Global iqtisodiyotning tez sur’atlar bilan rivojlanishi energiya, xom ashyo va minerallarga bo‘lgan talabni ortishiga va bu o‘z navbatida qazib olish, qayta ishlash xamda kimyo sanoatining rivojlanishiga olib keldi. Kimyo sanoati raqobatbardoshlikni ta’minlash va uni barqarorligini ta’minlash bugungi kunda tarmoqni rivojlantirish muxim omillaridan biriga aylandi. Korxona raqobatbardoshligi resurslar foydalanish samaradorligini ta’minlashga bevosita bog‘liq. Boshqaruv hisobida korxonalarda qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash, xarajatlarni optimallashtirish kabi usullar yordamida resurslarni tashkil etish va foydalanish samaradorligi ta’minlanadi. Ayniqsa xarajatlarni tashkil etish samaradorligini ta’minlashda, maxsulot tannarxini to‘g‘ri aniqlashda ABC (Activity-Based Costing) usuli samaralidir.