Фаолият юритаётган тўқимачилик саноати корхоналарининг иқтисодий барқарорлигини таъминлаш ишлаб чиқариш жараёнларида бевосита ҳамда билвосита иштирок этувчи ҳамда фаолиятнинг асосий ташкил этувчи омилларидан ҳисобланган ресурсларга боғлиқдир. Мазкур мақола корхонада иқтисодий барқарорликни таъминловчи иқтисодий ресурсларнинг таркибий тузилмасини тадқиқ этишга қаратилган бўлиб, ҳар бир ресурснинг иқтисодий жараёнларга нисбатан таъсир доираси ёритилган.
Maqolada mehnat resurslari toʻgʻrisidagi olimlarning nazariy qarashlari, Oʻzbekiston Respublikasi doimiy aholisining hududlar boʻyicha taqsimlanishi, oʻsish tendensiyasi, mehnat resurslarining iqtisodiy faol va nofaol aholi boʻyicha taqsimlanishi, ularning mintaqalardagi oʻsish tendensiyalari, iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha taqsimlanishi haqida fikr yuritiladi.
Мазкур мақолада ўйинчоқ ишлаб чиқариш корхоналарида ташкилий-иқтисодий самарадорликни баҳолаш ҳамда кадрлар сиёсати самарадорлигини таҳлил қилиш масалалари ўрганилган. Тадқиқот объекти сифатида “Green Line Toys” МЧЖ ва “Toys City” МЧЖ корхоналари фаолияти танлаб олинган бўлиб, уларнинг 2021–2025 йиллар давомидаги ишчи кучи таркиби, ёш ва лавозимлар бўйича тузилмаси, иш ҳақи сиёсати, бошқарув харажатлари ҳамда молиявий натижалари таҳлил қилинган. Тадқиқот жараёнида иқтисодий-статистик, қиёсий ва динамик таҳлил усулларидан фойдаланилган. Олинган натижалар ишчи кучи сони ва таркибидаги кескин ўзгаришлар, айниқса автоматлаштириш жараёнлари кучайган даврларда, корхоналарнинг молиявий барқарорлиги ва рентабеллигига бевосита таъсир кўрсатишини кўрсатди
Ушбу мақолада аҳоли турмуш даражасини ошириш масаласига алоҳида эътибор қаратилган. Аҳолини давлат томонидан ижтимоий ҳимоя тадбирларини амалга ошириш учун олдиндан тезкор чоралар кўриш заруриятини ҳисобга олган ҳолда ҳозирги замон илмий техникасида яратилган автоматлаштирилган бошқарув тизимларидан фойдаланиб, аҳоли турмуш даражасини ривожлантириш жараёнлари моделини ишлаб чиқиш ҳамда ушбу моделнинг аҳоли турмуш даражасининг тўғри тақсимотини яратишдаги ўрни бўйича таклиф ва тавсиялар берилган
Ushbu maqоlada mehnat migratsiyasining zamоnaviy ilmiy tadqiqоtlardagi оʻrni, unga berilgan asоsiy taʼriflar va uning ijtimоiy-iqtisоdiy rivоjlanishga kоʻrsatadigan kоʻp qirrali taʼsiri tahlil qilinadi. Tadqiqоtda migratsiyani shakllantiruvchi оmillar tizimlashtirilib, mehnat bоzоridagi tengsizlik mavjudligi aniqlangan, migratsiya jarayоnlarining uzluksizligi amalga оshishiga tоʻxtalinib, migratsiyani tartibga sоlish chоra-tadbirlarni amalga оshirish bоʻyicha takliflar ishlab chiqilgan
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi kimyo sanoatining rivojlanish tendensiyalari, ishlab chiqarish hajmi dinamikasi va ushbu jarayonni modellashtirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda Cobb–Douglas ishlab chiqarish funksiyasi asosida ishlab chiqarish hajmining investitsiyalar va bandlik darajasiga nisbatan elastikligi empirik jihatdan baholandi. 2010–2023 yillar oralig‘idagi statistik ma’lumotlar asosida klassik chiziqli regressiya modeli tuzilib, Stata dasturida tahlillar o‘tkazildi. Regressiya natijalari asosida ishlab chiqarish hajmining o‘sishi ko‘proq mehnat resurslarining oshishiga bog‘liqligi aniqlandi. Bundan tashqari, AR modeli yordamida 2024–2028 yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari hisoblandi va kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining barqaror o‘sishi ko‘rsatildi. Tadqiqot natijalari kimyo sanoatini strategik boshqarishda hamda investitsiya siyosatini shakllantirishda muhim amaliy ahamiyatga ega.
Mazkur tadqiqotda xizmat ko‘rsatish sohasida kadrlar salohiyatini oshirish mexanizmlarini takomillashtirishning nazariy va uslubiy asoslari chuqur o‘rganiladi. Xususan, xizmat ko‘rsatish tizimining o‘ziga xos xususiyatlari, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan kadrlarni shakllantirish zarurati hamda mehnat resurslaridan samarali foydalanish omillari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida xorijiy tajribalar o‘rganilib, ularning milliy sharoitga moslashtirilgan modellar asosida qo‘llash imkoniyatlari aniqlanadi. Shuningdek, xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida malaka oshirish tizimini isloh qilish, kasbiy kompetensiyani baholash mezonlari va innovatsion yondashuvlar asosida samarali mexanizmlarni ishlab chiqish bo‘yicha nazariy takliflar ilgari suriladi. Tadqiqot natijalari xizmat ko‘rsatish sohasidagi inson kapitalini rivojlantirish va raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.