AHOLIGA ALOQA VA AXBOROTLASHTIRISH XIZMATLARI KO‘RSATISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHNING INSTITUTSIONAL VA IQTISODIY ASOSLARI

Mualliflar

DOI:

https://doi.org/10.60078/2992-877X-2026-vol4-iss2-pp159-167

Annotasiya

Mazkur maqolada aholiga aloqa xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish masalasi institutsional va iqtisodiy nuqtayi nazardan tadqiq etiladi. Tadqiqot davomida aloqa xizmatlari bozorining rivojlanishiga ta’sir etuvchi boshqaruv mexanizmlari, tartibga solish instrumentlari hamda xizmatlar samaradorligini belgilovchi omillar nazariy jihatdan asoslab berildi. Empirik tahlil doirasida rasmiy statistika ma’lumotlari asosida xizmatlar qamrovi, foydalanish intensivligi va hududiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik o‘rganildi. Olingan natijalar aloqa xizmatlari tizimining barqaror rivojlanishi samarali institutsional muhit bilan bevosita bog‘liqligini ko‘rsatdi. Maqolada sohani boshqarishda davlat tartibga solish siyosati, investitsiya muvozanati va raqobat sharoitlarini uyg‘unlashtirishga qaratilgan institutsional takomillashtirish modeli taklif etildi. Tadqiqot yakunlari aloqa xizmatlari tizimini rivojlantirish va boshqaruv samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy qarorlar ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Kalit so‘zlar:

institutsional boshqaruv aloqa xizmatlari bozori telekommunikatsiya infratuzilmasi axborotlashtirish xizmatlari davlat tartibga solish mexanizmlari iqtisodiy samaradorlik xizmatlar sifati

Bibliografik manbalar

This article examines the issues of improving the system of communication service provision to the population from institutional and economic perspectives. The study provides a theoretical substantiation of governance mechanisms, regulatory instruments, and factors determining the efficiency of the communication services market. Within the framework of the empirical analysis, official statistical data are employed to explore the relationships between service coverage, intensity of use, and regional economic indicators. The findings demonstrate that the sustainable development of the communication services system is directly dependent on the effectiveness of the institutional environment. The article proposes a model of institutional improvement aimed at aligning state regulatory policy, investment balance, and competitive market conditions. The results of the study provide a foundation for the development of scientifically grounded practical solutions focused on advancing communication services and enhancing sectoral governance efficiency.

Yuklashlar

Nashr qilingan

Qanday qilib iqtibos keltirish kerak

Nasrullayev , F. (2026). AHOLIGA ALOQA VA AXBOROTLASHTIRISH XIZMATLARI KO‘RSATISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHNING INSTITUTSIONAL VA IQTISODIY ASOSLARI . Iqtisodiy Taraqqiyot Va Tahlil, 4(2), 159-167. https://doi.org/10.60078/2992-877X-2026-vol4-iss2-pp159-167