• Ro‘yxatdan o‘tish
  • Kirish
Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar
  • Hozirgi
  • Arxivlar
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Maxfiylik bayonoti
    • Aloqa
    • Talablar
    • Taqriz
    • To‘lov
    • Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil
    • Nashrlar
  1. Uy
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

##search.searchResults.foundPlural##
ELEKTRON XARIDLAR MEXANIZMINING EVOLYUTSIYASI VA UNING HUQUQIY ASOSLARI
Gulchehra Muminova

Mazkur maqolada elektron xaridlar mexanizmining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari, bu jarayonga ta’sir etuvchi iqtisodiy, texnologik va institutsional omillar tahlil qilingan. Xorijiy olimlarning ilmiy yondashuvlari umumlashtirilgan hamda O‘zbekiston Respublikasida elektron davlat xaridlari tizimining huquqiy asoslari “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 22-apreldagi O‘RQ-684-sonli Qonun doirasida o‘rganib chiqilgan. Tadqiqot natijasida elektron xaridlar mexanizmini rivojlantirishga oid ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

04/30/2026
  • PDF
386-393 70 33
YEVROPA ITTIFOQI MAMLAKATLARIDA IJTIMOIY SUG‘URTA TIZIMI
Nuriddin Javliyev

Ushbu maqola Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida ijtimoiy sugʻurta tizimining asosiy xususiyatlari, tuzilishi, moliyalashtirish mexanizmlari va Yevropa miqyosidagi muvofiqlashtirish qoidalarini tahlil qiladi. Har bir aʼzo davlat oʻz milliy ijtimoiy sugʻurta tizimini mustaqil ravishda shakllantirish huquqiga ega boʻlsa-da, Yevropa Ittifoqi fuqarolarining erkin harakatlanishi va ijtimoiy huquqlarini himoya qilish maqsadida umumiy muvofiqlashtirish qoidalari joriy etilgan. Maqolada ijtimoiy himoya xarajatlarining YaIMdagi ulushi, asosiy yoʻnalishlar  hamda turli ijtimoiy modellar  taqqoslanadi. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, YI mamlakatlarida ijtimoiy sugʻurta tizimi aholini ijtimoiy xatarlardan himoya qilishning samarali mexanizmi boʻlib, ammo aholining qarishi va moliyaviy bosimlar tufayli doimiy islohotlarni talab etadi.

04/20/2026
  • PDF
326-331 88 41
KAPITAL BOZORI NAZARIYASINING RIVOJLANISH TENDENSIYASI VA QONUNIYATLARI
Zokir Sodikov

Ushbu maqolada kapital bozori nazariyasining tarixiy shakllanish jarayoni, zamonaviy rivojlanish tendensiyalari, bozor mexanizmlarining asosiy qonuniyatlari va ularning global moliya tizimidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda diversifikatsiya, risk-rentabellik nisbatlari, narx shakllanish mexanizmlari, axborot shaffofligi, likvidlik va investor xulqi kabi omillar nazariy va amaliy jihatdan o‘rganildi. Shuningdek, rivojlangan va rivojlanayotgan bozorlar o‘rtasidagi farqlar, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektning kapital bozori modeliga ta’siri, O‘zbekiston kapital bozorining zamonaviy rivojlanish xususiyatlari tahlil etildi. Tadqiqot natijalari kapital bozori nazariyasining universalligi bilan birga, har bir mamlakatning institutsional muhitiga moslashtirilishi zarurligini ko‘rsatadi

11/30/2025
  • PDF
272-278 145 94
RAQAMLI TO‘LOV TIZIMLARINING PUL AYLANISH TEZLIGIGA TA’SIRI
Mеxribonu Kayumova , Matlubaxon Xasanova

