Рақамли иқтисодиёт шароитида меҳнат бозори иш берувчилар ва ўз ишчи кучини таклиф қилувчилар учун ўзининг янги талабларини илгари суради. Бундай талаблардан бири – бу рақамли технологиялардан самарали фойдаланган ҳолда, корхоналарнинг инсон капитали сифатини яхшилаш ҳисобланади. Шундан келиб чиққан ҳолда, мазкур мақолада инсон капиталини рақамли ривожлантириш масалалари баён қилинади.
Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida korporativ boshqaruv tizimining evolyutsiyasi va uning institutsional mazmunidagi o‘zgarishlar ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda raqamli texnologiyalar korporativ boshqaruvning yordamchi vositasi emas, balki uning institutsional yadrosi sifatida shakllanayotgani asoslab berildi. Direktorlar kengashining raqamli strategiya, ma’lumotlar siyosati va raqamli risklarni boshqarishdagi rolining kuchayishi alohida yoritilgan. Shuningdek, davlat ishtirokidagi korxonalarda raqamli korporativ boshqaruvni joriy etish jarayonida yuzaga kelayotgan institutsional, tashkiliy, texnologik va normativ-huquqiy muammolar tizimli ravishda tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, raqamli muhitda korporativ boshqaruvni takomillashtirish boshqaruv qarorlarining shaffofligi, tezkorligi va investitsion jozibadorlikni oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada O‘zbekiston sharoitida davlat ishtirokidagi korxonalar uchun moslashtirilgan raqamli korporativ boshqaruvning mualliflik yondashuvi taklif etilgan.
Ushbu maqolada sirkulyar iqtisodiyotning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan kengaytirilgan ishlab chiqaruvchi mas’uliyati (EPR) konsepsiyasining nazariy asoslari va amaliy ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqotda EPR siyosatining chiqindilarni kamaytirish, resurslardan samarali foydalanish va ekologik barqaror ishlab chiqarishni shakllantirishdagi o‘rni yoritilgan. O‘zbekiston sharoitida ushbu konsepsiyani joriy etish sirkulyar iqtisodiyot modeliga o‘tishda, chiqindilarni qayta ishlash infratuzilmasini rivojlantirishda hamda ishlab chiqaruvchilar ekologik mas’uliyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi asoslab berilgan.
Ushbu ilmiy ishda marketing konsepsiyasining nazariy asoslari, uning shakllanish bosqichlari hamda turizm sohasida qo‘llanilishining amaliy xususiyatlari o‘rganiladi. Marketing konsepsiyasi bugungi kunda nafaqat mahsulot yoki xizmatni sotishga yo‘naltirilgan strategik yondashuv, balki mijoz ehtiyojlariga chuqur e’tibor qaratishga asoslangan boshqaruv falsafasi sifatida qaralmoqda. Tadqiqotda turizmning o‘ziga xos xususiyatlari – mavsumiylik, bevosita mijoz bilan aloqa, xizmat sifatining muhimligi – kontekstida marketing vositalarining o‘rni tahlil qilinadi.
Ушбу тадқиқотнинг мақсади Ўзбекистоннинг саноат сиёсатидаги долзарб муаммоларга бағишланган. Унда нефт-газ саноатида маҳаллийлаштириш ва импортни қисқартириш йўналишида жорий ҳолат (статистика, таҳлил), жараёнлар (амалий ислоҳотлар, қонунчилик), истиқболлар (стратегия, таклифлар) илмий таҳлил қилинган ва таклифлар шакллантирилган. Мақолада “Ўзбекнефтгаз” АЖ мисолида маҳаллийлаштириш ва импортни қисқартиришда мавжуд муаммоли ҳолатлар ва уларнинг ечими бўйича илмий қарашлар баён қилинган.
Ushbu maqola dunyodagi eng qadimgi va eng katta sug‘urta bozori bo‘lgan Lloyd’s of London kompaniyasining global sug‘urta landshaftidagi mavjud muammolar va imkoniyatlarni hal qilishdagi zamonaviy rolini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Unda muassasaning tarixiy evolyutsiyasi, o‘ziga xos biznes modeli hamda iqlim o‘zgarishi va barqarorlik muammolari kabi yuzaga kelayotgan xavflarga moslashish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.
Ushbu maqolada sanoatda raqamli tranformatisiyaning qo‘llanilishi, korxonalarda raqamli transformatsiya jarayonlarini tashkil qilishdagi asosiy masalalar yoritib berilgan. Ushbu tadqiqotning maqsadi statistik tahlil usullari asosida sanoatda raqamli transformatsiya jarayonlarini tashkil qilishdagi asosiy muammolar va imkoniyatlarni aniqlashdan iborat. Maqolani yozish jarayonida taqqoslash, tahlil qilish va sintez qilish usuli, raqamli muhitni rivojlantirish uchun korxonalarning asosiy xarajatlarini monitoring qilish uchun statistik ma'lumotlar kabi ilmiy va amaliy usullardan foydalanildi. Raqamli transformatsiyaning asosiy muammolari tahlil qilindi, raqamli transformatsiyaning bir qator muammolari va to‘siqlari o‘rganildi. Shuningdek, maqolada raqamli transformatsiya jarayonining xorijiy tajribalari, uning iqtisodiyotda tutgan o‘rni, afzallik va kamchiliklari hamda yechimlari haqida fikr mulohazalar bayon qilingan.
Ushbu natijalar umumiy moliyaviy koʻrsatkichlarni optimallashtirish va xavfni kamaytirish uchun kontekstga sezgir korporativ boshqaruv modellarini yaratish zarurligini taʼkidlaydi. Ushbu tadqiqot bir nechta boshqaruv modellari butun dunyo boʻylab banklar barqarorligiga qanday taʼsir qilishini tushunishga hissa qoʻshadi va boshqaruvni yaxshilashga intilayotgan siyosatchilar va bank menejerlariga maʼlumot beradi. Ushbu natijalar iqtisodiy samaradorlikni optimallashtirish va xavfni kamaytirish uchun korporativ boshqaruvning oʻziga xos usullariga ehtiyoj borligini taʼkidlaydi. Ushbu tadqiqot boshqaruvning turli modellari moliya institutlarining global barqarorligiga qanday taʼsir etishi haqidagi ekspert bilimlariga hissa qoʻshadi va boshqaruv tuzilmalarini yaxshilashga intilayotgan siyosatchilar va bank rahbarlariga maʼlumot beradi.
Qashqadaryo viloyatida dehqon xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan islohotlatlar va rivojlantirish mexanizmi keng o‘rganilib, nazariy jihatlari yoritilgan. Dehqon xo‘jaligi 2011-2023-yillarda statistika agentligi asosida tahlil qilingan va takliflar keltirib o‘tilgan. Dehqon xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonini ekonometrik modellashtirish zaruriyatining asosiy jihatlari jadval orqali yoritilgan. Dehqon xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish va boshqarishni ekonometrik modellashtirish strategiyasi nazariy jihatdan yoritilgan. Dehqon xo‘jaligi rivojlantirish kontseptsiyasi bo‘yicha o‘zlarining tahlillarini sarhisob qilingan va asosiy tushunchalar keltirilgan. Ekologik dasturlarning ushbu muammolarni hal qilish uchun yangi strategiyalar va yechimlarni izlash zarur. Dehqon xo‘jaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish olimlarining fikriga ko‘ra, ushbu sa’y-harakatlar natijalari berilgan.