Мақолада «яшил» иқтисодиётни ривожлантириш тенденциялари, иқтисодиётнинг етакчи тармоқларини модернизация ва диверсификация қилиш ҳисобига унинг рақобатбардошлигини ошириш бўйича мақсад ва вазифалари ёритилган. “Яшил” иқтисодиётни амалга ошириш бўйича мавжуд хавфларни бартараф этиш бўйича таклифлар илгари сурилган. «Яшил» иқтисодиётни шакллантиришга алоҳида эътибор қаратилиб, соҳани ривожланишни рағбатлантиришга қаратилган чора-тадбирлар келтирилган.
Ушбу мақолада иқтисодиёт тармоқлари, уларнинг фарқли жиҳатлари, ихтисослашув жараёнининг тадбиркорлик фаолиятининг ривожланишига таъсири йўналишлари, тармоқ ёки иқтисодий фаолият тури бўйича ихтисослашувнинг кичик бизнес фаолиятининг ривожланишига таъсири, “Тармоқ” тушунчаси таърифига иқтисодий ва қонунчилик жиҳатидан ёндашувларнинг хусусиятлари, Европа ва Осиёдаги кичик тадбиркорликнинг тармоқ жиҳатидан таркибий тузилмаси, Европа Иттифоқида инвестицияларни тармоқлар бўйича тақсимланиши масалалари ёритилган.
Ushbu maqolada korxona va tashkilotlarda buxgalteriya hisobi yuritishning asoslari, buxgalteriya hisobining uslublari va tamoyillari, bu borada xorijiy va mahalliy olimlarning ilmiy-nazariy qarashlari, sohaga oid nazariy asoslar keltirib o‘tilgan. Maqolada buxgalteriya hisobining uslublari va tamoyillarini yanada takomillashtirish bo‘yicha xulosa va takliflar keltirib o‘tilgan.
О‘zbekistonda iqtisodiyot tarkibini diversifikatsiya qilish va uning raqobatbardoshligini oshirish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga bozor mexanizmlarini izchillik bilan joriy etish, kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirish, raqamli iqtisodiyotni jadal rivojlantirish, davlat kompaniyalarini transformatsiya qilish, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish orqali barqaror iqtisodiy о‘sishni ta’minlash hozirgi kunda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ustuvor yо‘nalishlarini tashkil etadi. Mazkur iqtisodiy islohotlar doirasida budjet siyosatini takomillashtirish, budjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligin oshirish kabi masalalar muhim о‘rin tutadi. Shundan kelib chiqqan holda mazkur maqolada budjet siyosati samaradorligini oshirishning nazariy jihatlari tahlil qilingan
O‘zbekistonda iqtisodiyot tarkibini diversifikatsiya qilish va uning raqobatbardoshligini oshirish, iktisodiyotning barcha tarmoqlariga bozor mexanizmlarini izchillik bilan joriy etish, kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirish,raqamli iqtisodiyotni jadal rivojlantirish, davlat kompaniyalarini transformatsiya kilish, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash hozirgi kunda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini tashkil etadi. Mazkur iqtisodiy islohotlar doirasida “tovar va moliya bozorlarida erkin raqobat muhitini shakllantirish”, “hayot sug‘urtasi tarmog‘ini hamda shaxsiy sug‘urtani aholi orasida ommalashtirish, ularni keng miqyosda targ‘ib qilish hamda yangi hayot va shaxsiy sug‘urta turlarini rivojlantirish” bo‘yicha dolzarb vazifalarning belgilanganligi mamlakatda sug‘urta faoliyatining nazariy- metodologik va amaliy asoslarini takomillashtirish, sug‘urta xizmatlarining moliyaviy xizmatlar tarkibidagi salmog‘i va sifat darajasini oshirish yuzasidan tadqiqot ishlarini amalga oshirish zaruriyatini ko‘rsatib beradi.
Maqolada Samarqand viloyatida turizm, sohaning mazmun-mohiyati, rivojlanish istiqbollari, huquqiy asoslari, turizm xizmati sohasi sifatida iqtisodiyotimizdagi o‘rni, shuningdek, mamlakatimizda turizmning muammolari va yechimlari bo‘yicha takliflar berilgan.
