• Ro‘yxatdan o‘tish
  • Kirish
Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar
  • Hozirgi
  • Arxivlar
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Maxfiylik bayonoti
    • Aloqa
    • Talablar
    • Taqriz
    • To‘lov
    • Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil
    • Nashrlar
  1. Uy
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

##search.searchResults.foundPlural##
OʻZBEKISTON TRANSPORT XIZMATLARI BOZORINING HOLATI VA TARMOQ DINAMIKASI
Elbek Xodjaniyazov

Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasi transport xizmatlari bozorining 2020–2025 yillar davridagi holati va tarmoq dinamikasi tahlil qilingan. Tadqiqotda Milliy statistika qoʻmitasining rasmiy ma’lumotlari, Jahon bankining Logistika samaradorligi indeksi (LPI) hisobotlari hamda tarkibiy va dinamik taqqoslama tahlil metodlari qoʻllanilgan. Natijalarda transport xizmatlarining YaIMdagi ulushi, transport turlari boʻyicha tarkibiy oʻzgarishlar, sarmoyalar hajmining oʻsishi va bozor raqobatbardoshligini oshirishga yoʻnaltirilgan islohotlar aks ettirilgan. SWOT-tahlil asosida tarmoqning kuchli va zaif tomonlari, imkoniyatlari va tahdidlari belgilab oʻtilgan

06/17/2026
  • PDF
572-578 85 30
O‘ZBEKISTON POCHTA ALOQASI KORXONALARIDA RAQAMLASHTIRISH JARAYONLARINING IQTISODIY SAMARADORLIGINI BAHOLASH (“O‘ZBEKISTON POCHTASI” AJ MISOLIDA)
Gulom Mamatkulov

Maqolada “O‘zbekiston pochtasi” AJ va uning hududiy filiallarida 2020–2025-yillar davomida xizmatlar tarkibi, hududiy ko‘rsatkichlar va raqamlashtirish samaradorligi dinamikasi tahlil qilindi. Tadqiqotda statistik jadvallar, hududiy taqqoslashlar va integral samaradorlik ko‘rsatkichlari asos qilib olindi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, davriy nashrlar va yozma xat-xabarlar hali ham xizmatlar portfelida muhim o‘rin egallaydi, biroq ularning uzoq muddatli o‘sish salohiyati cheklangan. Elektron pul o‘tkazmalari ulushining keskin pasayishi pochta tizimining fintech va mobil bank xizmatlari bilan raqobatda qiymat taklifini qayta ko‘rib chiqishi zarurligini ko‘rsatadi. Aksincha, posilka jo‘natmalari, yetkazib berish tezligi, mijozlar qoniqishi va raqamli buyurtmalar ulushidagi ijobiy siljishlar pochta tizimini elektron tijorat logistikasi va raqamli platforma modeliga bosqichma-bosqich o‘tkazish imkoniyatini tasdiqlaydi. Maqolada hududiy klasterlash, minimal raqamli standartlar, KPI/SLA monitoringi va logistika-moliyaviy xizmatlar integratsiyasini kuchaytirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqildi

05/06/2026
  • PDF
3-10 118 91
IQTISODIY TARMOQ KORXONALARIDA ALOHIDA HISOB SIYOSATINI YURITISHNING O‘ZIGA XOSLIGI VA ILMIY YONDASHUVLARI
Jasurbek Qodirov

Ushbu maqolada iqtisodiy tarmoqlarda alohida hisob siyosatini yuritishning nazariy va amaliy jihatlari, uning xalqaro va milliy standartlarga moslashuvi hamda sohaga xos yondashuvlarning ahamiyati yoritilgan. O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot tizimini isloh qilish, xususan IFRS standartlarini bosqichma-bosqich joriy etish jarayonlari tahlil qilingan. Tadqiqotda qishloq xo‘jaligi, sanoat, xizmat ko‘rsatish va bank-moliya sektorlarida hisob siyosatining o‘ziga xos xususiyatlari, muammolar va imkoniyatlar ko‘rib chiqilgan. Xalqaro va milliy tajribalar qiyoslanib, sohaga mos metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.

