• Ro‘yxatdan o‘tish
  • Kirish
Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar
  • Hozirgi
  • Arxivlar
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Maxfiylik bayonoti
    • Aloqa
    • Talablar
    • Taqriz
    • To‘lov
    • Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil
    • Nashrlar
  1. Uy
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

##search.searchResults.foundPlural##
TURIZMDA ISTEʼMOLCHILARNING XULQ-ATVORINI OʻRGANISHNING KOMPLEKS YONDASHUVLARI
Sitora Nurmatova

Maqolada fanlararo ilmiy muammo sifatida turizmda isteʼmolchilarning xulq-atvorini oʻrganishga kompleks yondashuvdan foydalanishning maqsadga muvofiqligi asoslanadi. Asosiy eʼtibor iqtisodiy, xulq-atvor, ijtimoiy-madaniy komponentlarni oʻzida mujassam etgan integrativ modelning mohiyati, tuzilishi va uslubiy asoslarini nazariy tahlil qilishga qaratilgan. Ratsional tanlashning klassik iqtisodiy konsepsiyalarining cheklovlari va xulq-atvor omillarini, kognitiv buzilishlarni, ramziy isteʼmolni, shuningdek, raqamli muhitning turistlar tomonidan qaror qabul qilishiga taʼsirini hisobga olish zarurati taʼkidlangan. Nazariy qoidalar qisman Oʻzbekiston turizm sektoridagi isteʼmolchilar xulq-atvorining oʻziga xos xususiyatlarini tahlil qilish orqali yoritilgan. Zamonaviy sharoitda turizmni rivojlantirishning barqaror strategiyalarini shakllantirishning ilmiy asosi sifatida kompleks yondashuvni nazariy tushunishning ahamiyati haqida xulosa qilinadi.

07/11/2025
  • PDF (Russian)
969-984 125 48
O‘ZBEKISTON HUDUDLARIDA INNOVATSION TADBIRKORLIKNI INTEGRAL INDEKS YONDASHUVI ASOSIDA BAHOLASHNING HUDUDIY DIFFERENSIAL MODELI
Gulnora Shadiyeva

Mazkur maqolada 2024-2025 yillarda O‘zbekiston hududlarida innovatsion tadbirkorlikning rivojlanish darajasi kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi hududlar o‘rtasida innovatsion faollik va investitsion salohiyat ko‘rsatkichlaridagi nomutanosiblik bilan asoslanadi. Tadqiqot metodologiyasi sifatida kontent-tahlil, solishtirma tahlil hamda induksiya va mantiqiy umumlashtirish usullari qo‘llanildi. Muallif tomonidan Hududiy innovatsion tadbirkorlik indeksi (HITI) ishlab chiqilib, rasmiy statistik ma’lumotlar asosida hisob-kitoblar amalga oshirildi. Natijalar hududlar o‘rtasida sezilarli differensial rivojlanish mavjudligini ko‘rsatdi. Yuqori indeksga ega hududlarda innovatsion infratuzilma va investitsiya konsentratsiyasi yuqori bo‘lsa, past indeksli hududlarda institutsional va moliyaviy cheklovlar mavjud. Maqolada innovatsion siyosatni hududiy differensial yondashuv asosida takomillashtirish bo‘yicha strategik takliflar ishlab chiqildi

02/13/2026
  • PDF
428-434 44 15
JANUBIY KOREYADA TURIZM INFRATUZILMASI TAHLILI
Asilbek Tohirov

Ushbu tadqiqot ishida Janubiy Koreyada turizm infratuzilmasi tahlili o‘rganilib, mamlakatning transport tarmoqlari, raqamli (smart) xizmatlar, ekologik monitoring va favqulodda holatlarga moslashuvchanlik komponentlarini o‘z ichiga olgan kompleks yondashuv asosida infratuzilma holatini baholashni ko‘zlaydi. Tadqiqotda transport infratuzilmasi, internet va 5G qamrovi, smart tourism ilovalari, kiberxavfsizlik, yashil infratuzilma va pandemiayagacha hamda undan keyingi moslashuv (resilience) omillari tahlil qilinadi. Shu bilan birga, mintaqaviy nomutanosiblik va raqamli inklyuzivlik muammolari ham yoritiladi. yaxshilash bo‘yicha amaliy choralar tahlil qilinadi. Tadqiqotdan asosiy maqsad Janubiy Koreya turizm infratuzilmasini integratsiyalashgan baholash modeliga asoslanib o‘rganish, mavjud kuchli va zaif tomonlarni aniqlash va favqulodda vaziyatlarda moslashuvchanlikni oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. Shuningdek, ushbu tadqiqot siyosatchilar va davlat boshqaruvi organlari, turizm sohasi operatorlari va raqamli platformalar egalari, akademik tadqiqotchilar va oliy ta’lim muassasasi talabalari, mahalliy jamoalar va mintaqaviy rivojlanish mutaxassislari hamda  ekologiya va atrof-muhitni boshqarish tashkilotlari va urbanizatsiyani rivojlantiruvchi soha mutaxasislari uchun muhim hisoblanadi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi turizm infratuzilmasini transport, smart xizmatlar, ekologik monitoring va resilience komponentlarini birlashtirgan baholash modeli va empirik indikatorlar to‘plamini ishlab chiqish orqali mavzuga yangi nazariy va amaliy hissa qo‘shadi.