Ushbu maqolada raqamli to‘lov tizimlarining iqtisodiyotdagi roli, ularning pul muomalasi va pul aylanish tezligiga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil qilinadi. Raqamli to‘lov tizimlari yordamida moliyaviy operatsiyalarning tezkorligi, shaffofligi va xavfsizligi ta’minlanib, naqd pulga bo’lgan ehtiyoj kamayadi.Bu jarayon iqtisodiy rivojlanishga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, pul aylanmasini tezlashtiradi va moliyaviy xizmatlarning ommabop bo‘lishiga yordam beradi. Shuningdek, maqolada elektron to‘lovlar, mobil banking va boshqa raqamli texnologiyalar yordamida iqtisodiy jarayonlarni tezlashtirish imkoniyatlari yoritib beriladi

04/01/2026
  • PDF
104-110 102 71
JISMONIY SHAXSLARGA BANK XIZMATLARI SIFATINI BAHOLASHNING ZAMONAVIY METODOLOGIYASI
Ilxomjon Ibroximov

Mazkur maqolada jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan bank xizmatlari sifatini baholashning zamonaviy metodologik yondashuvlari tadqiq etilgan. Raqamli banklash jarayonlari, omnikanal xizmat ko‘rsatish modeli va mijoz tajribasining ustuvor ahamiyat kasb etishi sharoitida sifatni an’anaviy mezonlar asosida baholash yetarli emasligi asoslab berilgan. Tadqiqotda xizmat sifati ko‘p o‘lchamli iqtisodiy kategoriya sifatida talqin qilinib, funksional samaradorlik, raqamli interfeys qulayligi, kommunikativ aniqlik, xavfsizlik darajasi hamda mijoz sodiqligi indikatorlarini o‘z ichiga oluvchi integrallashgan baholash tizimi taklif etilgan. Shuningdek, subyektiv qoniqish ko‘rsatkichlari bilan obyektiv operatsion parametrlarni uyg‘unlashtirish zarurligi asoslangan. Natijada jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish sifatini monitoring qilish va strategik boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkonini beruvchi zamonaviy metodologik model ishlab chiqilgan

04/01/2026
  • PDF
96-103 105 62
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA XUFIYONA IQTISODIYOTNI QISQARTIRISH BO‘YICHA ILMIY YONDASHUVLAR
Bobir Ismailov

Ushbu maqolada xufiyona iqtisodiyot ko‘lamini qisqartirishda raqamli texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot davomida blokcheyn, sun’iy intellekt va "Big Data" texnologiyalarining soliq ma’murchiligi hamda moliyaviy tranzaksiyalar shaffofligini ta’minlashdagi imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, xalqaro tajriba asosida raqamli ekotizimni rivojlantirish orqali yashirin aylanmalarni qonuniy sektorga o‘tkazish bo‘yicha ilmiy yondashuvlar umumlashtirilgan. Maqola yakunida milliy iqtisodiyotda raqamli transformatsiyani jadallashtirish orqali xufiyona faoliyatni minimallashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ilgari surilgan

03/12/2026
  • PDF
605-614 88 59
ДАВЛАТ БУЮРТМАЧИЛАРИНИНГ ХАРИД ФАОЛИЯТИ САМАРАДОРЛИГИНИ БАҲОЛАШ
Шерзод Ризакулов

Давлат буюртмачилари томонидан амалга ошириладиган харид фаолияти самарадорлиги бюджет маблағларидан оқилона фойдаланиш ва жамоат молияси тизими самарадорлигини оширишда муҳим омил ҳисобланади. Иқтисодиётни рақамлаштириш жараёнлари жадаллашиб бораётган ҳамда институционал муҳит мураккаблашаётган шароитда харидларнинг самарадорлигини фақат молиявий натижалар асосида эмас, балки жараёнли, кадрлар ва стратегик жиҳатларни ҳам ҳисобга олган ҳолда комплекс баҳолаш зарурати ортиб бормоқда. Мазкур мақолада давлат буюртмачилари харид фаолияти самарадорлигини баҳолашга оид назарий ва методологик ёндашувлар кўриб чиқилган. Хорижий тадқиқотлар таҳлили асосида молиявий кўрсаткичлар билан чекланиб қолган ёндашувлардан иқтисодий, жараёнли, институционал ва меҳнат параметрларини ўзида мужассам этган кўп қиррали кўрсаткичлар тизимига ўтишнинг зарурлиги асослаб берилган. Харид бўлинмалари фаолиятидаги операцион харажатлар, ходимлар меҳнат унумдорлиги, етказиб берувчилар таркиби ва уларнинг концентрация даражасини тавсифловчи кўрсаткичларга алоҳида эътибор қаратилган. Таклиф этилган кўрсаткичлар тизими харид фаолияти самарадорлигини ошириш захираларини аниқлаш, молиявий ва меҳнат ресурсларидан фойдаланишни оптималлаштириш, шунингдек харид жараёнларининг шаффофлиги ва бошқарувчанлигини кучайтириш имконини беради. Тадқиқот натижалари давлат буюртмачилари фаолиятида KPIларни шакллантириш, мониторинг механизмларини такомиллаштириш ҳамда давлат харидлари тизимини ривожлантириш стратегияларини ишлаб чиқишда қўлланилиши мумкин

