol xatti-harakatlarini tushuntiruvchi hayot sikli nazariyasi (Modigliani) va doimiy daromad gipotezasi (Fridman) kabi asosiy nazariyalar muhokama qilinadi. Jamgʻarma stavkalariga taʼsir etuvchi omillar, jumladan, demografik oʻzgarishlar, iqtisodiy oʻsish, daromadlarning noaniqligi va foiz stavkalari tahlil qilinadi. Uy xoʻjaliklarining moliyaviy qarorlarini shakllantirishda pensiya jamgʻarmalari, meros va davlat siyosatining roliga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Maqolada, shuningdek, fond bozorining faoliyati va uning uy xoʻjaliklari bilan oʻzaro aloqasi, shuningdek, texnologik va ijtimoiy oʻzgarishlarning jamgʻarma stavkalariga taʼsiri masalalari koʻrib chiqiladi. Maqola jamgʻarmalar dinamikasini va ularning iqtisodiy rivojlanishdagi rolini tushunish uchun tarixiy sharoit va zamonaviy iqtisodiy sharoitlarni hisobga olish muhimligini taʼkidlab yakunlanadi.
Ушбу мақолада турли маъмурий даражадаги шаҳарлар ривожланишининг аниқланган муаммоларини ҳисобга олган ҳолда, турли даражадаги шаҳарларга нисбатан урбанизация сиёсатининг махсус чора-тадбирлари таклиф этилган. Булар: агломерацияларни шакллантириш; маъмурий, ўқув, ишлаб чиқариш объектларини шаҳардан ташқарига олиб чиқиш ва бошқарув функцияларини бошқа тузилмаларга ўтказиш; инновацион, илмий ва юқори технологик фаолият турларини, инновацион-технологик кластерларни яратиш; инновацион бошқарув шакллари негизида яқин ҳудудларнинг шаҳарлар билан ўзаро ҳамкорлиги; йўлдош шаҳарларни яратиш; ихтисослашувдан келиб чиққан ҳолда саноат, ижтимоий, транспорт, муҳандислик хизмати ва секторлар функцияларини ривожлантириш; инвестициялар, меҳнат ва ишлаб чиқариш ресурсларини кўчириш механизмларини ишлаб чиқиш каби чора-тадбирларни ўз ичига олади.
Ushbu maqolada O‘zbekistonda turizm sohasini axborotlashtirish jarayonlarining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati tizimli ravishda tahlil qilingan. Tadqiqotda xalqaro tajribalar Janubiy Koreya, Singapur, Estoniya, Ispaniya va Turkiya misolida smart-turizm, e-visa, onlayn bronlash, raqamli marketing va elektron to‘lovlar kabi raqamli yechimlarning turizm rivojiga ta’siri o‘rganildi. Shuningdek, O‘zbekistonning so‘nggi yillardagi raqamli infratuzilmasi, elektron xizmatlar qamrovi, turistlar oqimi va turizm eksporti bo‘yicha o‘sish dinamikasi baholandi. Qiyosiy tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish turizmning samaradorligi, xizmat sifati, bandlik darajasi va iqtisodiy faolligini sezilarli darajada oshirmoqda. Maqola yakunida turizmni yanada raqamlashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Maqolada aholi turmush farovonligining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi oʻrni hamda uning asosiy belgilovchi omillari tahlil qilinadi. Aholi turmush farovonligini yaxshilash boʻyicha davlat siyosatini takomillashtirish boʻyicha tegishli takliflar ishlab chiqilgan.
Maqolada moliyaviy ragʻbatlantirishning xorij tajribasi yordamida sanoat korxonalarining innovatsion faoliyati koʻrib chiqilgan. Mazkur masala boʻyicha turli xil xorij davlatlari tajribasi oʻrganilgan va ularni sanoat korxonalarida foydalanish imkoniyatlari aniqlangan va baholangan. Innovatsion faoliyatni moliyaviy ragʻbatlantirishning xorij tajribasidan foydalanish boʻyicha takliflar ishlab chiqilgan.
Ushbu mаqоlаdа О‘zbеkistоndа ichki turizm fаоliyаtini rivоjlаntirish jаrаyоnidа trаnspоrt infrаtuzilmаsini sаmаrаli bоshqаrishning nаzаriy аsоslаri vа аmаliy mехаnizmlаri tаhlil еtilgаn. Zеrо, ichki turizm nаfаqаt аhоli uchun mаdаniy-mа’rifiy imkоniyаt, bаlki hududiy iqtisоdiy rivоjlаnish, ish о‘rinlаri yаrаtish vа ijtimоiy bаrqаrоrlikkа хizmаt qiluvchi оmil sifаtidа muhim аhаmiyаt kаsb еtаdi. Shuningdеk, trаnspоrt infrаtuzilmаsini klаstеrli rеjаlаshtirish, «turizmgа mоslаshgаn trаnspоrt» kоnsеpsiyаsini jоriy еtish, dаvlаt-хususiy shеriklikni kuchаytirish vа rаqаmli bоshqаruv plаtfоrmаlаrini jоriy qilish bо‘yichа tаklif vа tаvsiyаlаr ishlаb chiqilgаn.