07/03/2025
  • PDF
848-857 88 59
TURIZM INFRATUZILMASINING MAZMUNI, MOHIYATI VA O‘ZIGA XOSLIGI
Asilbek Tohirov

Ushbu tadqiqot ishida turizm infratuzilmasi mazmuni tahlili o‘rganilib, mamlakatning transport tarmoqlari, raqamli (smart) xizmatlar, ekologik monitoring va favqulodda holatlarga moslashuvchanlik komponentlarini o‘z ichiga olgan kompleks yondashuv asosida infratuzilma holatini baholashni ko‘zlaydi. Tadqiqotda transport infratuzilmasi, smart tourism ilovalari, yashil infratuzilma va pandemiyagacha hamda undan keyingi moslashuv (resilience) omillari tahlil qilinadi. Shu bilan birga, mintaqaviy nomutanosiblik va raqamli inklyuzivlik muammolari ham yoritiladi, yaxshilash bo‘yicha amaliy choralar tahlil qilinadi. Tadqiqotdan asosiy maqsad turizm infratuzilmasini integratsiyalashgan baholash modeliga asoslanib o‘rganish, mavjud kuchli va zaif tomonlarni aniqlash va favqulodda vaziyatlarda moslashuvchanlikni oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. Shuningdek, ushbu tadqiqot   siyosatchilar va davlat boshqaruvi organlari, turizm sohasi operatorlari va raqamli platformalar egalari, akademik tadqiqotchilar va oliy ta’lim muassasasi talabalari, mahalliy jamoalar va mintaqaviy rivojlanish mutaxassislari hamda  ekologiya va atrof-muhitni boshqarish tashkilotlari va urbanizatsiyani rivojlantiruvchi soha mutaxasislariga ahamiyatli hisoblanadi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi turizm infratuzilmasini transport, smart xizmatlar, ekologik monitoring va moslashuv komponentlarini birlashtirgan baholash modeli va empirik indikatorlar to‘plamini ishlab chiqish orqali mavzuga yangi nazariy va amaliy hissa qo‘shadi

09/16/2025
  • PDF
82-89 146 63
HUDUDLARDAGI SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI RIVOJLANTIRISHNING IQTISODIY TAHLILI
Azamat Eshmurodov

Maqolada hududlardagi sanoat korxonlarining ishlab chiqarish qobiliyatini oshirish va yangi infratuzulmalarni joriy etish hozirgi kundagi dolzarb mavzulardan biri ekanligi, sanoat tizimida yangi innovatsiyalarni qo‘llash yordamida erishiladigan natijalar tasnifi, iqtisodiy-matematik modellashtirish tarkibi, iqtisodiy-matematik modellashtirishni amalga oshirishda qo‘llaniladigan algoritmik texnologiyalar, iqtisodiy-statistik usullar va tahlil vositalari tarkibi, matematik modellashtirish va optimallashtirish asosida foydalanish mexanizmini tashkil etish hamda sanoatni rivojlantirishda yangi qaror qabul qilish manbalarini ilmiy asoslash talablari nazariy jihatdan yoritilib berilgan va bu bo‘yicha xulosa va takliflar berilgan

10/21/2025
  • PDF
564-571 63 41
KAPITAL QIYMATINI YAXSHI KORPORATIV BOSHQARUV DASTAKLARI ORQALI OSHIRISH
Bobur

Ushbu maqolada yaxshi korporativ boshqaruv dastaklarini tizimli ravishda qo‘llashning aksiyadorlik jamiyatlarining kapital qiymatiga ta’siri o‘rganiladi. O‘zbekistonning yetakchi listingdagi kompaniyalari bo‘yicha empirik ma’lumotlardan foydalanilgan holda, kuzatuv kengashi mustaqilligi, audit qo‘mitalari, dividend siyosati, gender xilma-xilligi va manfaatdor tomonlar bilan muloqotni o‘z ichiga olgan integratsiyalashgan model taklif etiladi. Regressiya tahlili ushbu boshqaruv mexanizmlarining birgalikda qo‘llanishining Tobin Q ko‘rsatkichiga ijobiy ta’sir qiladi va bu agentlik nazariyasi, resursga asoslangan yondashuv hamda manfaatdor tomonlar nazariyasi doirasidagi ilmiy asoslarni tasdiqlaydi.

