O‘ZBEKISTONDA MEHNAT MIGRANTLARI PUL O‘TKAZMALARINING JORIY DINAMIKASI VA MOLIYA BOZORI BARQARORLIGIGA TA’SIRI
DOI:
https://doi.org/10.60078/2026-vol5-iss2-pp351-356Annotasiya
Mazkur tezisda O‘zbekistonda mehnat migrantlari pul o‘tkazmalarining joriy dinamikasi hamda ularning moliya bozori barqarorligiga ta’siri kompleks statistik tahlil asosida o‘rganilgan. Tadqiqotda pul o‘tkazmalarining umumiy o‘zgarish tendensiyalari, hududlar kesimidagi ulushi, viloyatlarning remitenslarga bog‘liqlik darajasi hamda asosiy donor davlatlar bo‘yicha tarkibi tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu mablag‘larning bank tizimi likvidligi, depozit bazasining kengayishi, kreditlash hajmi va valyuta bozori barqarorligiga ta’siri baholanadi. Olingan natijalar migrantlar pul oqimlari mamlakat moliya tizimi barqarorligini qo‘llab-quvvatlovchi muhim omil ekanligini ko‘rsatish bilan birga, ularga yuqori darajada bog‘liqlik tashqi iqtisodiy xatarlar sharoitida muayyan risklarni yuzaga keltirishi mumkinligini ham asoslaydi. Tezis yakunida remitenslardan samarali foydalanish va ularni investitsion jarayonlarga yo‘naltirish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Bibliografik manbalar
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. “Yillik moliyaviy hisobot 2025.”
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi. “O‘zbekistonning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va moliyaviy barqarorlik hisobotlari, 2024–2025.”
World Bank. “Migration and Remittances Data 2025.” Washington, D.C.: World Bank, 2025.
ILO (International Labour Organization). “Labour Migration Trends in Central Asia 2024–2025.” Geneva: ILO, 2025.
United Nations Economic and Social Commission for Asia and the Pacific (UNESCAP). “Remittances and Economic Development in Asia-Pacific, 2024.” Bangkok: UNESCAP, 2024.
