O‘ZBEKISTONDA ZIYORAT TURIZMINING RIVOJLANISHI
DOI:
https://doi.org/10.60078/2026-vol1-iss1-pp306-310Annotasiya
Mazkur maqolada Oʻzbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirish borasida
amalga oshirilayotgan islohotlar, davlat siyosati va turizmning iqtisodiy ahamiyati yoritilgan.
Unda mamlakatdagi boy tarixiy-madaniy meros, muqaddas qadamjolar hamda islom sivilizatsiyasi
taraqqiyotiga hissa qoʻshgan allomalar merosi ziyorat turizmining asosiy omili sifatida tahlil
qilingan. Shuningdek, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Surxondaryo va boshqa hududlardagi mashhur ziyoratgohlarning turistik salohiyati haqida maʼlumot berilgan. Maqolada COVID-19
pandemiyasidan keyingi davrda turizm sohasini tiklash, infratuzilmani rivojlantirish va xorijiy
sayyohlarni jalb etish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ham yoritilgan. Ziyorat
turizmini rivojlantirish mamlakat iqtisodiyoti, xalq farovonligi va Oʻzbekistonning xalqaro nufuzini
oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidlaydi.
Bibliografik manbalar
1. O‘zbekiston Respublikasi madaniy meros obyektlari davlat reyestri va statistik ma’lumotlar to‘plami. – Toshkent: Madaniy meros agentligi, 2024. – URL: https://madaniymeros.uz (murojaat sanasi: 15.05.2026).
2. Uzbekistan calls on Asian countries to promote tourism recovery after COVID-19 pandemic [Elektron resurs]. – URL: http://en.people.cn/ (murojaat sanasi: 15.05.2026).
