O'ZBEKISTONDA IJTIMOIY XIZMATLAR TIZIMINING HOZIRGI HOLATI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI
DOI:
https://doi.org/10.60078/2026-vol1-issT1-12Annotasiya
Mazkur maqolada O‗zbekistonda ijtimoiy xizmatlar tizimining amaldagi holati, institutsional o‗zgarishlari va rivojlanish tendensiyalari tahlil qilinadi. Tadqiqot muammosi ijtimoiy xizmatlar samaradorligini baholash, hududiy tafovutlarni aniqlash hamda mavjud muammolarni tizimli o‗rganish bilan bog‗liq. Tadqiqotda statistik tahlil, qiyosiy yondashuv, institutsional tahlil va SWOT usullaridan foydalanildi. Natijalar shuni ko‗rsatadiki, so‗nggi yillarda manzilli ijtimoiy yordam tizimi takomillashgan, raqamlashtirish jarayonlari kuchaygan, biroq hududlar kesimida xizmat sifati va resurs taqsimotida nomutanosiblik saqlanib qolmoqda. Muallif tomonidan ijtimoiy xizmatlar samaradorligini baholash uchun kompleks indikatorlar tizimi taklif etiladi.
