Global iqtisodiyotning tez sur’atlar bilan rivojlanishi energiya, xom ashyo va minerallarga bo‘lgan talabni ortishiga va bu o‘z navbatida qazib olish, qayta ishlash xamda kimyo sanoatining rivojlanishiga olib keldi. Kimyo sanoati raqobatbardoshlikni ta’minlash va uni barqarorligini ta’minlash bugungi kunda tarmoqni rivojlantirish muxim omillaridan biriga aylandi. Korxona raqobatbardoshligi resurslar foydalanish samaradorligini ta’minlashga bevosita bog‘liq. Boshqaruv hisobida korxonalarda qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash, xarajatlarni optimallashtirish kabi usullar yordamida resurslarni tashkil etish va foydalanish samaradorligi ta’minlanadi. Ayniqsa xarajatlarni tashkil etish samaradorligini ta’minlashda, maxsulot tannarxini to‘g‘ri aniqlashda ABC (Activity-Based Costing) usuli samaralidir.
Ushbu maqolada korxonalarda mahsulot tannarxini shakllantirishda qo‘llaniladigan “absorption costing” va “variable costing” tizimlarining nazariy asoslari, amaliy qo‘llanishi hamda ular orasidagi farqlar tahlil qilinadi. Xalqaro tajriba va xorijiy olimlarning qarashlari asosida bu tizimlarning afzallik va cheklovlari yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston korxonalarida bu tizimlarni joriy etishdagi amaliy muammolar va takliflar keltirilgan.
Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni tuzish uchun tashkiliy jihatlarini alohida bosqichlarini aniqlash hamda hisob siyosatiga tegishli bandlarini shakllantirish ochib berilgan. Tashkiliy mexanizmlarni takomillashtirish orqali hisobot tuzish jarayonini yanada samarali va aniq amalga oshirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, mazkur jarayonda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan innovatsion yondashuvlar va ichki nazorat tizimlarini kuchaytirish taklif etiladi. Ish natijalari aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy shaffofligini oshirishga va investitsiyaviy jozibadorligini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Ushbu maqolada ehtimollar nazariyasining iqtisodiyotda qo‘llanilishi ko‘rib chiqilgan. Ehtimollar nazariyasi turli iqtisodiy jarayonlarda noaniqliklarni hisobga olish va risklarni baholash uchun muhim vosita hisoblanadi. Maqolada bu nazariyaning risklarni boshqarish, sug‘urta va investitsiya, bozor tahlillari va o‘yinlar nazariyasida qo‘llanilishi haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Ehtimollar nazariyasi yordamida iqtisodiy hodisalarni oldindan baholash va optimal qarorlar qabul qilish imkoniyatlari o‘rganilgan. Ushbu maqola ehtimollar nazariyasini iqtisodiy tahlillar va qarorlar qabul qilishda qo‘llanishining muhimligini ko‘rsatadi.