08/20/2025
  • PDF
440-444 146 105
TIJORAT BANKLARINING KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISHDAGI ISHTIROKINI OSHIRISH YO‘LLARI
Axror Butayev

Mazkur maqolada tijorat banklarining kambag‘allikni qisqartirish jarayonidagi ishtirokini oshirish masalalari tahlil qilinadi. Banklarning kredit siyosati, moliyaviy inklyuziya, mikroqarzlar va ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish orqali kambag‘allikni kamaytirishdagi o‘rni muhokama qilinadi. Shuningdek, xalqaro tajribalar asosida tijorat banklarining ijtimoiy mas’uliyatini kuchaytirish va moliyaviy xizmatlarning ommabopligini oshirish yo‘llari taklif etiladi.

04/18/2025
  • PDF
526-534 134 79
O‘ZBEKISTON MOLIYA BOZORIDA TIZIMLARARO RAQOBATNING SHAKLLANISHI VA DUALISTIK MOLIYAVIY MODELNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
Ruhiddin Zayniddinov

Mazkur tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston moliya bozorida dualistik moliyaviy tizimning joriy etilishi orqali instrumentlararo, institutlararo, sektorlararo va tizimlararo raqobatning shakllanish jarayonini tahlil qilishdan iborat. Tadqiqotda sifat yondashuvi asosida dualistik modelning institutsional, huquqiy va iqtisodiy muhitga ta’siri hamda ushbu tizimning raqobatni kuchaytirishdagi imkoniyatlari o‘rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, moliya bozorida diversifikatsiya yetarli darajada shakllanmagani, moliyalashtirish manbalari deyarli to‘liq bank tizimiga tayanayotganini ko‘rsatadi. Shuningdek, dualistik moliya tizimi raqobatning yangi shaklini tizimlararo raqobatni vujudga keltirishi, moliyaviy xizmatlar segmentida samaradorlikni oshirishi va moliya bozorining diversifikatsiyasiga xizmat qilishi aniqlangan. Ushbu tizimning tatbiqi uchun zarur institutsional shart-sharoitlar, infratuzilma talablari va bozorni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar asoslab berilgan

12/04/2025
  • PDF
401-417 157 131
RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA OʻZBEKISTON TOʻLOV TIZIMINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI VA YOʻNALISHLARI
Matluba Abdurahmonova

Maqolada toʻlov tizimini rivojlantirishning asosiy masalalari zamonaviy xorijiy tajriba asosida oʻrganilgan hamda uning Oʻzbekistonda qoʻllanish imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, raqamli iqtisodiyot sharoitida Oʻzbekiston Respublikasi toʻlov tizimining holati, muammolari va rivojlanish istiqbollariga kompleks tahlil asosida aniqlik kiritilgan. Oʻtkazilgan tadqiqotlar asosida Oʻzbekiston Respublikasida toʻlov tizimini takomillashtirish boʻyicha amaliy takliflar va ilmiy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

06/13/2025
  • PDF (Russian)
440-447 140 92
RAQAMLI IQTISODIYOTNING RIVOJLANISHIDA AHOLINING MOLIYAVIY SAVODXONLIGINI TA’MINLASH
Abrorova Ra’no, Tolibjonova Ra’no

Maqolada raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda aholining moliyaviy savodxonlik darajasining o‘rni va ahamiyati, xorijiy va mahalliy olimlarning bu boradagi fikr va mulohazalari, moliyaviy savodxonlikni oshirish yo‘nalishlari, moliyaviy xizmatlar hajmining ortishi natijasida iqtisodiyot tarmoqlarining yanada rivojlantirish maslalari tahlil qilindi. Ilmiy izlanishlar natijasida tegishli tartibda xulosa va takliflar keltirib o‘tildi.

