Mazkur maqolada umumiy ovqatlanish korxonalarining samaradorligini oshirishga qaratilgan turli usullar va yo‘llar tahlil qilinadi. Ayniqsa, oilaviy korxonalar misolida, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi samaradorlikni oshirish, xarajatlarni qisqartirish va foydalilikni maksimal darajaga yetkazish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi. Maqolada ovqatlanish sohasidagi raqobatbardoshlikni kuchaytirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish, xodimlar malakasini oshirish hamda samarali menejmentni amalga oshirish bo‘yicha aniq takliflar keltirilgan. Shuningdek, oilaviy korxonalar uchun mo‘ljallangan maxsus marketing strategiyalarining ahamiyati ta’kidlanadi.
Ushbu tadqiqotda muzeylar va madaniy meros obyektlarida ko‘rsatiladigan xizmatlarni rivojlantirish hamda ularni turizm sohasi bilan integratsiyalash uslubiy asoslari o‘rganilgan. Asosiy e’tibor, madaniy obyektlarning turizmda samarali foydalanilishi, xizmatlar sifatini oshirish, innovatsion yondashuvlar joriy etish va xorijiy tajribalarni o‘rganishga qaratilgan. Tadqiqot natijasida turizm infratuzilmasi, marketing strategiyalari, raqamli texnologiyalar va mahalliy hamjamiyat ishtirokining muhimligi aniqlangan. Xulosa va takliflarda O‘zbekiston sharoitida muzey va madaniy meros obyektlari faoliyatini turizm bilan uyg‘unlashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Ushbu maqolada moda sanoatida sodiqlik dasturlarining mijoz sadoqatiga ta’siri o‘rganildi. Tadqiqot avvalo mavzu bo‘yicha adabiyotlarning tizimli tahlilini o‘z ichiga oldi, so‘ngra onlayn so‘rovnoma orqali 200 nafar respondentdan ma’lumot to‘plandi. Logistik regressiya modeli yordamida sodiqlik dasturida ishtirok, chegirmalar va mobil ilova orqali foydalanish omillari xarid qarorlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatgani aniqlandi. Model pseudo R² koeffitsienti 0.48 ni tashkil etib, tahlilga kiritilgan o‘zgaruvchilar dispersiyaning yarmidan ortig‘ini izohladi. Tadqiqot natijalari moliyaviy rag‘bat va raqamli platformalarning qulayligi mijoz sadoqatini oshirishda hal qiluvchi omillar ekanini ko‘rsatdi. Maqola sodiqlik dasturlarini samarali loyihalash uchun adabiyotlarni chuqur o‘rganish, empirik so‘rovlar va ekonometrik tahlil yondashuvlarini uyg‘unlashtirish zarurligini ta’kidlaydi.