Ушбу мақолада мамлакатимизга кириб келаётган рақамли технологиялар таъсирида меҳнат бозорининг ҳолати, аҳолининг бандлик кўрсаткичлари, замонавий бандлик шакллари, бу борада хорижий ва маҳаллий олимларнинг қарашлари, АКТ соҳасида бандлик даражаси таҳлили ва соҳага оид бир қатор масалалар ўрганилди. Рақамли иқтисодиётга ўтиш шароитида аҳоли бандлиги таъминлаш бўйича тегишли тартибда хулоса ва таклифлар келтириб ўтилди.
2022-2026 йилларга мўлжалланган Янги Ўзбекистоннинг Тараққиёт стратегиясида миллий иқтисодиёт барқарорлигини таъминлаш ва ялпи ички маҳсулотда саноат улушини оширишга қаратилган саноат сиёсатини давом эттириб, саноат маҳсулотларини ишлаб чиқариш ҳажмини 1,4 бараварга ошириш, Республиканинг экспорт салоҳиятини ошириш орқали 2026 йилда республика экспорт ҳажмларини 30 миллиард АҚШ долларига етказиш кўзда тутилган. Бундай мақсадларнинг амалга оширилиши ўз навбатида чуқур ва пухта ўйланган саноат сиёсатини амалга оширишни тақозо этади. Мазкур мақолада импорт ўрнини босувчи саноат сиёсатини амалга оширишнинг хориж тажрибаси тадқиқ қилинади.
Ushbu maqolada O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanishida turizm industriyasi o‘rni tahlil etilgan bo‘lib, muallif tomonidan ushbu mamlakatlarning pandimeyadan oldingi va keyingi davrida turizmni rivojlantirish borasida olib borgan ishlari, sohani rivojlantirishdagi strategik dasturlari o‘rganilgan. Turizm industriyasini rivojlantirishda mamlakatlarning tajribalari, kuchli va kuchsiz tomonlari tahlil qilingan.
Bank xizmatlari bozorida iste’molchilarning xulq-atvori texnologik taraqqiyot, ijtimoiy qadriyatlarning o’zgarishi va mijozlar kutishlarining o’zgarishi tufayli sezilarli o’zgarishlarga duch kelmoqda. Ushbu maqola ushbu o’zgarishlarning asosini tashkil etuvchi nazariy va uslubiy asoslarni har tomonlama tushunishga qaratilgan. Adabiyotlarni ko’rib chiqish orqali ushbu tadqiqot bank sektoridagi iste’molchilarning xatti-harakatlariga ta’sir qiluvchi omillar haqida tushuncha beradigan rejalashtirilgan xatti-harakatlar nazariyasi, avlodlar nazariyasi, texnologiyani qabul qilish modeli va mijozlarni jalb qilish nazariyasi kabi asosiy nazariy asoslarni o’rganadi. Bundan tashqari, muallif iste’molchilarning xatti-harakatlarini o’rganish va tahlil qilish uchun qo’llaniladigan so’rovlar, intervyular va ma’lumotlar tahlilini o’z ichiga olgan uslubiy yondashuvlarni o’rgangan. Mavjud bilimlarni sintez qilish orqali ushbu maqola professor-o’qituvchilar, doktrantlar mustaqil izlanuvchilar uchun qimmatli tushunchalarni taqdim etadi va bank xizmatlari bozorida iste’molchilar xatti-harakatlarining rivojlanayotgan dinamikasiga samarali moslashadigan strategiyalarni shakllantirishga yordam beradi.
Мақолада мамлакатимизда мустақиллик йилларида тўқимачилик саноатининг ривожланиши, ушбу соҳанинг давлат томонидан қўллаб-қувватланиши бўйича амалий тажрибалар ёритилган. Тўқимачилик саноати корхоналари молиявий фаолиятини бошқариш, кластерлар ташкил этиш ва уларни бошқариш, тўқимачилик корхоналарида ишлаб чиқаришни кластерлаштиришнинг афзалликларини аниқлаш масалаларида тадқиқот олиб борган маҳаллий ва хорижий олимларнинг изланишлари ўрганилган. Тадқиқот натижалари асосида Ўзбекистонда тўқимачилик саноати корхоналари фаолиятини бошқаришни такомиллаштиришга йўналтирилган илмий асосланган таклиф-тавсиялар ишлаб чиқилган.