11/21/2024
  • PDF
20-27 148 82
TIJORAT BANKLARI FAOLIYATINI RAQAMLASHTIRISH VA EKONOMETRIK MODELLASHTIRISHNING METODOLOGIK ASOSLARI
Quvonchbek Rahimberdiev

Ushbu maqolada tijorat banklari faoliyatida innovatsion jarayonlarning samaradorligini oshirish va raqobatbardoshlikni ta’minlashda raqamli texnologiyalar va blockchain tizimlarini joriy etishning ahamiyati yoritilgan. Bank kreditlash tizimini raqamlashtirish jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalarining, xususan, blokcheyn platformalarining roli, ularning funksional imkoniyatlari, xavfsizlik darajasi va foydalanish samaradorligi tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada iqtisodiyotni raqamlashtirish tendensiyalari, mobil va internet xizmatlarining kengayishi, AKT sektorining YaIMdagi ulushi va elektron savdo rivojlanishi batafsil yoritilgan. Iqtisodiy jarayonlarni baholash va prognoz qilishda iqtisodiy-matematik (ekonometrik) modellardan foydalanish zarurligi asoslab berilgan.

06/24/2025
  • PDF (English)
621-629 170 89
TIJORAT BANKLARI KREDITLARINING DAROMADLILIGINI TA’MINLASHNING DOLZARB MASALALARI
Abbos Sheraliev

Xalqaro bank amaliyotida tijorat banklarining rentabelligini ta’minlash muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bu nafaqat ularning moliyaviy barqarorligini saqlashga, balki bozor sharoitida raqobatbardoshligini oshirishga ham xizmat qiladi. Rentabellik darajasi yuqori bo‘lgan banklar o‘z moliyaviy vositachilik funksiyasini samaraliroq bajaradi, bu esa ularning iqtisodiyotdagi o‘rni va rolining mustahkamlanishiga olib keladi. Shu bois, dunyoning rivojlangan g‘arb davlatlari amaliyotida tijorat banklarining rentabelligini oshirish va barqarorligini ta’minlash masalalari moliya bozorida ularning raqobatbardoshligini kuchaytirishning eng ustuvor va dolzarb yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘riladi. Ular banklarning samarali faoliyat yuritishi, mijozlarga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishi hamda iqtisodiy rivojlanishga munosib hissa qo‘shishini ta’minlash uchun rentabellikni oshirishga katta e’tibor qaratadilar. Maqolada mamlakat tijorat banklari kreditlarining daromadliligini ta’minlashga qaratilgan ilmiy takliflar ishlab chiqilgan.

06/09/2025
  • PDF
328-333 146 94
ALTERNATIV MOLIYA BOZORI: “ISLOM DARCHA”LARI FAOLIYATINING MAMLAKATLAR MOLIYAVIY SEKTORIGA TA’SIRI
Umidjon Dadabayev

Ushbu maqolada alternativ moliya bozorining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblangan “Islom darchalari” faoliyatining mamlakatlar moliyaviy sektoriga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotda “Islom darchalari” konsepsiyasi, ularning an’anaviy banklar tarkibida tashkil etilishining iqtisodiy samaradorligi, moliyaviy inklyuzivlikni oshirishdagi roli va Shariat tamoyillariga mos xizmatlarni taqdim etish orqali bozor talabiga javob berish imkoniyatlari o‘rganiladi. Shuningdek, ushbu mexanizmning rivojlanayotgan mamlakatlardagi bank sektori barqarorligiga va xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga ta’siri tahlil qilinadi. Maqola tajriba asosidagi empirik natijalar va nazariy yondashuvlarni birlashtirgan holda “Islom darchalari”ning global moliyaviy bozordagi istiqbollarini ham yoritadi.

02/09/2025
  • PDF
129-138 147 64
ТАЪЛИМ ХИЗМАТЛАРИНИ МОЛИЯЛАШТИРИШДА ДАВЛАТ-ХУСУСИЙ ШЕРИКЧИЛИК МУНОСАБАТЛАРИНИНГ АҲАМИЯТИ ВА ЗАРУРИЯТИ
Салим Дусанов

Мақолада таълим тизимида давлат-хусусий шерикчилик, молиялаштириш масалалари, муаммолари ҳамда  унинг аҳамияти кўрсатиб ўтилган. Шу билан бир қаторда таълим муассасаларида давлат-хусусий шерикчилик бўйича амалга оширилаётган лойиҳалар, молиявий ресурслар самарадорлиги, давлат-хусусий шерикчиликда молиялаштиришнинг янги имтиёзлари, тижорат банк кредитларини амалиётга жорий этиш берилиши лозим бўлган имтиёзларга таҳлилий ёндашувлар келтирилган.

11/26/2025
  • PDF
162-167 129 69
XIZMAT KO‘RSATISH SOHASINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA JAHON TENDENSIYALARINING O‘RNI
Muhtasar Ziyayeva

Ushbu maqolada xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish bo‘yicha jahon tendensiyalari va ularning zamonaviy iqtisodiyotdagi o‘rni tahlil qilingan. Tadqiqotda qiyosiy tahlil, tizimli yondashuv va statistik metodlar asosida xizmatlar sektorining global dinamikasi o‘rganilgan. Jahon Banki, UNCTAD, WTO va OECD ma’lumotlariga asoslanib, xizmatlar sohasining tarkibiy tuzilishi, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha qiyosiy tahlil, shuningdek, raqamli xizmatlar rivojlanishi va innovatsion texnologiyalar ta’siri ko‘rib chiqilgan. Maqolada O‘zbekiston uchun xizmatlar sohasini rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish va raqobatbardoshlikni ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan

10/31/2025
  • PDF
753-760 134 80
MOLIYA TIZIMI VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
Muhtorjon Yusupov , Xusnida Toshboyeva

Ushbu maqolada moliyaviy boshqaruv va unda zamonaviy axborot texnologiyalarining tadbiq etilishi orqali olinayotgan natijalar haqida fikrlar bildirilgan.  Shuningdek, axborot texnologiyalarining moliya tizimida boshqaruv jarayonlariga tadbiq qilinishi zamonaviy moliyaviy muassasalarning samaradorligini oshirish, xizmatlar sifatini yaxshilash va mijozlar ishonchini qozonishda muhimligi va  moliya tizimida qo‘llanilishining asosiy turlari tavsiflangan.

05/23/2025
  • PDF
27-30 366 136
JISMONIY SHAXSLARNI KREDITLASHGA PSIXOLOGIK OMILLAR TA’SIRINING ILMIY-NAZARIY JIHATLARI
Muxammad Ayubxon Qobilov

Ushbu maqolada jismoniy shaxslarni kreditlashga psixologik omillar ta’sirining ilmiy-nazariy jihatlari tadqiq etilgan boʻlib, bank va moliya tizimlarida kredit tizimini takomillashtirish, kredit xizmatlarini jozibador tarzda taklif qilish hamda kredit to῾loviga layoqatlilikni aniq va ishonchli usullarda aniqlagan holda kredit olishga bo῾lgan talabni oshirish yo’llari aks ettirilgan.

11/21/2024
  • PDF
133-138 109 70
26 - 39 from 39 << < 1 2 

So'rov yuborish

So'rov yuborish

Til

  • English
  • Русский
  • Uzbek

Axborot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Indeksatsiya

 




 

 

               

 

 

 

Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar
 

KONTAKTLAR:

phone(+998) 94 643 30 39

maile-itt@mail.ru

telegram@e_itt_manager

 
NAVIGATSIYA:
Joriy nashr Arxivlar Jurnal haqida Kontaktlar
 
© Copyright 2026 Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer