MOLIYAVIY REJALASHTIRISHNING IQTISODIY MAZMUNI

Mualliflar

DOI:

https://doi.org/10.60078/2992-877X-2026-vol4-iss2-pp168-177

Annotasiya

Mazkur maqolada moliyaviy rejalashtirish iqtisodiy boshqaruv tizimining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi yoritilgan. Uning asosiy mazmuni mavjud moliyaviy resurslarni aniq maqsadlarga yo‘naltirish, ulardan samarali foydalanish va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdan iboratdir. Moliyaviy rejalashtirish orqali davlat budjeti, korxona moliyasi va aholi daromadlari o‘zaro uyg‘unlashtiriladi, resurslarni taqsimlashda mutanosiblik saqlanadi hamda ustuvor yo‘nalishlarni rivojlantirish imkoniyati yaratiladi. Moliyaviy rejalashtirishning ijtimoiy ahamiyati aholi turmush darajasi va sifatini oshirish, ijtimoiy sohalarni (ta’lim, sog‘liqni saqlash, infratuzilma va boshqalar) qo‘llab-quvvatlash, qashshoqlikni kamaytirish va bandlikni ta’minlashda namoyon bo‘ladi. Iqtisodiy jihatdan esa, u makroiqtisodiy barqarorlikka, investitsiya muhitini yaxshilashga, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.

Kalit so‘zlar:

moliyaviy rejalashtirish ijtimoiy-iqtisodiy mazmun iqtisodiy barqarorlik davlat budjeti resurslarni taqsimlash investitsiya

Bibliografik manbalar

Бондаренко ва Солтаханов (2017) ‘Необходимость финансового планирования в условиях современной экономики.’ Инновационная наука, № 2-1, С. 164–168.

Вишар (2016) ‘Современные проблемы финансового планирования предприятий системы потребительской кооперации в России.’ Символ науки, № 6, С. 160–163.

Демин, Зинченко ва Черкасов (2016) ‘Особенности финансового планирования производственных процессов на предприятиях машиностроения.’ Вестник университета, № 5, С. 130–132.

Зайцева (2016) ‘Роль финансового планирования в формировании финансовой политики корпорации.’ Политика, экономика и инновации, № 8(10), С. 1–4.

Казмина, Смолянинова ва Щеголева (2016) ‘Символ науки.’ № 4, С. 83–84.

Лаенко (2016) ‘Методы финансового планирования и прогнозирования на предприятиях.’ Вестник Прикамского социального института, С. 52–55.

Нехайчук ва Борисовская (2016) ‘Об организации финансового планирования на промышленном предприятии.’ Символ науки, № 9, С. 117–121.

Янковская (2013) Планирование на предприятии: Учебник. М.: НИЦ ИНФРА-М, 425 c.

Yuklashlar

Nashr qilingan

Qanday qilib iqtibos keltirish kerak

Pardayev , J. (2026). MOLIYAVIY REJALASHTIRISHNING IQTISODIY MAZMUNI. Iqtisodiy Taraqqiyot Va Tahlil, 4(2), 168-177. https://doi.org/10.60078/2992-877X-2026-vol4-iss2-pp168-177