Ushbu maqolada o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlarni tashkil etishni takomillashtirish murakkab va ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, tizimli yondashuvni va zamonaviy ta’lim yo‘nalishlarini hisobga olishni talab qilishiga alohida e’tibor qaratilgan. Texnologiyaning jadal rivojlanishi va bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarligiga qo‘yiladigan talablarning kuchayishi sharoitida ushbu mavzuning dolzarbligi tobora oydinlashib bormoqda. O‘quv jarayonini takomillashtirishning asosiy jihatlaridan biri o‘quvchilarning ta’lim faoliyatiga faol jalb etilishiga yordam beruvchi o‘qitishning interfaol usullarini joriy etish ekanligi bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan.
Mazkur maqolada texnologik ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning texnik ijodkorlik kompetentligini shakllantirish jarayonini takomillashtirish uchun zarur bo‘lgan didaktik shart-sharoitlar tahlil qilinadi. Unda zamonaviy ta’lim vositalari, interfaol metodlar, o‘quv muhiti, loyiha asosida o‘qitish, texnologik ta’lim mazmuni va metodikasining o‘ziga xos jihatlari yoritiladi. Maqolada talabalarni texnik-texnologik ijodga yo‘naltirishga xizmat qiluvchi didaktik mexanizmlar nazariy va amaliy nuqtai nazardan asoslab berilgan.
Mazkur maqolada oliy taʼlim muassasalarida menejerlarni tayyorlash jarayonida kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishning dolzarb masalalari hamda ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalanish yo‘nalishlari tahlil qilingan. Menejer kadrlarning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun kasbiy, kommunikativ va konseptual kompetensiyalar zarurligi asoslab berilgan. Shu bilan birga, АQSh, Yevropa va Sharq mamlakatlari tajribasida taʼlim jarayonida innovatsion o‘qitish texnologiyalari, amaliyotga yo‘naltirilgan dasturlar va interfaol usullar keng qo‘llanilishi taʼkidlangan. Ushbu tajribalarni milliy taʼlim tizimiga tatbiq etish menejerlarni raqobatbardosh va strategik fikrlay oladigan mutaxassis sifatida shakllantirishga xizmat qiladi