Ushbu maqola O‘zbekiston tikuv buyumlari ishlab chiqarish korxonalarida ishchi xodimlarni o‘qitish tizimini kompleks o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va uni takomillashtirish bo‘yicha munosib takliflar ishlab chiqishga bag‘ishlangan. Tadqiqotning ilmiy yangiligi shundan iboratki, O‘zbekiston tikuv buyumlari ishlab chiqarish korxonalari kontekstida ishchi xodimlarni o‘qitish tizimining holati kompleks tahlil qilingan, tajribalar o’tkazilgan, xalqaro va mahalliy tajribalarni uyg‘unlashtirgan holda amaliy takliflar tizimi ishlab chiqilgan. Maqolada taklif etilgan yondashuvlarni tikuv buyumlari ishlab chiqarish korxonalari rahbarlari, HR menejerlari, soha yuzasidan oliy ta’lim beruvchi o‘qituvchilar o‘qitish dasturlarini optimallashtirish, investitsion qarorlar qabul qilish va korxonalarning raqobatbardoshlik darajasini oshirishda material sifatida qo‘llashlari mumkin
Ушбу мақолада овқатланиш сохасида йирик овқатланиш корхоналарининг кўпайиши ўта муҳим аҳамиятга эга эканлигига эътибор қаратилган. Айнан овқатланиш соҳасида ҳам йирик ишлаб чиқариш корхоналари пайдо бўлаётганлиги янги иш ўринлари билан бир қаторда янги хизмат турларини пайдо бўлишига сабаб бўлмоқда. Бундай йирик ишлаб чиқариш корхоналари фаолияти чет мамлакатларда жуда ривожланган бўлиб, мақолада ушбу йирик овқатланиш корхоналарини ўрганиш мамлакатимизда ушбу соҳадаги йирик корхоналар фаолиятини қай даражада эканлигини англашимизга асос бўлиб хизмат қилади.
Мазкур мақолада ўйинчоқ ишлаб чиқариш корхоналарида ташкилий-иқтисодий самарадорликни баҳолаш ҳамда кадрлар сиёсати самарадорлигини таҳлил қилиш масалалари ўрганилган. Тадқиқот объекти сифатида “Green Line Toys” МЧЖ ва “Toys City” МЧЖ корхоналари фаолияти танлаб олинган бўлиб, уларнинг 2021–2025 йиллар давомидаги ишчи кучи таркиби, ёш ва лавозимлар бўйича тузилмаси, иш ҳақи сиёсати, бошқарув харажатлари ҳамда молиявий натижалари таҳлил қилинган. Тадқиқот жараёнида иқтисодий-статистик, қиёсий ва динамик таҳлил усулларидан фойдаланилган. Олинган натижалар ишчи кучи сони ва таркибидаги кескин ўзгаришлар, айниқса автоматлаштириш жараёнлари кучайган даврларда, корхоналарнинг молиявий барқарорлиги ва рентабеллигига бевосита таъсир кўрсатишини кўрсатди
Mazkur ishda farmatsevtika sanoati korxonalarida ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish masalalari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda xomashyo va material resurslari, asosiy ishlab chiqarish fondlari, mehnat, moliyaviy hamda intellektual resurslarning farmatsevtika ishlab chiqarishidagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston farmatsevtika sanoatida resurslardan foydalanishning hozirgi holati va rivojlanish dinamikasi baholanib, mavjud muammolar aniqlangan. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan texnologik modernizatsiya, raqamli boshqaruv tizimlarini joriy etish, GMP va “Lean manufacturing” tamoyillarini qo‘llash, mahalliy xomashyo bazasini kengaytirish hamda kadrlar salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ushbu takliflarning amaliyotga tatbiq etilishi ishlab chiqarish tannarxini kamaytirish, mahsulot sifati va xavfsizligini oshirish, raqobatbardoshlik hamda korxonalarning barqaror rivojlanishini ta’minlashga xizmat qilishi asoslab berilgan
Mazkur maqolada ishlab chiqarish korxonalarida iqtisodiy samaradorlikni oshirish masalasi yoritilgan. Unda ishlab chiqarish resurslaridan oqilona foydalanish, texnologik jarayonlarni takomillashtirish, raqamli texnologiyalarni joriy qilish hamda mehnat unumdorligini oshirish yo‘llari tahlil qilinadi. Shuningdek, taniqli iqtisodchi olimlarning iqtisodiy, ya’ni ishlab chiqarish resurslari haqidagi fikrlari tahlil qilinib, umumiy xulosa chiqarilgan. Bundan tashqari, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo‘llari va uni aniqlash usullari ham ko‘rib chiqilgan.
Maqolada ishlab chiqarish korxonalarida autsorsingni joriy etishning nazariy va metodologik asoslari tahlil qilinadi. Autsorsingning ta’rifi, turlari, afzalliklari va zamonaviy amaliyoti misollar bilan ko‘rsatilgan. Korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish, resurslarni samarali taqsimlash va innovatsiyalarni joriy qilishda autsorsingning ahamiyati ta’kidlangan. Ilmiy va amaliy tajribalar asosida autsorsingni kiritish strategiyalari, noprofil funksiyalarni tashqi mutaxassislarga topshirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo‘llari keltirilgan
Тўқимачилик саноати корхоналари билан молиявий секторнинг ўзаро биргаликдаги интеграцион фаолиятининг иқтисодий барқарорликни таъминлашдаги аҳамияти мақолада ёритилган. Банклар ва ишлаб чиқариш корхоналари ўртасидаги ҳамкорликнинг назарий асослари, халқаро тажрибалари ва маҳаллий амалиёти таҳлил қилинган. Шу билан бирга, молиявий ресурсларни жалб этиш, инвестиция жараёнларини рағбатлантириш, инновацияларни қўллаб-қувватлаш ҳамда ишлаб чиқариш самарадорлигини оширишда тармоқлараро интеграциянинг ўрни алоҳида кўрсатиб берилган.
Ushbu maqolada iqtisodiy tarmoqlarda alohida hisob siyosatini yuritishning nazariy va amaliy jihatlari, uning xalqaro va milliy standartlarga moslashuvi hamda sohaga xos yondashuvlarning ahamiyati yoritilgan. O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot tizimini isloh qilish, xususan IFRS standartlarini bosqichma-bosqich joriy etish jarayonlari tahlil qilingan. Tadqiqotda qishloq xo‘jaligi, sanoat, xizmat ko‘rsatish va bank-moliya sektorlarida hisob siyosatining o‘ziga xos xususiyatlari, muammolar va imkoniyatlar ko‘rib chiqilgan. Xalqaro va milliy tajribalar qiyoslanib, sohaga mos metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.