Maqolada O‘zbekistonning so‘nggi yillarda barqaror rivojlanish sohasidagi yutuqlari, jumladan qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy etish, chiqindilarni qayta ishlash darajasini oshirish va qonunchilik tashabbuslari tahlil etilgan. Moliyaviy rag‘batlantirishning muvaffaqiyatli amaliyotini ko‘rsatuvchi Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, AQSH, Xitoy, Qozog‘iston va boshqa mamlakatlarning xalqaro tajribasi taqdim etilgan. Maqolada milliy “yashil fond”ni yaratish, imtiyozli kreditlash dasturlarini ishlab chiqish, ta’lim tashabbuslari va investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Ushbu chora-tadbirlarning amalga oshirilishi qayta tiklanadigan energiya ulushini oshirish, CO₂ chiqindilarini kamaytirish va ekologik toza sanoatda yangi ish o‘rinlarini yaratish imkonini beradi.
Maqolada mamlakatimizda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash va ijtimoiy infratuzilmaning rivojlanishi tadqiq qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Barqaror rivojlanishning milliy maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda respublikamizda, shuningdek Sirdaryo viloyatida aholi turmush farovonligini yanada oshirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar asoslangan, muallifning tavsiyalariilgari surilgan
Мақола венчурли молиялаштириш рискларини таҳлил қилиш ва уларни минималлаштириш усулларига бағишланган. Венчур капитал қўйилмалари стартаплар ва инновацион лойиҳаларни молиялаштиришнинг муҳим шаклидир, лекин у технологик носозликлар, ликвидлик муаммолари, рақобат ва бозор беқарорлиги каби юқори даражадаги ноаниқлик ва рисклар билан боғлиқ. Тадқиқот мақсади инвесторлар стартапларга сармоя киритишда дуч келадиган асосий рискларни аниқлаш, шунингдек, уларни юмшатишнинг самарали стратегиялари ва усулларини ўрганишдан иборат.