Mazkur tadqiqot oliy ta’lim tizimida faol o‘qitish modellarini joriy etish jarayonida muvaffaqiyatni belgilovchi asosiy omillarni aniqlashga bag‘ishlangan. Tadqiqotda faol o‘qitish modellarining (problem-based learning, project-based learning, collaborative learning, flipped classroom) pedagogik mohiyati, ularni amaliyotga joriy etish shart-sharoitlari va samaradorligini ta’minlovchi institutsional, metodik hamda texnologik omillar tahlil qilinadi. Xorijiy va mahalliy ilmiy adabiyotlar asosida muvaffaqiyat omillarining tizimli modeli shakllantiriladi. Tadqiqot natijalari oliy ta’limda ta’lim sifatini oshirish va kompetensiyaga asoslangan yondashuvni samarali joriy etishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega
Mazkur maqolada texnologik ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning texnik ijodkorlik kompetentligini shakllantirish jarayonini takomillashtirish uchun zarur bo‘lgan didaktik shart-sharoitlar tahlil qilinadi. Unda zamonaviy ta’lim vositalari, interfaol metodlar, o‘quv muhiti, loyiha asosida o‘qitish, texnologik ta’lim mazmuni va metodikasining o‘ziga xos jihatlari yoritiladi. Maqolada talabalarni texnik-texnologik ijodga yo‘naltirishga xizmat qiluvchi didaktik mexanizmlar nazariy va amaliy nuqtai nazardan asoslab berilgan.