Maqolada logistikaning jahon savdosi va iqtisodiy rivojlanishidagi o‘rni o’rganilgan. Logistika savdoni osonlashtirish, xarajatlarni kamaytirish va iqtisodiy o'sishni rag'batlantirishda muhim rol o'ynaydi. Transport, omborxona, inventarizatsiya va axborot tizimlarini samarali boshqarish orqali logistika ta'minot zanjiri bo'ylab tovarlar, xizmatlar va ma'lumotlarning uzluksiz oqimini ta'minlaydi. Maqolada iqtisodchi olimlarning mavzuga oid adabiyotlari o’rganilib, yakunida xulosa shakllantirilgan.
Amaliyot shuni ko’rsatmoqdaki, davlat moliyasini boshqarish doimiy rivojlanib bormoqda, byudjet muassasalarining tashkiliy-huquqiy shakllari o'zgarmoqda, hamda ularni moliyalashtirish tartibi, tijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash ham rivojlanib borayapti. Bular esa o'z navbatida davlat moliyaviy nazoratini takomillashtirish masalasi dolzarbligini oshirayotganligini guvohi bo’lishimiz mumkin. Ushbu maqolada davlat moliyasi sohasini isloh qilish, budjet mablagʻlarining samarali va oqilona sarflanishini ta’minlash maqsadida davlat moliyaviy nazorati tizimida amalga oshirilayotgan ishlarning joriy holati tahlili keltirilgan.
Ushbu maqolada xalqaro valyuta bozori rivojlanishining jahon moliya arxitekturasiga ta'sirini o'rganib chiqildi. Tadqiqot davomida turli jihatlar, jumladan, xalqaro moliya bozoridan kapital jalb qilishning iqtisodiy mohiyati, nazariy va huquqiy asoslari, kapital jalb etishning hozirgi holati tahlili, adabiyotlar tahlili, tadqiqot loyihasi o‘rganildi. Tadqiqot natijasida xalqaro valyuta bozorining rivojlanishi bilan bog'liq muammolar va imkoniyatlarni yoritib berdi. U yanada samarali va barqaror valyuta bozorini rivojlantirish uchun mustahkam me'yoriy-huquqiy bazalar, bozor shaffofligini oshirish, risklarni boshqarish amaliyotini takomillashtirish va investorlarni himoya qilish choralarini kuchaytirish zarurligini aniqlandi.
Ushbu maqola Oʻzbekiston Respublikasida byudjet tashkilotlari uchun davlat xaridlarini elektron doʻkonlar orqali boshqarishning samaradorligini va iqtisodiy afzalliklarini oʻrganishga qaratilgan. Oʻzbekistonda davlat xaridlari jarayonlarini elektronlashtirishning asosiy maqsadlari – korrupsiyani kamaytirish, byudjet mablagʻlaridan tejamkor foydalanish va xarid jarayonining shaffofligini taʼminlashdir. 2021-yil 22-aprelda OʻRQ-684-sonli qabul qilingan “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi qonun hamda 2024-yil 10-iyuldagi PQ-249-sonli “Davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va unda kichik tadbirkorlik subyektlari ishtirokini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror orqali davlat xaridlarini elektron doʻkonlar yordamida amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratildi va iqtisodiy samaradorlikka erishish yoʻlida katta qadamlar qoʻyildi. Davlat xaridlarida elektron doʻkonlarning qoʻllanishi Oʻzbekiston iqtisodiyotida qanday oʻzgarishlarga olib kelgani haqida batafsil tahlil keltiriladi. Bu jarayonda Indoneziya, Qozogʻiston va Estoniya kabi mamlakatlarning tajribalari, shuningdek, ularning elektron xarid tizimlarining Oʻzbekistondagi davlat xaridlarida qoʻllanilishi oʻrganiladi. Ushbu tadqiqot 2022-2024-yillar davomida elektron doʻkonlar orqali amalga oshirilgan davlat xaridlari natijalari asosida olib borilgan boʻlib, davlat mablagʻlaridan samarali foydalanish va tejash imkoniyatlari bilan bogʻliq muhim maʼlumotlarni ochib beradi.
Maqolada “pul oqimlari” mazmuniga muallifning taʼrifi kiritildi va pul oqimlarining qoʻshimcha sifat koʻrsatkichlari taklif qilindi: intensivlik, likvidlik, muvozanatlilik. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarda pul oqimlarini tahlil qilish metodologiyasining nazariy qoidalari toʻldirildi. Yaʼni, “pul oqimlari” mazmuniga muallifning taʼriflari berildi hamda pul oqimlarining qoʻshimcha sifat koʻrsatkichlari ochiqlandi. Tadqiqot natijasida intensivlik, likvidlik, muvozanatlilik formulalari yordamida pul oqimlarini boshqarish, tahlil qilish tushunchalari takomillashtirildi.