02/13/2026
  • PDF (Russian)
410-419 110 60
KICHIK BIZNESNI NAQD PULSIZ KO‘RINISHGA O‘TKAZISHNING AFZALLIKLARI
Mirkomil Boboyorov

Ushbu maqolada kichik biznesni naqd pulsiz ko‘rinishga o‘tkazishning iqtisodiy va tashkiliy afzalliklari o‘rganildi. Xitoy, Yaponiya va Germaniya tajribalari asosida 2020–2024 yillar davomida raqamli to‘lov tizimlari rivojlanishining kichik biznes faoliyatiga ta’siri tahlil qilindi. Shuningdek, O‘zbekistonda kichik biznesni raqamli to‘lovlarga o‘tkazishning istiqbollari va ijobiy natijalari haqida ham fikr yuritildi. Tadqiqot natijalari naqd pulsiz operatsiyalarning moliyaviy shaffoflik, xarajatlarni qisqartirish, soliq bazasini kengaytirish va mijozlar sodiqligini oshirishga xizmat qilishini ko‘rsatdi

02/03/2026
  • PDF
136-142 118 128
ESG SHAFFOFLIGINING XALQARO RAQOBATBARDOSHLIKKA TA’SIRI: OSIYO VA YEVROPA ITTIFOQI BANKLARI BO‘YICHA PANEL TADQIQOT
Mashkhurbek Jalalov

Ushbu tadqiqot Markaziy Osiyo tijorat banklari orasida ESG (Ekologik, Ijtimoiy va Boshqaruv) hisobot berish sifati bilan xalqaro raqobatbardoshlik o‘rtasidagi bog‘liqlikni Yevropa Ittifoqi (YI) institutlarining moslashtirilgan namunasi bilan solishtirib o‘rganadi. Barqarorlik hisobotlarini tahlil qilish (2018–2024), yangi ESG hisobot berish sifati indeksi (EDQI) hamda 495 ta bank-yil kuzatuvlariga asoslangan panel regressiya analizi kabi aralash usullardan foydalangan holda, Markaziy Osiyo banklarining ekologik, ijtimoiy va boshqaruv sohalaridagi ESG shaffofligi YI mamlakatlari banklariga qaraganda ancha past ekanligi aniqlandi. Ahamiyatlisi, yuqori sifatli ESG hisobot berish chet el investitsiyalarining oqishini, yevrobond chiqarish ehtimolini, chet el mulkdorligini va kredit reytingini sezilarli darajada oshirish bilan mustahkam bog‘langan – bankning asosiy ko‘rsatkichlari va institutsional sifat nazorat qilinganidan keyin ham. Ayniqsa, ESG shaffofligining chegaraviy foydasi Markaziy Osiyoda YIga qaraganda ancha kuchliroq, bu shuni ko‘rsatadiki, bunday axborot kam uchraydigan rivojlanayotgan bozorlarda ishonchli hisobot berish muhim signal beruvchi mexanizm vazifasini bajaradi. Ushbu natijalar Markaziy Osiyo mamlakatlari nazorat organlari va banklari tomonidan moliyaviy integratsiyani va investorlarning ishonchini oshirish maqsadida global ESG hisobot berish standartlarini (masalan, ISSB, TCFD) qabul qilishni qo‘llab-quvvatlaydi.