04/18/2025
  • PDF
543-552 158 36
HUDUDIY RIVOJLANISH SALOHIYATINI BAHOLASH VA BARQAROR RIVOJLANISH STRATEGIYALARINI SHAKLLANTIRISHNING ILMIY ASOSLARI
Baxtiyor Ma’murov

Maqolada hududiy rivojlanish salohiyatini baholash va barqaror rivojlanish strategiyalarini shakllantirishning ilmiy asoslari yoritilib, “hududiy salohiyat” tushunchasi tabiiy, iqtisodiy, demografik, infratuzilmaviy hamda institutsional komponentlarning o‘zaro integratsiyasi sifatida talqin etiladi. Tadqiqotda hududiy salohiyatning dinamik xarakteri asoslanib, uni bir martalik hisob-kitob emas, balki muntazam monitoring va qayta baholashni talab qiluvchi jarayon sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, hududlar o‘rtasidagi tafovutlar (konsentratsiya, ixtisoslashuv, investitsiya oqimlari, tarmoqlar diversifikatsiyasi va ekologik cheklovlar) misolida differensial strategik yondashuv zarurligi ilmiy jihatdan asoslanadi. Jadval tahlillari hududiy iqtisodiy transformatsiya jarayonlari va “o‘sish nuqtalari” shakllanishini ko‘rsatib, salohiyatni kompleks baholash strategik ustuvorliklarni aniq belgilash, resurslarni manzilli taqsimlash va barqaror rivojlanishning muvozanatli modelini ta’minlash uchun metodologik poydevor ekanligini tasdiqlaydi

02/19/2026
  • PDF
470-482 35 13
AKSIYADORLIK JAMIYATLARDA RAQAMLI BOSHQARUVNI BAHOLASHNING METODOLOGIK YONDASHUVLARI
Farxod Shonazarov

Maqolada transformatsiyalashuv sharoitida bank aksiyadorlik jamiyatlarida raqamli boshqaruvning iqtisodiy mohiyati tadqiq etiladi. Raqamli boshqaruvni faqat avtomatlashtirish yoki axborot texnologiyalarini joriy etish bilan cheklab bo‘lmasligi, balki u qaror qabul qilish sifati, risklarni boshqarish, komplayens va moliyaviy barqarorlikka ta’sir ko‘rsatuvchi data-driven boshqaruv tizimi ekani asoslanadi. Tadqiqotda DESI va EGDI kabi makrodarajadagi indekslarning korporativ boshqaruv samaradorligini baholashdagi cheklovlari aniqlanadi. Ushbu bo‘shliqni bartaraf etish maqsadida raqamli boshqaruvni iqtisodiy natijalar bilan bog‘lovchi mualliflik indikatorlar tizimi va integral baholash modeli taklif etiladi. Natijalar bank amaliyoti uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi

04/20/2026
  • PDF
289-295 6 3
MINTAQA IQTISODIYOTINI BARQAROR RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYANING O‘RNI VA AHAMIYATI
Ulug‘bek Turdiyev

Mazkur maqolada mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda raqamli transformatsiyaning o‘rni va ahamiyati nazariy hamda metodologik jihatdan tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar sun’iy intellekt, big data, bulutli hisoblash, IoT va elektron platformalarning hududiy iqtisodiy tizimlarga ta’siri o‘rganilib, ularning resurslardan samarali foydalanish, ishlab chiqarish unumdorligini oshirish, investitsion jozibadorlikni kuchaytirish hamda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdagi roli asoslab beriladi. Tadqiqotda mintaqaviy rivojlanishda raqamli transformatsiyaning institutsional, iqtisodiy va ijtimoiy jihatlari integratsiyalashgan yondashuv asosida ko‘rib chiqiladi. Olingan natijalar mintaqaviy siyosatni raqamlashtirish orqali hududlararo tafovutlarni kamaytirish va barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish imkoniyatlarini ko‘rsatadi.

12/20/2025
  • PDF
571-579 64 33
1 - 9 from 9

So'rov yuborish

So'rov yuborish

Til

  • English
  • Русский
  • Uzbek

Axborot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Indeksatsiya

 




 

 

               

 

 

 

Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar
 

KONTAKTLAR:

phone(+998) 94 643 30 39

maile-itt@mail.ru

telegram@e_itt_manager

 
NAVIGATSIYA:
Joriy nashr Arxivlar Jurnal haqida Kontaktlar
 
© Copyright 2026 Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer