Ushbu maqola zamonaviy iqtisodiyotning dinamik va murakkab sharoitlarida ekonometrik modellashtirishning oʻziga xos jihatlarini oʻrganadi. Mazkur maqolada katta ma’lumotlar (big data), mashinaviy oʻrganish (machine learning) va sun’iy intellekt integratsiyasi kabi zamonaviy tendensiyalar ta’kidlangan boʻlib, ular inflyatsiya, ishsizlik, iqlim oʻzgarishi va pandemiya ta’sirini prognoz qilishda muhim rol oʻynaydi. Metodologiyada sistematik adabiyotlar tahlili qoʻllanilgan, bu esa Scopus, Web of Science, ResearchGate bazalaridagi soʻnggi 5 yillik (2020-2025) ilmiy maqolalarga tayanadi. Natijalar shuni koʻrsatadiki, ML-gibrid modellar prognoz aniqligini oshiradi (RMSE va MAE pasayishi), ammo iqlim oʻzgarishining salbiy ta’siri va ma’lumotlar noaniqligi qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Xulosa va takliflarda siyosatni shakllantirishda modellarning chidamliligini oshirish, fanlararo hamkorlikni kuchaytirish va etik standartlarni joriy etish taklif etiladi, bu esa barqaror rivojlanish va iqtisodiy tiklanishga hissa qoʻshadi.
Ushbu maqolada soliqlarni undirish mexanizmini takomillashtirish, soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatish va taʼlimni yaxshilash, soliq tizimi va tartiblarini soddalashtirish, soliq toʻlovchilar va soliq organlari oʻrtasida samarali aloqa kanallarini rivojlantirish soliqlarni undirish mexanizmlarini takomillashtirish, bundan tashqari, adolatga boʻlgan ishonch va idrokni shakllantirish va samarali majburlov choralarini qoʻllash ham muvofiqlikni oshirish, munosabatlarni rivojlantirish tendensiyalarining nazariy va amaliy jihatlari yoritib berilgan.
Мақолада олий таълим муассасаларининг хизматларидан фойдаланувчи истеъмолчиларнинг таснифи, уларнинг олий таълим муассасалари билан муносабатлари, истеъмолчилар томонидан олий таълим муассасини танлаш омиллари таҳлил қилинган.
Zamonaviy global iqtisodiyot sharoitida O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari, ijtimoiy soha va boshqa faoliyat yo‘nalishlariga ilg‘or innovatsion texnologiyalarni tezkor joriy etish barqaror va dinamik rivojlanishni ta’minlash uchun muhim omil sifatida namoyon bo‘lmoqda. Mamlakatning ijtimoiy va davlat hayotidagi barcha jabhalarining tezkor o‘zgarishi olib borilayotgan islohotlarni eng so‘nggi innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologik yechimlarga asoslangan holda tizimli qo‘llab-quvvatlashni talab qilmoqda. Ushbu sa’y-harakatlar O‘zbekistonni raqamlashtirish va bilimlarga asoslangan iqtisodiyotga o‘tish jarayonida jahon sivilizatsiyasi yetakchilari qatoriga olib chiqishga qaratilgan sifatli o‘tishni ta’minlashga yo‘naltirilgan. Ushbu mavzuning yuqori dolzarbligi xalqaro tajribani O‘zbekistonning milliy sharoitlariga moslashtirish va samarali innovatsion ekotizimni shakllantirish zaruratidan kelib chiqadi. Mazkur tadqiqotda iqtisodiy jihatdan rivojlangan va dinamik rivojlanayotgan mamlakatlarda innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning turli yondashuvlari tahlil qilinadi. Ushbu tahlilga asoslanib va O‘zbekiston milliy iqtisodiyoti hamda hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hisobga olgan holda, mualliflar tomonidan O‘zbekiston Respublikasida innovatsion jarayonlarni davlat tomonidan rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Taklif qilingan yo‘nalishlar mamlakatning global miqyosdagi raqobatbardoshligini mustahkamlashga qaratilgan.
O‘zbekistonda milliy kapital bozori mamlakatda iqtisodiyotni yanada liberallashtirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli sa’y-harakatlar doirasida sezilarli o‘zgarishlarni boshdan kechirmoqda. Ushbu maqolada O‘zbekiston kapital bozorining bugungi holatiga chuqur baho berilgan, u duch kelayotgan muammolar va rivojlanish istiqbollari tahlil qilingan. Tahlil amaldagi strategiyalar samaradorligini baholash va keyingi takomillashtirish bo'yicha tavsiyalar berish uchun so'nggi islohotlar, qonunchilikdagi o'zgarishlar va bozor tendentsiyalariga tayanadi. Natijalar O‘zbekistonda dinamik va barqaror kapital bozorini yaratishda izchil me’yoriy-huquqiy baza, bozor shaffofligini oshirish va investorlarning ishonchini oshirish muhimligini ta’kidlaydi.
Maqolada tezlashayotgan texnologik rivojlanish va yettinchi texnologik tuzum shakllanishi sharoitida innovatsion jarayonning nazariy asoslari va evolyutsiyasi tahlil qilinadi. Chiziqli modellaridan tizimli ko‘p darajali yondashuvlarga o‘tish sanoat rivoji va global sanoat integratsiyasi bilan bog‘liqligi ko‘rsatiladi. Institutsional va infratuzilmaviy mexanizmlar hamda mamlakatlarning global innovatsion zanjirlarga qo‘shilishini belgilovchi mega-mexanizmning roli yoritiladi. Sanoat-innovatsion bosqichdagi davlatlar uchun samarali mexanizmlarni shakllantirishning ahamiyati asoslanadi.
Тадқиқотлар шуни кўрсатадики, яширин иқтисодиёт қайд этилмаган даромадлар, норасмий бандлик ва тартибга солинмаган операциялар йиғиндиси бўлиб, солиқ-бюджет ва пул-кредит сиёсати самарадорлигини пасайтиради ва макроиқтисодий кўрсаткичларни тубдан ўзгартиради. Ушбу мақоланинг мақсади Ўзбекистонда инфляция ва яширин иқтисодиётнинг ҳолатини акс эттирувчи асосий макроиқтисодий кўрсаткичлар динамикасини таҳлил қилиш ва улар ўртасидаги мумкин бўлган муносабатларни аниқлашдан иборат.
Maqola maishiy xizmatlar bozorini chuqur o‘rganishni, shu jumladan turli xizmat ko‘rsatish turlari va shakllarining ixtisoslashuvini hisobga olgan holda tobora dolzarb va umumlashtirib borayotgan dolzarb masalalarni tahlil qilishni o‘z ichiga oladi. Ishda ushbu sohadagi mavjud vaziyat, unga boʻlgan talab darajasi, maishiy xizmatlarga boʻlgan ehtiyoj va hududlardagi aholining daromad darajasi oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik koʻrib chiqilmoqda, shuningdek, sohani rivojlantirishning asosiy tendensiyalari aniqlanmoqda.
Ushbu maqolada hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tahlil qilishda raqamli texnologiyalardan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari o‘rganiladi. GAT texnologiyalari yordamida Namangan viloyatining ijtimoiy rivojlanish ko‘rsatkichlari tendentsiyalari va dinamikasi tahlil qilindi.
Ushbu maqolada tibbiyot sohasini raqamlashtirish masalalari hamda xorijiy tajribasi o‘rganilgan. O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish borasida olib borilayotgan amaliyot va bu sohada xorijiy davlatlarning tajribalari tadqiq etilgan. Shuningdek, statistik ma’lumotlar asosida mamlakat tibbiyot sohasi rivojlanish tendensiyalari tahlil qilinib tibbiyot korxonalarida axborotlarni raqamlashtirish jarayonlarini samarali tashkil etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Bugungi iqtisodiyotni harakatlantiruvchi muhim dastaklardan biri – bu inson kapitali hisoblanadi. Inson kapitali sifatini yaxshilash va uni boyitish iqtisodiyotning har qaysi bo‘g'inida muhim o‘rin tutadi.Iqtisodiyotning innovasion rivojlanishini ta'minlashning muhim manbalaridan biri bo‘lgan inson kapitalini tadqiq etish masalalariga mahalliy va xorijiy olimlar katta e'tibor qaratishmoqda.Shundan kelib chiqqan holda, mazkur maqolada inson kapitalini tadqiq etishdagi nazariy yondashuvlar va tendentsiyalar tahlil qilinadi.
Ushbu maqolada alohida bir sanoat tariqasida shakllanishga ulgurgan sun’iy intellekt (SI)ni moliyalashtirish, SIning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida sarmoya kiritish bilan bog‘liq jarayonlar va ularning yo‘nalishlari keng tahlil qilinib, uning boshqa tarmoq sohalarning rivojlanishiga, kelgusida mehnat bozoriga ta’siri tahlil qilinadi.