01/20/2026
  • PDF (English)
35-47 150 109
INVESTITSIYA MUHITI JOZIBADORLIGIDA SOLIQ SIYOSATINING O‘RNI
Roza Xudaybergenova

Mazkur maqolada investitsiya muhiti jozibadorligini ta’minlashda soliq siyosatining tutgan o‘rni va ahamiyati ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Soliq tizimining barqarorligi, shaffofligi, soliq yukining darajasi va soliq imtiyozlarining investitsiya faolligiga ta’siri o‘rganiladi. Shuningdek, investorlar qaror qabul qilish jarayonida soliq siyosatining rag‘batlantiruvchi mexanizmlaridan foydalanish imkoniyatlari yoritib beriladi. O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan soliq islohotlarining investitsiya muhitini yaxshilashdagi roli tahlil qilinib, soliq siyosatini takomillashtirish orqali investitsiyalarni jalb etish samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy xulosalar va takliflar ishlab chiqiladi.

12/20/2025
  • PDF
654-662 117 66
MILLIY IQTISODIYOTNING TURLI SOHALARIDA BLOKCHEYN TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH YO‘LLARI
Fazilat Jomonqulova

Ushbu ilmiy maqola milliy iqtisodiyotning turli sohalarida blokcheyn texnologiyasining qo‘llanilishini tahlil qiladi. Maqolada blokcheynning iqtisodiyotdagi afzalliklari, markazlashmagan boshqaruv tizimi, xavfsizlik va shaffoflik imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, texnologiyaning moliya, sanoat, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa sohalarda qo‘llanilishi hamda O‘zbekiston tajribasi ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotning dolzarbligi shundaki, blokcheyn texnologiyasi milliy iqtisodiyotning samaradorligini oshirish va raqamli transformatsiyani rag‘batlantirish imkonini beradi

12/20/2025
  • PDF
642-647 97 58
ДАВЛАТ БЮДЖЕТИ МАБЛАҒЛАРИНИНГ МАҚСАДЛИ САРФЛАНИШИНИ ТАЪМИНЛАШДА НАЗОРАТ МЕХАНИЗМЛАРИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШНИНГ НАЗАРИЙ-УСЛУБИЙ АСОСЛАРИ
Миразиз Каратаев

Мазкур илмий мақолада давлат бюджети маблағларининг мақсадли сарфланишини таъминлашда назорат механизмларини такомиллаштиришнинг назарий-услубий асослари тадқиқ этилган. Тадқиқот доирасида давлат молиясини бошқариш тизимида бюджет назоратининг ўрни, унинг замонавий ёндашувлари ва халқаро тажрибалар таҳлил қилинган. Шунингдек, Ўзбекистон шароитида бюджет маблағларидан самарали фойдаланишга тўсқинлик қилувчи муаммолар аниқланиб, уларни бартараф этиш бўйича илмий асосланган таклиф ва тавсиялар ишлаб чиқилган. Тадқиқот натижалари бюджет назоратини такомиллаштиришда рискка асосланган ёндашув, рақамли технологиялар, big data таҳлиллари ва жамоатчилик назорати механизмларини жорий этиш зарурлигини кўрсатади. Мақола натижалари давлат молиясини бошқариш самарадорлигини ошириш ва бюджет интизомини мустаҳкамлашга хизмат қилади

04/03/2026
  • PDF
200-206 92 48
26 - 37 from 37 << < 1 2 

So'rov yuborish

So'rov yuborish

Til

  • English
  • Русский
  • Uzbek

Axborot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Indeksatsiya

 




 

 

               

 

 

 

Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar
 

KONTAKTLAR:

phone(+998) 94 643 30 39

maile-itt@mail.ru

telegram@e_itt_manager

 
NAVIGATSIYA:
Joriy nashr Arxivlar Jurnal haqida Kontaktlar
 
© Copyright 2026 Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer