Мақолада ижтимоий тадбиркорликнинг мазмуни, моҳияти ва афзалликлари, унинг инновацияларни ривожлантириш, ишсизликни камайтириш, янги иш ўринлари яратиш, аҳоли турмуш даражасини яхшилаш ва жамиятдаги ижтимоий кескинликни пасайтиришда тутган ўрни ёритилган, шунингдек “ижтимоий тадбиркорлик”, “ижтимоий лойиҳа” ва “ижтимоий корхона” тушунчаларига таъриф берилган. Ижтимоий тадбиркорлик фаолиятини давлат томонидан қўллаб-қувватлашнинг янги шакллари таклиф этилган.
Maqolada ko‘p o‘lchamli kambag‘allik (MPI), uni aniqlash metodikasi, O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi mavjud holati tahlil etilgan. Kelgusida mamlakatda statistik ma’lumotlar, iqtisodiy faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan islohotlar, MPIni joriy etish imkoniyatlari bo‘yicha xulosalar berilgan.
Mazkur maqolada moliyaviy rejalashtirish iqtisodiy boshqaruv tizimining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi yoritilgan. Uning asosiy mazmuni mavjud moliyaviy resurslarni aniq maqsadlarga yo‘naltirish, ulardan samarali foydalanish va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdan iboratdir. Moliyaviy rejalashtirish orqali davlat budjeti, korxona moliyasi va aholi daromadlari o‘zaro uyg‘unlashtiriladi, resurslarni taqsimlashda mutanosiblik saqlanadi hamda ustuvor yo‘nalishlarni rivojlantirish imkoniyati yaratiladi. Moliyaviy rejalashtirishning ijtimoiy ahamiyati aholi turmush darajasi va sifatini oshirish, ijtimoiy sohalarni (ta’lim, sog‘liqni saqlash, infratuzilma va boshqalar) qo‘llab-quvvatlash, qashshoqlikni kamaytirish va bandlikni ta’minlashda namoyon bo‘ladi. Iqtisodiy jihatdan esa, u makroiqtisodiy barqarorlikka, investitsiya muhitini yaxshilashga, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.
Ushbu maqolamizda global va mahalliy iqtisodiy oʻsish, inflyatsiya, ish bilan taʼminlanish, investitsiyalar va boshqa makroiqtisodiy oʻzgarishlar tahlil qilinib, maqola iqtisodchilar tomonidan amalga oshirilgan prognozlar va tahlillarni oʻz ichiga oladi. Shuningdek, iqtisodiy siyosat, jahon savdosi va texnologik yangiliklarning iqtisodiy rivojlanishga qanday taʼsir koʻrsatishi kutilayotganligi ham koʻrib chiqildi. Maqolada iqtisodiy tahlil va global inqirozlar, barqaror oʻsish strategiyalari, ish oʻrinlarini yaratish va iqtisodiy barqarorlikni taʼminlash yoʻllari haqida fikrlar keltirilib oʻtildi. 2025-yil uchun makroiqtisodiy prognozlar davlatlararo hamkorlik, global iqtisodiyotning yangilanishi va yangi texnologiyalarning iqtisodiy taʼsiri haqida soʻz boradi. Bazis yildagi koʻrsatkichlarga nisbatan joriy yilgi koʻrsatkichlar tahlili koʻrilib chiqildi.
Maqolada inson kapitalining mamlakat iqtisodiy rivojlanishiga taʼsiri oʻrganilgan. Inson kapitaliga sarflangan investitsiyalar, taʼlim va sogʻliqni saqlash sohalariga boʻlgan eʼtibor, shuningdek, davlat tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar, aholi daromadini oshirishning ishonchli yoʻli ekanligi koʻrsatib oʻtilgan. Shuningdek, tadqiqotda har bir hududdagi aholi jon boshiga umumiy daromadlarning oʻzgarishi tahlil qilingan. Maqola soʻngida inson kapitalini rivojlantirishning mamlakatda aholi daromadi, ishsizlik, inflyatsiya kabi makroiqtisodiy koʻrsatkichlarga taʼsiri ifodalangan, inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar berilgan.
Iqtisodiy rivojlanishning hozirgi sharoitida kompaniyalarning faoliyat ko‘rsatishi va innovatsion rivojlanishining muhim shartlaridan biri bo‘lib samarali boshqaruv tizimi hisoblanadi. Fаоliyаt yuritаyоtgаn kоmpаniyаlаr bаrqаrоrligi vа rаqоbаtbаrdоshligi ulаrning bоshqаruvigа bevоsitа bоg‘liqdir. Tаshkil etilgаn kоrpоrаtiv bоshqаruv о‘z nаvbаtidа kоmpаniyаning bоzоrdаgi mаvqeyigа, uni mоdernizаtsiyа qilish, rаqаmlаshtirish dаrаjаsigа vа tо‘g‘ridаn-tо‘g‘ri kоmpаniyа xоdimlаrining turmush dаrаjаsigа tа’sir qilаdi.Bugungi kundа kоmpаniyаlаrning bоshqаruv sifаtini bаhоlаshning iqtisоdiy jihаtdаn sаmаrаli vа ilmiy аsоslаngаn usulini, shuningdek, bоshqаruv tizimini tаkоmillаshtirish bо‘yichа tizimli ishlаrni qаndаy tаshkil qilish muhim hisоblаnаdi.