Mazkur ilmiy tadqiqot ishida zamonaviy raqamli texnologiyalarni taʼlim jarayoniga integratsiya qilish, taʼlim texnologiyalaridan (EduTech) dars jarayonlarida samarali foydalanish, ularning taʼlim mazmuni va sifatiga taʼsiri yuzasidan oʻrganishlar oʻtkazilgan. Shuningdek, zamonaviy pedagogik dasturiy vositalar, mualliflik vositalari (Authoring tools), taʼlimni boshqarish tizimlar (LMS), sunʼiy intellekt texnologiyalari va shu kabi innovatsion yondashuvlar asosida taʼlim sohasini raqamli transformatsiya qilish istiqbollari muhokama qilingan. Bundan tashqari, ilgʻor xorij tajribasi va taʼlimga oid interfaol platformalarni tahlil qilish orqali, pedagog kadrlar uchun interfaol taʼlim resurslari, multimediali vositalar hamda sunʼiy intellekt yordamida raqamli resurslarni yaratish usullari boʻyicha taklif va tavsiyalar keltirib oʻtilgan.
Mazkur tadqiqot oliy ta’lim tizimida faol o‘qitish modellarini joriy etish jarayonida muvaffaqiyatni belgilovchi asosiy omillarni aniqlashga bag‘ishlangan. Tadqiqotda faol o‘qitish modellarining (problem-based learning, project-based learning, collaborative learning, flipped classroom) pedagogik mohiyati, ularni amaliyotga joriy etish shart-sharoitlari va samaradorligini ta’minlovchi institutsional, metodik hamda texnologik omillar tahlil qilinadi. Xorijiy va mahalliy ilmiy adabiyotlar asosida muvaffaqiyat omillarining tizimli modeli shakllantiriladi. Tadqiqot natijalari oliy ta’limda ta’lim sifatini oshirish va kompetensiyaga asoslangan yondashuvni samarali joriy etishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega
Mazkur maqolada kognitiv ta’lim texnologiyalari asosida o‘quvchilarning muammolarni hal etish qobiliyatlarini shakllantirish bo‘yicha ma’lumot va tavsiyalar berilgan. Shuningdek, muammolarni hal etishda o‘quvchilarda mavjud bo‘lgan qiyinchilik va to‘siqlar haqida to‘xtalib o‘tilgan.
Raqamlashtirish jarayoni ta’lim tizimining har bir bosqichiga sezilarli ta’sir ko‘rsatib, mustaqil ta’lim jarayonlarini takomillashtirishda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining ahamiyatini oshirmoqda. Ushbu maqolada sun’iy intellekt yordamida mustaqil ta’lim jarayonlarini optimallashtirishning asosiy yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Shuningdek, rivojlangan davlatlarning tajribasi asosida SI texnologiyalarining ta’lim jarayoniga integratsiyasining samaradorligi qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari mustaqil ta’limni rivojlantirishda innovatsion yondashuvlar va SI texnologiyalaridan foydalanishning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilashga xizmat qiladi.