Jild 3 № 4 (2026): ILG‘OR IQTISODIYOT VA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR

Jild 3 № 4 (2026): ILG‘OR IQTISODIYOT VA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR
Nashr qilingan: 07/20/2026

Maqolalar

AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA KORPORATIV MADANIYATNING XORIJ TAJRIBASI
Nazokat Akramova

Ushbu maqolada aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ madaniyatni shakllantirish va rivojlantirishning xorijiy tajribasi tadqiq etilgan. AQSh, Yaponiya, Germaniya, Janubiy Koreya va boshqa rivojlangan mamlakatlar kompaniyalarida qo‘llanilayotgan korporativ qadriyatlar, boshqaruv uslublari, xodimlarni motivatsiyalash, ichki kommunikatsiyalar, jamoaviy hamkorlik va ijtimoiy mas’uliyat tizimlarining o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, aksiyadorlar, kuzatuv kengashi, ijro organi va xodimlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda korporativ madaniyatning o‘rni yoritilgan. Xorijiy kompaniyalar tajribasi asosida korporativ madaniyatning mehnat unumdorligi, xodimlar sodiqligi, innovatsion faollik, investitsiyaviy jozibadorlik va aksiyadorlik jamiyatlari samaradorligiga ta’siri asoslab berilgan. Tadqiqot yakunida ilg‘or xorijiy tajribaning O‘zbekiston aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatiga mos jihatlarini joriy etish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

3-14 0 3
O‘ZBEKISTONDA ZIYORAT TURIZMINI RIVOJLANTIRISHNING TASHKILIY-IQTISODIY IMKONIYATLARI
Begzod Murodullayev

Maqolada O‘zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy imkoniyatlari tarixiy-madaniy meros, hududiy destinatsiyalar, xizmatlar sifati, halal turizm talablari, raqamli targ‘ibot, xalqaro brending va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari bilan uzviy bog‘liqlikda tahlil qilinadi. Tadqiqotda rasmiy statistik byulletenlar asosida 2021 – 2025-yillarda kiruvchi turistlar oqimi dinamikasi hamda 2024-yilda yirik ziyorat markazlarida kiruvchi tashrif buyuruvchilarni joylashtirish ko‘rsatkichlari baholandi. Shuningdek, 2026-yilda tasdiqlangan “Umra plyus” dasturi doirasidagi subsidiya tartibi ziyorat turizmini eksportbop xizmatlar segmentiga aylantirishga xizmat qiluvchi amaliy iqtisodiy rag‘bat sifatida talqin etildi. Natijalar asosida ziyorat marshrutlarini hududlararo bog‘lash, halal servis standartlarini kengaytirish, raqamli platforma yaratish va monitoring indikatorlarini joriy etish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqildi.

15-23 6 4
ZAMONAVIY ISLOMIY BANK MAHSULOTLARINING AN’ANAVIY BANK XIZMATLARIDAN FARQLI JIHATLARI
Oybek Voxidov

Mazkur maqolada zamonaviy islomiy bank mahsulotlarining an’anaviy bank xizmatlaridan farqli jihatlari tahlil qilingan. Murabaha, ijara, mushoraka, mudoraba, sukuk va takoful mahsulotlarining daromad shakllanishi, risklarni taqsimlash va real aktivlar bilan bog‘liqligi qiyosiy asosda yoritilgan. Shuningdek, islomiy bank mahsulotlarini O‘zbekiston bank amaliyotida rivojlantirish bo‘yicha xulosalar ishlab chiqilgan.

24-32 4 3
TIJORAT BANKLARIDA MOLIYAVIY RISKLARNI KOMPLEKS BAHOLASHNING ZAMONAVIY METODOLOGIK YONDASHUVLARI
Suxrob Xolmatov

Mazkur maqolada tijorat banklarida moliyaviy risklarni kompleks baholashning zamonaviy metodologik yondashuvlari tadqiq etilgan. Kredit, likvidlik, bozor, operatsion va kapital risklarini yagona tizimda baholash, stress-test, ssenariy tahlili, erta ogohlantirish indikatorlari va integral indeksdan foydalanish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, bankning umumiy risk profilini aniqlash va boshqaruv qarorlarini takomillashtirishga qaratilgan kompleks baholash modeli taklif etilgan.

33-42 4 3
SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA BANK MAHSULOTLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING METODOLOGIK YONDASHUVLARI
Abbos Xujamuratov

Mazkur maqolada sun’iy intellekt texnologiyalari asosida bank mahsulotlari samaradorligini oshirishning metodologik yondashuvlari tadqiq etilgan. Sun’iy intellektni bank mahsulotining hayotiy sikliga integratsiya qilish bosqichlari tizimlashtirilib, jarayonlarni avtomatlashtirish, prognozli tahlil, personallashtirish, risklarni boshqarish va adaptiv mahsulot boshqaruvining o‘zaro bog‘liqligi asoslangan. Shuningdek, ma’lumotlar sifati, algoritmik shaffoflik, inson nazorati va uzluksiz monitoringni qamrab oluvchi konseptual model taklif etilgan.

43-52 5 3
XOMASHYO ARALASHMASI TARKIBINI MODELLASHTIRISH ASOSIDA TО‘QIMACHILIK KORXONALARI ISHLAB CHIQARISH SALOHIYATINI OSHIRISH
Javoxir Jо‘raqulov

Ushbu maqolada tо‘qimachilik korxonalarida tikuvchilik iplarini ishlab chiqarishda muqobil xomashyo tarkibini tanlashni modellashtirish asosida ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish imkoniyatlarini izlab topish masalasi о‘rganilgan.

53-57 4 3